Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan


Download 101.63 Kb.
bet3/10
Sana19.06.2023
Hajmi101.63 Kb.
#1599743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PLEOSPORALILAR

Xaltachali zamburug‘lar — Askomitsetlar sinfi — Pleosporalilar Ularga 30 ming turdagi zamburug‘lar kiradi. Vakillari yaxshi rivojlangan hujayralarga bo‘lingan mitseliy hosil qiladi.
Jinsiy ko‘payish natijasida zigotadan askogen gifa va ulardan xaltacha hosil bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish konidiylar vositasida amalga oshib, ular har xil shakldagi xaltachaning ichida yetiladi.
Xaltachalar shakliga ko‘ra har xil meva tanachalarda hosil bo‘lib, uni kleystotetsiya deyiladi. U dumaloq shaklida bo‘lib, ichida koniydilar tartibsiz ravishda joylashadi. Peritetsiya — yarim yopiq meva tanalarning uchi ochilgan bo‘lib, uning ichida xaltachalar hosil bo‘ladi. Apotetsiya — ochiq mevatana bo‘lib, unda xaltachalar joylashadi. Xaltacha zamburug‘larning jinsiy organi bo‘lib, unda sporalar yetiladi. Xaltachalarning hosil bo‘lishiga qarab bu zamburug‘lar 3 ta sinfga bo‘linadi:
I kenja sinf Ochiq xaltachalilar — Hemiascomycetidae xaltachalar mitseliyda hosil bo‘ladi.
II kenja sinf Euaskomitsetlar — Euascomycetidae — xaltachalar kleytotetsiyada, peritetsiyada, apotetsiyada hosil bo‘ladi.
III kenja sinf Loculoascomyctidae — xaltachalar askostromada hosil bo‘ladi. Ochiq xaltachalilar kenja sinfi — Hemiascomycetidae.
Endomitsetlar — Endomycetales tartibi vakillari oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladigan achitqi zamburug‘laridir.
Tafrinlilar — Taphrinales tartibiga 100 dan ortiq turlar kirib, ularning vakillari haqiqiy parazitlardir. Bu oila vakillari bargning maydalashuviga, mevaning karmashkasiga sabab bo‘lib, xaltachalari kutikula qavatining ostida hosil bo‘ladi. Euaskomitsetlar kenja sinfi — Euascomycetidae.
Bu kenja sinf vakillari xaltachali zamburug‘lar hisoblanadi. Ular kleystotetsiy, peritetsiy va apotetsiy ti pidagi meva tanalarni hosil qiladi. Bu kenja sinfga plektomitsetlar, pirenomitsetlar va diskomitsetlar tartiblari kiradi. Plektomitsetlarning tabiatda keng tarqalgan vakillariga Penicil-lium, Aspergillus turkumlari iradi. Ular sklerotsiy va konidiyalar hosil qilib ko‘payadilar. Bu turkum vakillari saprotrof zamburug‘larqatoriga kirib, mevalarning chirishiga sabab bo‘ladi va meditsinada antibiotiklar olishda foydalaniladi. Pirenomitsetlarning kleystotetsiysi dog‘ hosil qiladi. Ular turli qishloq xo‘jalik ekinlari va daraxtlarda kasalliklar keltirib chiqaradi. Qishloq xo‘jaligiga kuchli zarar keltiradigan vakillariga Erizifalar—Erysiphales — un shudring zamburug‘i misol bo‘ladi.
Zamburug‘ mitseliysi o‘simlik bargining orqa tamonida oqish rangdagi mog‘or shaklida bo‘ladi, pufakka o‘xshash un sepilganday ko‘rinadi. Meva tanasi kleytotetsiya shaklida bo‘lib, sharsimon dumaloq 2 — 8 ta xaltacha hosil qiladi.
Bu oila vakillari madaniy va yovvoyi o‘simliklarda parazitlik qiladi. Erta bahorda konidiya hosil qilib ko‘paysa, yoz oxirida kleystotetsiya hosil qiladi. Kleystotetsiya tuproqqa tushib, qishlaydi va undagi xaltachalarda spora hosil qiladi.
Turlari Erysiphe communis — oddiy erezifa, E.graminis —boshoqdoshlar — erizifasi, Uncinula nesator — uzum untsinulasi.
Yassi xaltachalilar — Loculoascomycetidea kenja sinfi vakillarining xaltachalari askostromada hosil bo‘ladi. Bu kenja sinf vakillari orasida olma va nokda kalmaraz kasalligini keltirib chiqaruvchi Venturia inaequalis zamburug‘i keng tarqalgan. Zamburug‘ning askostromalari kuzda tushgan barg qoldiqlarida qishlab, erta bahorda xaltachada yetilgan sporalar yosh barglarni, g‘unchalarni, yosh novdalarni kasallantiradi.

Download 101.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling