Ekologiya va atrof -muhit muhofazasi


Download 279.65 Kb.
bet8/16
Sana20.11.2023
Hajmi279.65 Kb.
#1787209
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
hayitali 1 (3) so\'ngiiiSIi

Intensivnaya. Qirg’iziston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida Bezostaya 4/1 kuzgi bug’doy navini Qozog’iston-126 bahori bug’doy navini chatishtirish yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Tovstik M.G, Yefimenko S.M, Lyubavina L.Ye, Nestirov L.Ye, Samoylichenko N.I. 1981 yildan Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarining sug’oriladtgan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Ferrugineum turiga mansub. Duvarak (biologik bahorgi). Boshog’i prizmasimon, o’rtacha zichlikda. Qiltig’i tarqoq o’rtacha dag’allikda. Doni tuxumsimon, o’rtacha yiriklikda, mayda ariqchali, donining osti silliq, 1000 donining vazni 38,8-42,0.
Ertapishar. Vegetasiya davri kuzgi ekish muddatida 180-200 kungacha, bahorgi ekish muddatida 78 kun. Yotib qolish va to’kilishga bardoshli. Qurg’oqchilikka chidamli yaxshi (4,5-5,0 ball), shartli sug’oriladigan yerlarda yaxshi hosil beradi.
Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining malumotiga ko’ra, navning non yopish va texnologik sifati yomon emas: oqsil miqdori (protein) 10,6 %, kleykovinasi-25,0-28,0 %, IDK-85-90yed.
Sanzar-4. O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti (“Don” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi) da sobiq Butunittifoq o’simlikshunoslik ilmiy tekshirish institutining kolleksiyasidan №2267 va 6030 namunalaridan yakkalab va ko’plab tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Kovalev A.I, G’aybullayev S.G’, Kovalev Yu. A, Umarov D.T, Kiryash V.A. 1990 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Boshoq qiltig’i lansetsimon, kam tomirlangan.Doni dumaloq-uzunchoq. Ariqchasi tor, sayoz, 1000 ta donining vazni 38,0-44,0 g.
Nav o’rtapishar. Vegetasiya davri o’rtacha 220 kun, qishga chidamli 5,0 ball. Donlarning to’kilishiga va yotib qolishga bardoshli.
Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining malumotiga ko’ra, navning non yopish va texnologik sifati yaxshi 3,0-4,0 ball.
Oqsil miqdori (protein) 11,6-14,8 %, kleykovinasi-27,0-29,0%, IDK 75- 90yed.

Download 279.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling