Ekologiya va atrof -muhit muhofazasi


Download 279.65 Kb.
bet10/16
Sana20.11.2023
Hajmi279.65 Kb.
#1787209
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
hayitali 1 (3) so\'ngiiiSIi

Kupava. P.P. Lukyaneko nomidagi Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida duragay populyasiyadan ikki marotaba yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan, olingan seleksion chatishtirishda Kavkaz, Atlas 66 va boshqa navlar qatnashgan.
Mualliflar: Kolesnikov F.A, Filobak L.P, Puchkov Yu.M, Reznikova N.G, Grisay T.I, Li T.S, Lisok N.I, Kazarseva A.T, Yefimenko V.V. 1999 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Lyutessens turiga mansub. Biologik kuzgi. Yirik boshoqli va hosildorli nav. Don o’rtacha yiriklikda, kizil yoki och qizil rangli, yarim chuzunchoq shaklda. 1000 donining vazni 40,0-46,0g gacha. O’zbekiston sharoitida 220 kunda pishadi, Respublikaning shimolida (Qoraqolpog’iston) -225 kun, janub sharoitida -186 kun.
Nav yotib qolish va to’kilishga bardoshli, qurg’oqchilikka chidamli -5,0 ball.
Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining malumotiga ko’ra, navning non yopish va texnologik sifati yomon emas: oqsil miqdori (protein) 11,0-12,5%, kleykovinasi-26,0-28,0 %, IDK-70-90yed.
Polovchanka. P.P. Lukyaneko nomidagi Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida o’zoqlashgan duragaylash uslubida ikki takroriy yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan (tritikaleni bug’doy bilan chatishtirish).
Mualliflar: Timofeyev V.B,, Filobok L.P, Domchenko M.I, Dudka L.F, Shlyaxovoy G.D, Shurovenkova L.I. 1999 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan..
Lyutessens turiga mansub. Biologik kuzgi. Boshog’i qiltiqsiz, silindirsimon, o’rtacha uzunlikda va zichlikda. Doni to’liq, o’rtacha yiriklikda. 1000 donining vazni 38,0-43,0g gacha. O’zbekiston sharoitida 220 kunda pishadi, Respublikaning shimolida 258 kun, janub sharoitida -194 kunda pishadi.
Nav yotib qolish va to’kilishga bardoshli, qurg’oqchilikka chidamli -5,0 ball. Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining malumotiga ko’ra, navning non yopish va texnologik sifati yomon emas2,0-3,0 ball. Oqsil miqdori (protein) 11,8 %, kleykovinasi-25,0-29,0 %, IDK-90yed.
Delta. Nav Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida Olimpiya2 x KN 4431h 86-4 duragay populyasiyasidan yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Puchkov Yu.M, Nabokov G.D, Fomenko N, Yefremenkov V, Bespalova L, Solyarek T, Kudryashev I, Vasilyeva A, Vorobyeva R, Chuykin P, Shurovenkova L.I. 2002 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Lyutessens turiga mansub. Biologik kuzgi. Boshog’i silindirsimon, o’rtacha uzunlikda va zichlikda.
Doni tuxumsimon shaklda o’rtacha yiriklikda. 1000 donining vazni 36,6- 39,0g. O’zbekistonning janubiy viloyatlarida 187 kunda pishadi, qolgan viloyatlarda 210-220 kun. Nav yotib qolish va to’kilishga bardoshli 5,0 ball. Qishga chidamli. Navning texnologik va non yopish sifati qoniqarli 2,0-3,0 ball. Oqsil miqdori (protein) 11,6-12,6 %, kleykovinasi-23,0-27,5 %, IDK- 95yed.

Download 279.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling