Ekologiya va inson, atrof muhit tizimi uni muhofaza qilish yo'llari
Download 70.88 Kb.
|
Ekologiya va inson, atrof muhit tizimi uni muhofaza qilish yo\'llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologiya huquqining predmeti
Milliy ekologiya huquqi ob'yekti, o'z navbatida, quyidagi 4 qismga ajratiladi:
1.tabiiy ob'yektlar; 2. tabiiy resurslar; 3. tabiiy komplekslar; 4. antropogen, ya'ni kishilar faoliyati natijasida o'zgargan hududlar. Tabiiyunsurlar— kishilar faoliyati aytarli darajada kuchli ta'sir ko'rsatmagan, ob'yektiv mavjud va ma'lum huquqiy normalar asosida foydalaniladigan yer usti va yer osti manbalari. Ularga barcha qidirib topilgan yoki hali topilmagan qazilma boyliklar, o'simlik va hayvonot dunyosi, suv havzalari, yer (tuproq) va atmosfera havosi kiradi. Bularning hammasi yagona ekologik tizimlarda turuvchi, insonga bevosita yoki bilvosita xizmat qiluvchi va qonun me'yorlari orqali muhofazaga muhtoj tabiiy unsurlar hisoblanadi. Tabiiy resurslar — kishilarning hayotiy faoliyatlarida islilatilayotgan yoki ishlatish arafasida (zahirada) turgan tabiiy ob'yektlar. Ular, nafaqat oqilona foydalanish, shuningdek, muhofaza qilish qoida va me'yorlarini o'rnatilishiga ham muhtojdir. Tabiiy komplekslar — muayyan hududda yagona ekologik tizimda turuvchi tabiiy komponentlar (yer,suv, yer osti boyliklari, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonot dunyosi)ni bir paytning o'zida muhofaza qilish va ulardan birgalikda foydalanish ob'yekti. Antropogen omil tufayli o'zgargan hududlar — alohida huquqiy chora va tadbirlarni ishlab chiqishga muhtoj bo'lgan, kishilar faoliyati natijasida o'zgargan tabiat komponentlarini o'zida mujassamlashtiruvchi ob'yektlar. Ular, shartli ravishda, kishilarning xo'jalik faoliyati toifalariga qarab quyidagilarga ajratiladi: 1.aholi punktlari tegra(zona)lari; 2. sanoat tegralari; 3. qishloq xo'jalik tegralari yoki agrar tegralar. Atrof-muhit va organizmlar o'rtasidagi tabiiy munosabatlarga buzilishi yoki o'zgarishi sabablarini o'rganish hamda barqarorlashtirish yuzasidan huquqiy qonun hujjatlarni tatbiq etish. Ekologiya huquqining predmeti — atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, buzilganlarini qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha ijtimoiy ekologik-huquqiy munosabatlar, Ushbu munosabatlar Ekologiya huquqining ob'yektlariga nisbatan yuzaga keladigan kishilar (sub'yektlari)ning katti-harakatlari yig'indisidir. Download 70.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling