Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan


Sklerotiniya — Sclerotinia


Download 101.63 Kb.
bet8/10
Sana19.06.2023
Hajmi101.63 Kb.
#1599743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PLEOSPORALILAR

Sklerotiniya — Sclerotinia:
1- konidiyalar to‘plamining bo‘ylga kesimi; 2 — sklerotsiylashgan olmada apotesiyning hosil bo‘lishi; 3 — ayrim xaltachasi.

Bu tartibning parazit vakillari qatoriga sklerotiniya av- ; lodining turlari (Sclerotinia) kiradi.


Sklerotiniyaning xarakterli belgilaridan biri, shox-kuya zamburug‘iga o‘xshash sklerotsiy hosil qiladi. Sklerotiniya tur-lari ko‘p tarqalgan zararli zamburug‘lardan bo‘lib madaniy hamda yovvoyi o‘simliklarda yashab ularga katta ziyon yetka-zadi. Masalan, sklerotiniya fruktigena (Sclerotinia fructigena- I Monilia frictigena) olma, nok, behida sklerotiniya sinera (S. Si-nerea) olcha, tog‘olcha, shaftoli, o‘riklarning mevasida yashab, ; «chirigan meva» hosil qiladi.
Sklerotiniya zamburug‘ining konidiyasi yoki askosporasi yosh olmaga yoki danakli boshqa mevalarga tushib, u yerda o‘sib, mi-seliyga aylanadi. So‘ngra mitselliysi mevaning chuqur et qis- ,'| miga tarqaydi. Bu bilan, odatda, faqat epidermisi shikastlan-gan mevalar zararlanadi, shikastlanmaganlari esa bu bilan hech kasallanmaydi. Uzunburun qo‘ng‘izchalardan kazarka ko‘pincha J meva epidermisini shikastlaydi.
Qo‘ng‘izchalar meva epidermisini kemirib, et qismiga tuxum qo‘yadi, teshikchalarni zamburug‘ konidiyasi bor ekskrementlari (axlati) bilan berkitadi. Bu hol olma kazarkasi bilan bu parazit o‘rtasida biologik bog‘lanish borligini ko‘rsatadi. AZam-burug‘ning mitseliysi meva etida tezlik bilan o‘sib unga qo‘ng‘ir tuye beradi, yumshatadi va betida konsentrik dorilar yasab rang yostiqchalar hosil qiladi.

A Tryufel — Tuber:
a — yetilganmevatana; b — sporali xaltacha.
Bu sklerotiniyani konidiyaspo-ralaridir. Konidiyasporalar shamol va hasharotlar vositasi bilan tez tarqaydi.
Eti kasallangan mevalar qorayib, chirib to‘kiladi. To‘kil-gan mevada ham zamburug‘ning o‘sishi davom etadi. Zararlangan mevaning usti kuzda qorayib, mumga o‘xshab qoladi. Shunday ol-maning ichi zamburug‘ning tinchlik davrini kechiruvchi gifalari-dan, sirti sklerotsiysidan iborat bo‘ladi (66-rasm). Sklero-siysi qoramtir-ko‘k rangda bo‘ladi va shu holda zamburug‘ qish-dan chiqadi. Bahorda sklerotsiysi taraqqiy etib, undan yangi konidiyalar to„plami yoki uzungina bandli apotesiylar hosil bo‘ladi.
Sklerotiniya zamburug‘iga qarshi kurashning asosiy yo‘li bog‘-larni toza tutish, kasallik manbaini tugatish, to‘kilgan olma-larni yo‘qotish, kazarkaga qarshi kurash, ko‘klamda meva daraxt-lariga barg chiqarishidan oldin temir kuporosi, yozda esa Bordo suyuqligi purkash lozim.
Tryufelkabilar—Tuberales
Bu tartibning vakillari tuproqda yoki yuqori o‘simlik il-dizlarida simbioz hayot kechiradigan saprofit zamburug‘lardir. Mitseliysi substratga cho‘kkan holda bo‘lib, tuproq ostidagi chirindilar hisobiga oziqlanib, 1 kg gacha yetadigan tugunaksi-mon, dumaloq mevatana hosil qiladi. Mevatanasi boshida apo-tesiy bo‘lsa ham keyinchalik kleystokarp mevatanaga aylanadi.
Bu tartibning tipik vakillaridan biri tryufel (Tuber) hisoblanadi. YEtilgan tryufel mevatanasining usti qoramtir, ko‘p qatlamli pust — peridiy bilan qoplangan. Ichi esa navbat-lashib joylashgan och va qoramtir rangli, marmar gulli, etli to‘qimalardan iborat. Och rangli qismi ichki, to‘q rangli qismi tashqi vena de”b aytiladi. Tryufelning mitselliysi daraxtlar-ning ildiz uchlarini o‘rab olib, ular bilan simbioz holda yashaydi va mikoriza (zamburug‘ ildiz) hosil qiladi. Zamburug‘ daraxtdan uglevodlarni, daraxt esa zamburug‘dan azot-li moddalarni oladi.




Download 101.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling