Ekologiya va atrof muhit muhofazasi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana19.07.2017
Hajmi2.82 Kb.
#11619
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
• yerusti va osti suvlarining tabiiy aylanishini saqlash, ularning
tozaligini  ta’minlash,  suv  o‘simliklari  va  hayvonlarini  asrash  va
suv havzalarining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• suv  havzalari  sohilida  daraxtzorlarni  tiklash,  dov-daraxtni
ko‘paytirish va ularni saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
•  hududlarda  havo  sifatini  belgilangan  me’yorlardan  ortiq
darajada  ifloslantirmaslik,  ozon  qatlamiga  zararli  ta’sir  etuvchi
kimyoviy moddalar ishlab chiqarish hamda bunday moddalardan
foydalanishni qisqartirish va kelgusida batamom to‘xtatish chora-
tadbirlarini  ko‘rish;
• jonli tabiat obyektlaridan ularning qayta tiklanish qobiliyati,
tur tarkibi barqarorligini saqlash hamda atrof-muhitning biologik
jihatdan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• chiqindilardan keyinchalik xo‘jalik maqsadlarida foydalanish,
atrof-muhitga  zarar  yetkazmaslik  imkoniyatini  ta’minlaydigan
texnologik usullarni joriy etish orqali  foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
• tabiiy resurslardan foydalanish talablarini muttasil buzadigan
yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  tabiiy  resurslardan  foydalanish
huquqidan to‘la mahrum etish choralarini ko‘rish;
• tabiiy  resurslardan  to‘g‘ri  foydalanish  bo‘yicha  monitoring
tizimini yo‘lga qo‘yish;
• aholining tabiiy  resurslardan to‘g‘ri  foydalanish va ularga
mas’uliyatli munosabatda bo‘lish madaniyatini yuksaltirish.
7. Jamoatchilik nazoratini takomillashtirish borasidagi ekologik
faoliyat:
• ekologiya, tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi
sohasida jamoat tashkilotlarining faoliyatini kuchaytirish va ular-
ning davlat tuzilmalari bilan hamkorligini rivojlantirish;
• ekologiya, tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi
sohasida davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlash-
tirish va takomillashtirish;

166
•  atrof-muhit  va  tabiiy  resurslardan  foydalanish  monitoringi
negizida  jamoatchilikni  ekologik  axborotlar  bilan  ta’minlash  ti-
zimini tashkil qilish.
8.  Ijtimoiy-iqtisodiy,  ma’rifiy-huquqiy  sharoitni  yaxshilash  va
barqaror  taraqqiyotni  ta’minlash  borasidagi  ekologik  faoliyat:
• suv ta’minotida: suv resurslaridan samarali foydalanish us-
tidan nazoratni kuchaytirish va bu boradagi jarimalarni kuchay-
tirish;  suv  sarfining  aniq  hisob-kitobini  yuritish;  suv  iste’mol
qilishning amaldagi solishtirma me’yorlarini mumkin qadar qis-
qartirish; suv uzatish tarmoqlarini qayta ta’mirlash va jihozlash;
• sanitariya va maishiy oqova suvlarni tozalashda: chiqindi-
larni  joylashtirish  obyektlarini  texnik,  ekologik,  sanitar-epide-
miologik me’yorlar, qoidalar va standartlar talablariga muvofiq
qurilishini  ta’minlash;  chiqindilarni  to‘plash,  birlamchi  joy-
lashtirish  va  ko‘mish  joylariga  tashish  tizimini  takomillashtirish;
chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish, tashish va ko‘mish bilan  bog‘liq
ekologik me’yorlar va qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat va
jamoat nazoratini takomillashtirish;
• ifloslantiruvchi  va  uchuvchan  zaharli  moddalarni  bartaraf
etishda: radioaktiv va uchuvchan zaharli moddalar bo‘yicha xatarli
hududlarni ajratish va xaritalashtirish; tuproq, suv, o‘simlik va shu
kabilar ifloslanganligini baholash; aholini himoya qilishni  nazarda
tutadigan faol harakatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
• avtomobildan  chiqadigan  gaz tashlamalarini bartaraf etishda:
yonilg‘i  sifatini  oshirish — qo‘rg‘oshinli qo‘shimchalar  qo‘shilgan
benzindan  foydalanishni qisqartirish va undan voz kechish; dizel
va gaz yonilg‘isiga o‘tish; zararli chiqindilar ustidan nazorat xiz-
matini mustahkamlash; yo‘llarni yaxshilash va jamoatchilik trans-
porti ahamiyatini oshirish;
• iqtisodiy dastaklardan foydalanishda: ekologik cheklovlarni
qat’iylashtirish  va  raqobat  bozorini  rivojlantirish;  atrof-muhit
muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga mab-
lag‘  ajratish  bilan  bog‘liq  sarmoyalar  tizimini  takomillashtirish;
muqobil  tanlash  imkonini  beradigan  rivojlangan  ekologik  xiz-
matlar bozorini tashkil qilish; umumiy iqtisodiy-siyosiy va ekologik
barqarorlikni  ta’minlash;

167
•  qonunchilikni  takomillashtirishda:  ekologik  qonunbuzarlik
uchun  javobgarlik  muqarrarligini  ta’minlaydigan  tadbirlar  va
qoidalarni ishlab chiqish; tabiatdan haq to‘lab va oqilona  foyda-
lanishni,  iqtisodiy  rag‘batlantirishga  yo‘naltirilgan  atrof-muhit
muhofazasiga oid qonunlarni takomillashtirish;
• inson (jamiyat) bilan atrof-muhit (tabiat) o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni  maqbullashtirish  maqsadida:  kafolatli  sog‘lom
turmush  tarzi,  yuqori  ekologik  madaniyat  va  atrof-muhitga
mas’uliyatli munosabatni tarkib toptirishning tubdan yangi tizi-
mini vujudga keltirish.
Shaxs  va  jamiyatning  ijtimoiy-ekologik
faoliyatini rivojlantirish asosida ekologik ta-
nazzuldan  qutulishning  besh  asosiy  yo‘nali-
shini  ajratib  ko‘rsatish  mumkin:
1) chiqindisiz, kam chiqitli va ekologik toza texnologiyalarni
joriy etish;
2)  atrof-muhit  muhofazasining  iqtisodiy  mexanizmlarini  ri-
vojlantirish va takomillashtirish;
3) ekologik huquqbuzarliklar uchun ma’muriy-huquqiy cho-
ralar  ko‘rish;
4)  ekologik  ma’rifat  orqali  aholining  ekologik  tafakkuri  va
madaniyatini  rivojlantirish;
5) ekologik xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish.
1. Òabiat va atrof-muhit muhofazasi tushunchalari o‘rtasida qanday o‘x-
shashlik va farqlar bor?
2. Òabiatdan foydalanish nimalarni o‘z ichiga oladi?
3. Òabiatdan noto‘g‘ri va to‘g‘ri foydalanishga oid misollar keltiring.
4. Ekologik xavfsizlik nima?
5. Atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning qanday qoidalari
mavjud?
6. Yuridik va jismoniy shaxslar ekologik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
nimalarni o‘z ichiga oladi?
6.  Atrof-muhitning  chiqindilar  bilan  ifloslanishining  oldini  olish  borasi-
dagi ekologik faoliyat mazmuni nimalardan iborat?
7. Ekologik tanazzuldan qutulishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsating.
Ekologik
tanazzuldan
qutulish yo‘llari
?
NAZORAT SAVOLLARI

168
20-bob. QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI EKOLOGIYASI –
AGROEKOLOGIYA ASOSLARI
Agroekologiya — ekologik omillarni hisobga
olgan holda tabiatdan to‘g‘ri foydalanish aso-
sida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va
yuqori  sifatli  dehqonchilik  mahsulotlarini
olish  yo‘llarini  o‘rganadi.  Agroekologiyaning  asosini  agroland-
shaftlar  —  agrobiotsenozlar  tashkil  qiladi.
Agrolandshaft  —  yer  yuzasining  odam  tomonidan  vujudga
keltirilgan  va  sun’iy  chegaralangan  qismi  bo‘lib,  uning  ichidagi
tarkibiy  qismlar  (tog‘  jinslari,  relyef,  iqlim,  tuproq,  suv,  o‘sim-
liklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, zamburug‘lar) bir-biri bilan
o‘zaro  bog‘langan  va  shartlangan  birlikni  hosil  qiladi.  Agro-
biotsenozlar — ekin dalasi, poliz, bog‘, uzumzor, ihota o‘rmon-
lari va daraxtlari kabilar biotoplardan tashkil topgan, odam to-
monidan o‘zgartirilgan, ikkilamchi biogeotsenozlar hisoblanadi.
Demak, agroekologik tizim antropogen, ya’ni odam tomonidan
yaratilgan va qayta o‘zgartirilgan ekologik tizimdir. Uning tu-
zilmasi va biologik mahsuldorligi odam tomonidan belgilanadi:
u  yerni  chopiq  qiladi,  urug‘  sochadi,  ekinni  parvarish  qiladi,
hosil oladi va h.k.
Agroekologik  tizim  avtotrof  bo‘lib,  uning  asosiy  energiya
manbayi — quyosh hisoblanadi, biroq bu tizimga odam tomonidan
qo‘shimcha  energiya  kiritiladi  (o‘g‘itlar,  pestitsidlar,  mashina-
mexanizmlar va h.k.). Agroekologik tizimlar tabiiy-ekologik ti-
zimlar kabi uch asosiy oziqlanish (trofik) guruhiga mansub bo‘lgan
organizmlarni o‘z ichiga oladi: produtsentlar (ekinlar — madaniy
o‘simliklar), konsumentlar va redutsentlar.
Agrotexnologiyalar  asosida  atrof-muhitga  mexanik  (tuproqni
qayta ishlash, sho‘r yuvish, ekinlarni sug‘orish, mollarni o‘tlatish
va h.k.), kimyoviy (o‘g‘itlar, o‘stirish vositalari va h.k.) va biologik
(ekinlar  ekish,  ko‘chat  o‘tqazish,  go‘ng  solish  va  h.k.)  ta’sirlar
ko‘rsatiladi.
Agroekologik
tizim  haqida
tushuncha

169
Dala  ekinlari  agroekologik  tizimlarning
asosini tashkil etadi. Hozirgi kunda 90 dan
ortiq dala ekinlarining turlari farqlanadi. Ular
o‘z ahamiyatiga ko‘ra, bir qancha biologik guruhlarni o‘z  ichiga
olgan  quyidagi  to‘rt  asosiy  xo‘jalik  guruhi  bo‘yicha  tasnif-
lanadi:
1. Donli ekinlar guruhi haqiqiy g‘alla ekinlari (bug‘doy, javdar,
arpa,  suli),  tariqsimon  g‘alla  ekinlari  (tariq,  makkajo‘xori,  jo‘-
xori, sholi va h.k.), don-dukkakli ekinlar (no‘xat, yasmiq, loviya,
soya va h.k.), boshqa donli ekinlar (marjumak va h.k.) kabi bio-
logik guruhlarga bo‘linadi.
2.  Òexnika  ekinlari  guruhi  besh  kichik  xo‘jalik  guruhlariga
ajratiladi:
a)  moyli  ekinlar  —  ular  oddiy  moyli  ekinlar  (kungaboqar,
zig‘ir,  yeryong‘oq,  kunjut,  mahsar,  xantal  va  h.k.),  efir  moyli
ekinlar (kashnich, arpabodiyon, sedana, yalpiz va h.k.) biologik
guruhlariga;
b) tolali ekinlar — ular urug‘ida tola hosil qiluvchilar (g‘o‘za
va h.k.), poyasida tola hosil qiluvchilar (tolali zig‘ir, kanop, jut,
nasha va h.k.), bargida tola hosil qiluvchilar (yukka, Yangi Ze-
landiya zig‘iri va h.k.) biologik guruhlariga;
d)  qandli  ekinlar  —  ular  ildizmevali  ekinlar  (qandlavlagi,
sachratqi va h.k.), qandli boshqa ekinlar (shakarqamish va h.k.)
biologik guruhlariga;
e)  ohorli  ekinlar  —  tugunak  mevali  ekinlar  (kartoshka,
topinambur va h.k.)  biologik guruhiga;
f)  narkotik,  dorivor  va  insektitsid  ekinlar  —  ular  narkotik
ekinlar (tamaki, jo‘n tamaki va h.k.), dorivor ekinlar (valeriana,
ko‘knori va h.k.), insektitsid ekinlar (qorabaroq-boltiriq va h.k.)
biologik guruhlariga bo‘linadi.
3. Yem-xashak ekinlari guruhi  ildizmevali va bargmevali ekinlar
(lavlagi,  sabzi, sholg‘om, xashaki karam va h.k.), bir yillik duk-
kakli o‘tlar (xashaki no‘xat, shabdar, bersim va h.k.), ko‘p yillik
dukkakli  o‘tlar  (beda,  sebarga,  esparset,  qashqarbeda  va  h.k.),
Ekinlarning
xilma-xilligi

170
ko‘p  yillik  g‘allasimon  o‘tlar  (ajriqbosh,  yaltirbosh,  oqso‘xta  va
h.k.) biologik guruhlariga bo‘linadi.
4. Sabzavot va poliz  ekinlari guruhi ikki kichik xo‘jalik gu-
ruhiga ajratiladi:
a) sabzavot ekinlari — ular mevali ekinlar (pomidor, karam,
baqlajon va h.k.), karamsimon ekinlar (oqbosh karam, gulkaram
va h.k.) biologik guruhlariga;
b)  poliz  ekinlari  —  ular  ildizmevali  ekinlar  (sabzi,  osh
lavlagi, turp, sholg‘om va h.k.), piyozli ekinlar (piyoz, sarimsoq
va h.k.), oziqa poliz ekinlari (tarvuz, qovun, oshqovoq va h.k.),
xashaki  poliz  ekinlari  (xashaki  tarvuz,  xashaki  oshqovoq  va
h.k.),  boshqa  poliz  ekinlari  (dastmolqovoq  va  h.k.)  biologik
guruhlariga bo‘linadi.
Yuqorida  keltirilgan  har  bir  guruh  o‘simliklari  o‘ziga  xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning tashqi muhit omillariga bo‘lgan
talablari har xil. Dala ekinlari ekologiyasini o‘rganish o‘simliklar-
ning biologik mahsuldorligini oshirishga imkon beradi. Masalan,
yovvoyi  qandlavlagi  tarkibida  5—6  %  shakar  moddasi  bo‘ladi.
Olimlar qandlavlagining  tashqi muhit omillariga bo‘lgan talabla-
rini yetarlicha ta’minlash orqali tarkibida 20—23 % shakar bo‘lgan
yangi serhosil navlarini  yaratishdi.
Dalada yetishtiriladigan barcha ekin turlari-
ning hayot faoliyati tashqi muhit omillari bilan
mustahkam  bog‘langan  bo‘ladi.  Òashqi  muhit
omillari ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi va hosil
berishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Issiqlik. Har bir ekin o‘sish va rivojlanishning turli bosqichla-
rida muayyan miqdordagi haroratni talab qiladi. Agar bu harorat
ta’minlanmasa, o‘simlik me’yorida rivojlanmaydi. Masalan, g‘o‘-
zaning chigiti 10—12°C da unib chiqa boshlaydi. 14—16°C da bir
tekis maysa hosil qiladi. G‘o‘za uchun maysa hosil qilish va sho-
nalash davrida 10°C dan, gullash va hosilga kirish davrida esa 13°C
dan yuqori harorat (foydali harorat) talab etiladi. G‘o‘zaga vegeta-
tsiya davrida jami 1560—2000°C samarali harorat zarur bo‘ladi.
Ekinlarga
ekologik
omillarning
ta’siri

171
Demak,  g‘o‘za  har  bir  hududning  ob-havo  (harorat)  sharoiti
qat’iy hisobga olinib ekiladigan ekin hisoblanadi.
Barcha dala ekinlari issiqlik omiliga bo‘lgan talabga ko‘ra ikki
guruhga: issiqlikni kam va ko‘p talab qiluvchi ekinlarga bo‘-
linadi.
Issiqlikka kam talabchan ekinlarga bug‘doy, javdar, arpa, suli,
no‘xat  va  shu  kabilar  kiradi.  Ularning  urug‘lari  1—3°C  da  una
boshlaydi, 4—5°C da maysa hosil qiladi, maysalari 5—8°C li qisqa
muddatli sovuqlarga chidaydi. 10—12°C harorat gullashi uchun,
10—20°C harorat hosilga kirish uchun eng qulay hisoblanadi.
Issiqlikka  ko‘p  talabchan  ekinlarga  tariq,  makkajo‘xori,  jo‘-
xori, sholi, soya, loviya, g‘o‘za va shu kabi ekinlar kiradi. Ular-
ning urug‘lari 7—8°C  da una boshlaydi, 8—12°C da maysa hosil
qiladi va ular qisqa muddatli salqin haroratlarga (3—5°C) bardosh
beradi. Pishib yetilishi uchun  18—27°C harorat talab etiladi.
Suv. Har qanday ekinning o‘sish va rivojlanish jarayoni mod-
dalar almashinuvi asosida kechadi. Suv — moddalar almashinu-
vini ta’minlaydigan bosh omil bo‘lib, ekinlar hayotining manbayi
hisoblanadi.
Ekinlarning suvga bo‘lgan talabi tashqi muhit sharoiti va ular-
ning  turiga  bog‘liq.  Ekinlar  suv  sarfi  (transpiratsiyasi)  quruq
moddalar hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Òranspiratsiyaga harorat,
shamol va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlikning suv bilan
yetarli darajada ta’minlanishi fotosintez uchun zarur bo‘ladi. Kun-
duzi fotosintez jarayonida ekinlarda organik moddalar to‘planadi.
Suvning  yetishmasligi  yoki  ortiqchaligi  ekinlarga  salbiy  ta’sir
ko‘rsatadi, ayrim hollarda hosil kam bo‘lishiga olib keladi. Masa-
lan, g‘o‘za parvarishida suvning yetishmasligi shona, gul va tu-
gunchalarining  to‘kilib ketishiga  sabab bo‘ladi.
Havo. O‘simliklar ham boshqa mavjudotlarga o‘xshab, havo-
dan nafas oladi: kislorod qabul qilib, karbonat angidrid chiqaradi.
Nafas olishda oksidlanish jarayoni ro‘y beradi. Bu jarayonda ekin-
lar organik moddalar to‘plamaydi, aksincha, ularning o‘sishi va
rivojlanishiga sarflanadi. O‘simliklar kecha-kunduz davomida nafas
oladi. O‘simliklar kechasi nafas olayotganida (fotosintez jarayoni

172
bo‘lmaganligi uchun) organik moddalarning sarflanishi eng ko‘p
holatda bo‘ladi. O‘simliklar nafas olishi uchun kislorodni atmo-
sfera va tuproqdan oladi. Òuproq havosi tarkibida ekinlar uchun
zarur  bo‘lgan  bir  qancha  oziq  elementlari:  kislorod,  uglerod,
azot mavjud bo‘ladi. Demak, tuproq havosi ekinlar uchun oziq
moddalari manbasi hisoblanadi. Òuproqda CO
2
 miqdori oshib ketsa,
ekinlar ildizi zaharlanishi mumkin, uning miqdori 5—7 % bo‘lsa,
urug‘ unmaydi, aerob bakteriyalar faoliyati yomonlashadi.
Yorug‘lik.  Ekinlarning  yorug‘likka  bo‘lgan  talabi  yil  fasllari
bilan  bog‘langan.  Ekinlar  ortiqcha  isib  ketmasligi  va  havoning
harorati eng qulay darajada bo‘lishi lozim. Yorug‘lik va harorat-
ning pasayishi ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli yorug‘lik
ta’sirida ekinlarning bo‘yi past bo‘lib qolishi mumkin. Yorug‘lik
o‘simlik  barglariga  qanchalik  to‘g‘ri  tushsa,  uning  yutilishi
shunchalik  ko‘p  bo‘ladi.  Bir  tomonlama  tushgan  yorug‘lik
o‘simlikning  egilishiga  sabab  bo‘ladi.  Bu  esa  uning  tuzilishi  va
hosildorligining  kamayishiga  olib  kelishi  mumkin.  Fotosintez
jarayoni aynan yorug‘lik ta’sirida amalga oshadi.
Ekinlar yorug‘likka bo‘lgan talabiga qarab, uzun kunli va qisqa
kunli  ekinlar  guruhiga  bo‘linadi.  Uzun  kunli  ekinlar  kunduzi
uzun,  kechasi  qisqa  bo‘lgan  sharoitda,  qisqa  kunli  ekinlar  esa
aksincha, kunduzi qisqa, kechasi uzun bo‘lganda tez gullaydi va
hosil beradi. Uzun kun o‘simliklariga bug‘doy, arpa, javdari, suli,
no‘xat,  yasmiq,  karam,  kartoshka,  turp,  sholg‘om,  lavlagi,  ta-
maki,  pomidor,  loviya  va  shu  kabilar  mansubdir.  Qisqa  kunli
o‘simliklarga  tariq,  makkajo‘xori,  jo‘xori,  sholi,  tarvuz,  qovun,
baqlajon, bodring, topinambur, g‘o‘za, choy, olma va shu kabilar
mansubdir.  Ayrim  ekinlarga  kunning  uzun-qisqaligi  ta’sir  qil-
maydi. Masalan, beda va kartoshkaning ayrim  navlari.
Agroekotizimlarga antropogen ta’sirlarning
ayrim jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Pestitsidlar
ekinlarni kimyoviy himoya qilish mo‘ljallangan,
u  yoki  bu  zararli  mavjudotlarni  yo‘qotish  uchun  ishlatiladigan
kimyoviy vositalardir. Ular qo‘llanilish obyektlariga ko‘ra, quyi-
dagi guruhlarga bo‘linadi:
Pestitsidlar

173
1. Bakteritsidlar — bakteriyalarga qarshi ishlatiladigan moddalar.
2. Gerbitsidlar — begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan moddalar.
3. Zootsidlar — kemiruvchilarga qarshi ishlatiladigan moddalar.
4. Insektitsidlar — hasharotlarga qarshi ishlatiladigan moddalar.
5. Fungitsidlar — zararkunanda zamburug‘larga qarshi ishla-
tiladigan moddalar.
6. Antigelmintlar — parazit chuvalchanglarga qarshi ishlatila-
digan moddalar.
7. Afitsidlar — o‘simlik shiralariga qarshi ishlatiladigan moddalar.
8. Auksinlar — o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishini boshqaradi-
gan kimyoviy moddalar va h.k.
Shuningdek, kimyoviy vositalar ekinlar urug‘ini dorilashda —
ekishdan  oldin  bakteriya  va  zamburug‘lar  keltirib  chiqaradigan
kasalliklarga  qarshi  kurashda  ham  ishlatiladi.  Ayrim  pestitsidlar
maxsus maqsadlarda ishlatiladi. Masalan, defoliantlar — o‘simlik
barglarini to‘kishda, dessikantlar — o‘simliklarni quritishda, re-
tardantlar — o‘simliklarning o‘sish sur’atini pasaytirishda ishla-
tiladigan kimyoviy moddalardir.
Pestitsidlarning  parchalanish  tezligi  har  xil  bo‘ladi.  Ayrim
pestitsidlarning  parchalanishi  18  oygacha  (xlor  organik  birik-
malar) davom etadi. Ular tuproq florasi va faunasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
O‘g‘itlar — ekinlarning o‘sishi va rivojlanishi
uchun zarur bo‘lgan mineral va organik mod-
dalardir. Ular kelib chiqishi bo‘yicha organik,
mineral va aralash, tarkibiga qarab azotli, kaliyli, fosforli va ara-
lashtirilgan o‘g‘itlar farqlanadi. Ular ekinlar uchun zarur bo‘l-
gan oziq moddalariga ko‘ra, makro- va mikroo‘g‘itlarga bo‘linadi.
O‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanilsa, ya’ni o‘z vaqtida, maromida berilsa,
ekinlar  hosilining  sifati  yaxshilanadi  va  oshadi.  Agar  noto‘g‘ri
foydalanilsa, ya’ni barvaqt yoki kech, yuqori maromlarda berilsa,
hosilga va uning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatiladi.
Masalan, maromidan ortiqcha berilgan azotli o‘g‘itlar o‘simlik
mevalarida to‘planib, sifatsiz mahsulot yetishtirilishiga olib keladi
va uni iste’mol qilgan odamlarni zaharlanishga, hatto o‘limga olib
O‘g‘itlardan
foydalanish

174
kelishi mumkin. Fosforli, kaliyli va boshqa o‘g‘itlarni ko‘p miq-
dorda ishlatish ham  xavfli hisoblanadi. Bu o‘g‘itlar oqova suvlari
(sizot suvlari) va yog‘in suvlari bilan birga suv havzalariga tushadi
va evtrofikatsiya (suvning «gullashi») hodisasi ro‘y berishiga olib
keladi. Natijada bunday suv havzalarida baliqlar va boshqa mav-
judotlar  nobud  bo‘lishi  mumkin.
Madaniy o‘simliklarga beriladigan o‘g‘itlar va ularning tarki-
bidagi ayrim elementlarning yetishmasligi yoki maromidan ortiqcha
berilishi  turli  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Masalan,
oziqlar tarkibida u yoki bu modda yetishmasligi ekinlarda turli xil
morfologik o‘zgarishlar sodir qiladi. Bu holat, ko‘pincha, tuproqning
turi, holati va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, ekinlarga
azot yetishmasa, eng avvalo, ularning yashil rangi o‘zgaradi, xlorofill
hosil bo‘lishi sustlashadi va o‘simlik barglari och yashil  rangga kiradi.
Madaniy ekinlar ekologiyasining umumiy jihatlarini eng keng
tarqalgan ekin — g‘o‘za misolida qarab chiqamiz.
G‘o‘za  —  o‘sish  va  rivojlanish  jarayonida,
ya’ni chigitni ekishdan to ko‘saklar pishib yetil-
gunga qadar besh asosiy fazani (davrni) o‘taydi:
1. Unib chiqish. 2. Chinbarg chiqarish. 3. Shonalash. 4. Gullash.
5. Pishish.
Bu  fazalarning  o‘tish  tezligi  g‘o‘za  navining  biologik  xusu-
siyati, harorat,  namlik  va  boshqa  sharoitlarga  bog‘liq  bo‘ladi.
Òuproq harorati 13—14°C, namligi 70 % bo‘lganda chigit ekish-
dan to unib chiqquncha 5—7 kun, bu sharoitlar yetarli bo‘lmasa
10—15 kun davom etishi mumkin. G‘o‘zaning shonalash mud-
dati ham haroratga bog‘liq. Masalan, havoning o‘rtacha harorati
25—28°C bo‘lganda g‘o‘zaning chinbarg chiqarishidan shonala-
shigacha  25—30  kun  kerak  bo‘ladi.  Agar  qulay  sharoit  bo‘lsa,
shonalashdan gul ochilguncha 25—30 kun, gullashdan ko‘saklar
pishishigacha 50—60 kun o‘tadi.  O‘rta tolali g‘o‘za navlari uchun
chigit ekilgandan to ko‘saklar pishguncha taxminan 125—150 kun,
ingichka tolali g‘o‘za navlari uchun esa 145—160 kun kerak
bo‘ladi.  G‘o‘zadan  mo‘l  hosil  olish  uchun  uning  o‘sish  va  ri-
G‘o‘za
ekologiyasi

175
vojlanish davrlari va fazalarini puxta bilish juda katta ahamiyat
kasb etadi.
G‘o‘zaning o‘sish va rivojlanish davrida asosiy ekologik omil-
larga bo‘lgan talabi turlicha bo‘ladi.
Issiqlikka talabi. G‘o‘za issiqlikka talabchan o‘simlik hisob-
lanadi. Sababi u tropik mintaqadan kelib chiqqan. Uning me’yorida
o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay harorat 25—30°C hisobla-
nadi. Agar harorat 20°C dan past bo‘lsa, g‘o‘zaning rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatiladi.
Chigit tuproq harorati 10—12°C bo‘lganda una boshlaydi.
U  me’yorida  unib,  maysasining  yer  yuziga  chiqishi  uchun  ka-
mida 19—20°C issiqlik bo‘lishi zarur. Harorat juda pasaysa, g‘o‘za
kasallanadi. Uning maysasi bahorda 1—2°C sovuqdan, voyaga yetgan
g‘o‘zalar  esa  kuzda  3—5°C  sovuqdan  zararlanadi.  G‘o‘zaning
me’yorida rivojlanishi uchun yuqori harorat 35—37°C hisoblanadi.
Agar harorat 40°C dan oshib ketsa, gul urug‘lanmay to‘kilib ketadi.
Foydali  haroratga  talabi.  G‘o‘zaning  turli  rivojlanish  fazala-
rida turlicha harorat talab etiladi. Biroq ma’lum rivojlanish faza-
sini to‘la o‘tash va tugallash uchun ham ma’lum harorat, ya’ni

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling