Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi


Download 113 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi113 Kb.
#1164567
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu. Sirtqi

3. O‘zbeksiton Respublikasi prezidenti asarlaridagi ekologik muammolar. “Ekologiya va atrof - muhit muhofazasi” fanini maqsad, vazifalari, bo‘limlari va tadqiqot usullari.


Ekologiya yunoncha "oikos" (eykos) – yashash joyi, makon va «logos» – fan, soʻzidan olingan boʻlib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muhit bilan oʻzaro munosabatini oʻrganadigan biologik fan hisoblanadi. Ekologiya muhit omillarining oʻsimlik va hayvonlar organizmiga taʼsirini, organizm va populyatsiyaning muhit omillariga koʻrsatadigan reaksiyalarini, populyatsiyalar soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizmlarni (jarayonlarni), tabiiy guruhlarning biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosistemalarning harakatlanish qonuniyatlarini va biosferani oʻrganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, u inson taʼsiriga qanday javob beradi, bu­larning bar­chasi ekologiyaning predmetidir.
Inson borki, hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha in­jiqliklariga moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat inʼomla­ri­dan foydalanadi, quradi, bunyod etadi. Odatda inson biror maqsadni koʻzlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy yoki koʻpincha salbiy taʼsir koʻrsatishi mum­kin.
Kishilar oʻzlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, bu­ni atrof-muhitning oʻsimlik va hayvonot dunyosiga qandaydir sal­biy taʼsiri boʻladi, natijada tabiat kambagʻallashib boradi. Inson qu­rilish materiallari sifatida tabiiy oʻrmonlarni keragidan or­tiqcha ke­sadi, demak oʻsimlik dunyosi qisqarib, u oʻz navbatida atmo­sfera havosini mu­saffo boʻlishiga raxna tugʻdiradi, tuproq eroziyaga uch­raydi, yer osti suvlari kamaya boradi, koʻchkilar paydo boʻlib, sel nati­jasida jarliklar hosil boʻlishi mumkin. Bu lavha inson­ning tabiatga koʻrsatgan taʼsiri­dan bir parcha xolos. Tabiatga nisba­tan koʻr-koʻrona yondashish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida ogʻir asorat qoldirishi mumkin.
Bizni oʻrab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shunday bir muvozanatga kelganki, uning bir boʻlagiga yetkazilgan ozor boshqa boʻlaklariga ham salbiy taʼsir koʻrsatmay qolmaydi. Ta­biatga taʼsir etishda baʼzi jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin ekanli­gini Orol fojiasi misolida yaqqol koʻrsatish mumkin.
Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera oʻrtasidagi oʻzaro mu­no­sabat masalalarini jadal oʻrganmoqda.
Hozirgi zamon ekologiyasining yana muhim vazifalaridan biri bu biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati taʼsi­rida tabiat oʻzgarishlarini oldindan koʻra bilish, tabiatda kechayotgan jara­yon­larni boshqarish yoʻllarini oʻrganish, zararkunandalarga qarshi ku­rash­ning zararsiz va samarador usullarini yaratish, sanoat korxonala­rida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish.
Ekologiya umumiy va xususiy yoki tarmoqli boʻladi. Umumiy ekolo­giya yoki sinekologiya har xil sistemalar (populyatsiyalar, jamoalar va ekosi­stemalar) ning tuzilishini, xossalarini hamda ularning funksional prinsi­plarini, xususiy ekologiya yoki autekologiya esa ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan oʻzaro munosabatini, turlarning muhitga koʻproq va uzviy moslashganligini oʻrganadi. Xususiy ekologiya – oʻsimlik va hayvonlar ekologiyasidan iborat.
Bugungi kunda ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining taʼsiri natijasida ekologiya tushunchasi oʻta kengayib ketdi. Inson ekologiyasi degan tushuncha paydo boʻldi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil Amerikalik olimlar Borjes va Park tomonidan kiritildi. Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va aksincha, atrof-muhitning insonga koʻrsatayotgan taʼsirini oʻrgatadi. Insonning tabiatga koʻrsatayotgan taʼsir doirasi beqiyosdir, chunki hozirgi kunda insonning tabiatga nisbatan oʻtkazayotgan salbiy taʼsirlari natijasida unumdor yerlar eroziyaga uchrab unumsiz yerlarga aylanmoqda, dasht ekosistemasi degan tabiiy ekosistemalar deyarli yoʻqolib bormoqda, inson qoʻli tegmagan oʻrmonlar ham juda kam qolgan. Yer yuzi quruqligidagi oʻrmonlar maydoni 75 % dan 25 % gacha kamaygan.
Agar yashil oʻsimliklar maydoni kengaytirilmasa, gidroenergiya va atom energiyasidan keng foydalanishga oʻtilmasa, yana 100 yildan soʻng atmosferada kislorod kamayib, karbonat angidrit miqdori koʻpayib kishi organizmining yashashi uchun xavf tugʻdiradi.
Qurgʻoqchil mintaqalarda kishilarning xoʻjalikdan notoʻgʻri foydalanishi natijasida qayta choʻllanish hodisasi yil sayin kuchayib bormoqda. Hozir Yer kurrasi boʻyicha choʻllashgan maydonlar 30 mln km2 ga yetgan boʻlib, bu sayyoramiz quruqlik maydonining 20 % ni egallaydi.
Fan va texnika taraqqiy etgan sari insonning tabiatga taʼsir etish yoʻllari va shakllari koʻpayib, ular tabiatda boʻladigan miqdor oʻzgarishgagina emas, balki sifat oʻzgarishlarga ham olib keladi.
Ekologiya tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bogʻlanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.

Ekologiyada uning predmetlarini obektini oʻrganishning quyidagi 5 ta prinsipi ishlatiladi:


1. Ekosistemani oʻrganish. Bu usul bilan ekosistemaning shakllani­shini, tizimini, ekosistema komponentlarining (abiotik, biotik) oʻzaro munosabatlarini, ular oʻrtasidagi moddalar va energiya almashi­nish ja­rayonlarini oʻrganiladi.
2. Jamoani oʻrganish. Bu usul jamoaning biologik komponentla­rini oʻrganishga katta eʼtibor beradi. Jamoa ekologiyasi boshqacha qilib ayt­ganda sinekologiya deyiladi. Jamoani oʻrganishda avvalambor, har xil biologik birliklar (oʻrmon, choʻl, dasht) tarkibida uchray­digan oʻsimlik­lar, hayvonlar va mikroorganizmlarni oʻrganiladi. Ularni oʻrganishda cheklovchi omillarga alohida eʼtibor qilinadi.
3. Populyasiyani oʻrganish. Populyasion ekologiya — autekologiya mu­ammolarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Hozirgi zamonda populyatsiyani tahlil qilishda populyatsiya oʻsishining matematik modulini tu­zish mumkin. Bundan tashqari populyatsiyadagi u yoki bu tur sonining saqlanib qolishi yoki kamayib ketishi hodisalari oʻrganiladi. Tur va uning saqlanib qolish modullarini tuzishda uning tugʻilishi, hayotchanligi va oʻlimi katta ahamiyatga ega. Shu sababli populyasion eko­logiya qishloq xoʻjaligi va meditsina sohasida uchraydigan zarar­kunan­dalar va parazit­larning koʻpayib ketish holatlarini tushunti­rib be­rishda muhim naza­riy asos boʻlib xizmat qiladi va bu sohada olingan maʼlumotlarga asos­lanib, zararkunandalar va parazitlarga qarshi bio­logik kurash chorala­rini ishlab chiqilishi mumkin.
4. Yashash sharoitini oʻrganish. Yashash sharoiti — bu muayyan bir tur in­divid yashaydigan joydir. Masalan, chuchuk suv koʻllari, dub oʻrmonzori yoki choʻl zonasini olib qarasak, bu yerlarda shu sharoit­larga moslashgan oʻsim­lik va hayvon turlari yashaydi. Har bir tur oʻzining yashash sharoitida aniq bir ekologik burchakni egallaydi. Bir xil joyni egallagan ikki tur oʻrtasida yashash uchun kurash davom etib biri ikkinchisini siqib chiqarmaguncha bu kurash davom etishi mum­kin.
5. Evolyusion va tarixiy ekologik prinsiplari. Evolyusion eko­lo­giya planetamizda hayotning rivojlanishiga bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlarni oʻrganadi. Yaʼni odamning paydo boʻlib, atmosferaga taʼsiri kuchayganga qadar mavjud boʻlgan ekologik omillarning taʼsiri toʻgʻrisida tushuncha­lar beradi.
Tarixiy ekologiya esa, kishilik jamiyatining rivojlanishi va tex­no­logiyaning joriy qilinishi natijasida ularning tabiatda koʻrsatgan taʼsirini taʼminlovchi oʻzgarishlarni oʻrganadi.
Ekologik obektlar quyidagi usullar yordamida kuzatiladi:
1. Muhitning holatini baholash va uni roʻyxatga olish usullari. Bu usullarga meteorologik kuzatishlar, haroratni oʻlchash, suvning ti­niqligini, shoʻrligini va kimyoviy tarkibini aniqlash; Tuproq muhitini aniqlash, yorugʻlik tushishini, radiatsion fonni, muhitning kimyoviy va bak­terologik ifloslanishini aniqlash va shu kabilar ki­radi.
Bundan tashqari ekolog ekologik obektlar va muhitning sifat ho­latlarini doimo kuzatib borishi lozim yoki monitoring boʻlishi kerak. Suv, havo, tuproq va oʻsimliklar tarkibidagi zararli aralash­malarning tarkibini doimo aniqlab kuzatib borish hozirgi zamon ekologiyasi­ning muhim vazifalaridandir.
2. Tabiiy jamoalardagi oʻsimliklar va hayvonlar mahsuldorligi va biomassasini aniqlash va uni baholash usullari. Buning uchun na­zorat maydonchalarda individlarni hisoblash, tuproq yoki suv massa­sida (haj­mida) organizmlarni aniqlash, marshrutni hisoblash, hayvonlarni ovlash va ularni belgilab keyin ular orqali kuzatish­lar olib borish, hattoki hayvonlar, baliqlar sonini, daraxtlar qalinligini, ekinlar holati va hosildorligini kosmik kuzatishlar yordamida aniqlash kabi usullar qoʻllaniladi.
3. Tashqi muhit omillarining tirik organizmlar faoliyatiga taʼsi­rini oʻrganish. Bu usul turli xillarda amalga oshiriladi. Chunonchi, u yoki bu obekt yuzasidan uzoq vaqt va murakkab kuzatishlar olib bori­ladi. Bunda koʻpincha ekspremental kuzatishlar oʻtkaziladi. Bu usullar bilan ekosistemani doimiyligini va uning tarkibidagi oʻsimliklar, hay­vonlar va odamlarning har xil sharoitga moslashish belgilarini aniqlash mumkin.
4. Koʻp turli jamoalardagi organizmlarning oʻzaro munosabatla­rini oʻrganish usullari. Bu usullar ekosistemaning muhim qismi hisobla­nadi. Ular yordamida tabiatda yoki laboratoriyada organizm­larning trofik munosabatlarini aniqlash mumkin. Masalan, radioak­tiv izotop­lar yordamida bir organizmdan ikkinchi organizmga qancha miqdorda orga­nik moddalar va energiya (yaʼni oʻsimliklardan oʻtxoʻr hayvonlarga, oʻtxoʻr hayvonlardan yirtqichlarga) oʻtganligini aniqlash mumkin.
5. Matematik modellashtirish usullari. Bu usul bilan atmosfera­ning ifloslanishi, daryolarning oʻz-oʻzini tozalash holatlarini aniqlash oson, biroq ekologik sistemalarni modellashtirish biroz qiyinroqdir.

Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling