Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi


Download 113 Kb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi113 Kb.
#1164567
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu. Sirtqi

P.A.Baranov va I.A.Raykovalar Pomir togʻlarida choʻl biotsenozlarining kelib chiqishi, dinamikasi va evolyusiyasida organizmlarning hayotida noqulay haroratning ahamiyati, madaniy biotsenozlarni yuqori togʻ sharoitida yaratish masalalari ishlab chiqildi. R.I.Abalin, Ye.P.Korovin, M.V.Kultiasov va I.I.Granitovlarning ekolog – fitosenologik qarashlari ularning chop etgan bir qator ishlarida oʻz aksini topgan. Markaziy Osiyodagi hayvonlar ekologiyasi yoʻnalishlari boʻyicha kompleks ilmiy ishlar T.Z.Zohidov nomi bilan chambarchas bogʻliq.
T.Zohidov Qizilqum choʻllarining oʻziga xos hayot makoni ekanini, qumli, shoʻrxok loyli va toshloq choʻllarini mustaqil biotoplar sifatida tavsiflab, ularni oʻz navbatida mayda hududiy birliklar, yaʼni fasiyalarga ajratib berdi.
D.N.Kashkarov va T.Z.Zohidov va boshqalarning asarlarida har bir tashqi muhit omili (geologik, tarixiy, orografik, iqlim, substrat, oʻsimliklar va hokazolar) taʼsirida maʼlum hududlar boʻyicha hayvonlar guruhi hamda biotsenozlarning taqsimlanganligi ochib berilgan.
Oʻzbekistonda oʻsimliklar ayrim turlarining ekologiyasini (autekologiya) oʻrganish ishlari Ye.P.Korovin, M.V.Kultiasov va M.S.Popovlarning ishlari bilan bogʻlangan. Oʻzbekistonda ekologik yoʻnalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Kashkarov va Ye.P.Korovin hisoblanadi. 1930 yillarda bu olimlar tomonidan «Muhit va jamoa», «Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston choʻllarining turlari va ulardan xoʻjalikda foydalanish istiqbollari», «Choʻllardagi hayot» kabi ilmiy asarlar chop etilib, bu asarlarda ekologiya fani va uning vazifalari, uslublari oʻz aksini topgan. Ekologik kuzatishlarni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida oʻsimliklar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi. Ushbu laboratoriya xodimlari choʻl va chala choʻl sharoitida oʻsimliklarning moslashish xususiyatlarini oʻrgandilar. Natijada togʻ oldi mintaqalarida fitomeliorativ ishlarning rivojlanishiga asos solindi. Keyinchalik bu ishlar O.X.Hasanov, R.S.Vernik, T.Rahimova va boshqalar tomonidan davom ettirildi. Choʻl mintaqasi oʻsimliklarining biologik va fiziologik xususiyatlari Z.Sh.Shamsiddinov, I.Hamdamov, N.Salmanov, L.S.Tayevskaya va shu kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan boʻlib, ularning asarlarida shuvoq, izen, komforosma, saksovul, tereskin va shu kabi choʻl oʻsimliklarining xususiyatlari turli xil tuproq sharoiti bilan chambarchas bogʻliqligi ochib berilgan.
Oʻzbekistonda hayvonlar ekologiyasini rivojlantirishda xissa qoʻshgan olimlarga T.Z.Zohidov, A.M.Muhammadiyev, V.V.Yaxontov, M.A.Sultanov, R.O.Olimjonovlarni kiritish mumkin. Ular oʻzlari va shogirdlari bilan birgalikda bu sohaga bagʻishlangan yirik monografiyalar yaratganlar. Jumladan, bu sohada maʼlum boʻlgan V.V.Yaxontovning «Hasharotlar ekologiyasi» (1963), T.Z.Zohidovning «Qizilqum choʻlining biotsenozlari» (1971) kabi asarlarini keltirish mumkin. D.Kashkarov, A.Zokirov, A.Petrovlar Qarshi choʻlini chuqur oʻrganish natijasida «Qarshi choʻlining umurtqali hayvonlari ekologiyasi» degan asarni chop ettirdilar. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ulardan foydalanish yoʻllari asoslab berildi.
Bir guruh zoolog olimlar: X.S.Solixboyev, O.P.Bogdanov, T.N.Palenko, S.T.Gubaydulina, G.I.Ishunin, D.Yu.Kashkarov, N.Zokirovlarning ilmiy kuzatishlari asosida «Nurota togʻi umurtqali hayvonlari ekologiyasi» (1970) nomli asar yaratildi.
1979 yillarda ixtiologiya va gidrobiologiya laboratoriyasi xodimlari A.M.Muhammadiyev rahbarligida (A.Omonov, F.Zohidova, S.Hamroyeva, D.Mansurova va boshqalar) Oʻzbekiston suv omborlari, koʻllarining biologik rejimi, ixtiofaunasining shakllanishi, suvning ifloslanishi, suv hayvonlari ekologiyasi va suv resurslaridan foydalanish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib bordilar.
Biz jumhuriyatimizdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilash, ekologik krizis (tanqislik)ning oldini olish, xalqimizning qadimdan maʼlum boʻlgan ekologik madaniyatini tiklashimiz lozim.



Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling