Ekologiya va atrof -muhit muhofazasi


Download 279.65 Kb.
bet11/16
Sana20.11.2023
Hajmi279.65 Kb.
#1787209
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
hayitali 1 (3) so\'ngiiiSIi

Kroshka. P.P. Lukyaneko nomidagi Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida F1 avlodining (Spartanka x Lyutessens 4238N 151 duragayining F2 avlodidan yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Li N.I, Kolesnikov F.A, Puchkov Yu.M, Kazarseva A.T, Bespalova L.A, Lisok N.I, Kerimov V.R, Alfimov V.A, Fomenko N.P. 2000 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Lyutessens turiga mansub. Biologik kuzgi. Boshog’i oq, silindrsimon o’rtacha kzknlikda va zichlikda, pishgandan so’ng yotib qolishga moyil. Boshoq qipig’i tuxumsimon. Doni tuxumsimon shaklda kizil. 1000 donining vazni 38,3-47,5g gacha.
O’rtapishar. O’zbekiston sharoitida 210-230 kunda pishadi, janubda -184 kunda pishadi. Nav past bo’yli, yotib qolish va to’kilishga bardoshli 4,7-5,0 ballga teng. Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining malumotiga ko’ra, navning non yopish va texnologik sifati yaxshidan alogacha, 4,0-5,0 ball.
Oqsil miqdori (protein) 11,5-13,7 %, kleykovinasi-25,0-31,0 %, IDK-85- 95yed.
Exo. Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutining seleksion navi. Nav Spartanka x Lyutessens 3817N 60 duragay populyasiyasidan yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Kolesnikov F.A, Puchkov Yu.M, Kazarseva A.T, Lisok N.I, Reznikova L.G, Grisay T.I, Li T.S, Yefimenko V.V. 2002 yildan Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyatlarining sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Lyutessens turiga mansub. Biologik kuzgi. Boshog’i urchuqsimon o’rtacha uzunlikda va zichlikda. Doni qizil, chuzunchoq ovalsimon, o’rtacha yiriklikda, shishasimon. 1000 donining vazni o’rtacha 39,0g. Nav o’rtapishar. Vegetasiya davri o’rtacha 208-224 kun. Nav o’rta bo’yli,yotib qolish va to’kilishga bardoshli. Qishga chidamli. Nav yuqori qurg’oqchilikka chidamliligi bilan xarakterlanadi.
Navning non yopish va texnologik sifati qoniqarli 2,0-3,0 ball. Oqsil miqdori (protein) 12,0-14,7 %, kleykovinasi-28,0 %, IDK-85- 105yed.
Umanka. Nav Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida Lyutessens 686N 815 x Lyutessens 1937N 638 duragay populyasiyasining F2 va F6 avlodida ikki marotaba yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Puchkov Yu.M, Nabokov G.D, Fomenko N, Yefremenkova V.I, Solyarek T, Kudryashev I, Vasilyeva A, Vorobyeva R, Chuykin P, Shurovenkova L.I, Novikova L.A, Surkan R.A. 2000 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Lyutessens turiga mansub. Biologik kuzgi. Boshog’i oq, silindirsimon, o’rtacha yiriklikda,to’q, shishasimon, to’q-sarg’ish qizil. 1000 donining vazni 37,0dan 42,0ggacha. Nav o’rta bo’yli. Yotib qolish va to’kilishga bardoshli 5,0 ball, qishga chidamliligi yaxshi 5,0 ball. O’rtapishar. O’zbekiston sharoitida 198-230 kunda pishadi, respublikaning shimolida 258 kun, janubda 187-191 kun.



Download 279.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling