Ekologiya va inson, atrof muhit tizimi uni muhofaza qilish yo'llari


Ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farqi -


Download 70.88 Kb.
bet7/14
Sana22.06.2023
Hajmi70.88 Kb.
#1650496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Ekologiya va inson, atrof muhit tizimi uni muhofaza qilish yo\'llari

Ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farqi - muayyan davlatlarning ichki ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda xalqaro huquq normalarini keng qo'llanishidadir. Chunki ekologik xavf-xatar, inqirozli vaziyat yoki tabiiy-antropogen ofat hech qanday ma'muriy chegaraga bo'ysunmaydi. Ularga xalqaro hamjamiyat va tashkilotlar, davlatlararo qabul qilingan huquqiy hujjatlar kiradi. Masalan: 1963 yilda qabul qilingan «Atom qurolini sinovdan o'tkazishni taqiqlash to'g'risida»gi shartnoma, «Tabiiy muhitga harbiy va boshqa har qanday adovatli ta'sir qiluvchi maqsadlarda foydalanishni taqiqlash» 1985 yilgi «Vena konvensiyasi», 1997 yil 28 fevralda qabul qilingan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining «Almati deklaratsiyasi» kabi xartiya, rezolyutsiya, bitim, kelishuvlar kiradi.Yuqorida ko'rsatilgan xalqaro normativ hujjatlar O'zbekiston Respublikasida amal qilishi uchun vakolatlangan shaxslar tomonidan imzo chekilgan bo'lishi va albatta, Oliy Majlis tasdig'idan o'tishi (ratifikatsiya qilinishi) lozim. Aynan shunday holatdagina O'zbekistonda xalqaro huquq me'yorlari milliy qonun me'yorlariga nisbatan ustivorlik prinsipiga ega bo'ladi, ya'ni tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda birinchi galda qo'llaniladi.

Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish tushunchasi.
Insoniyat tarixida ekologik muammolar XX asr­ning o‘rtalarigacha faqatgina mahalliy yoki milliy masalalar doirasidan o‘rin olgan edi. 1970-yillargacha davlat va jamiyat xavfsizligiga yoki ularning barqaror rivojlanishi va inson huquqlariga global ta’sir qiluvchi muam­molar turkumiga faqatgina harbiy va siyosiy masalalar kiritilgan, xolos. XX asrning uchinchi choragida, ya’ni Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi va BMТning tuzilishi xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan masalalar jumlasiga ekologik muammolarni ham kiritdi. Shu asrning 50—60-yillarida «sovuq urush» oqibatida Yer kurrasidagi insonlar hayotiga tajovuz solayotgan uch muammo — yadro to‘qnashuvi, yoppasiga tarqaluvchi kasalliklar va uchinchi o‘rinda ekologik muammolar qo‘yilgan bo‘lsa, 70-yillarga kelib ekologik muammo va ularni hal qilish masalasi yetakchi o‘rinni egallab oldi.

Download 70.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling