Ekologiya va inson, atrof muhit tizimi uni muhofaza qilish yo'llari


Ekologiya huquqining sub'yektlari


Download 70.88 Kb.
bet5/14
Sana22.06.2023
Hajmi70.88 Kb.
#1650496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ekologiya va inson, atrof muhit tizimi uni muhofaza qilish yo\'llari

Ekologiya huquqining sub'yektlari — ekologik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi jismoniy va yuridik shaxslar, davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar.
Ekologiya huquqining prinsiplari — atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni barqarorlashtirishga yo 'naltiruvchi qoidalar. Ekologiya huquqi prinsiplari milliy va xalqaro huquq normalarida aks ettirilgan bo'ladi va qonun me'yorlarini qanday qoidalar asosida ishlab chiqish hamda ularni amalda qo’llash yo'llarini ko'rsatib beradi.
O'zbekiston Respublikasida Ekologiya huquqining milliy prinsiplari 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunning 4-moddasida aks ettirilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
-jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg'unlashtirish;
-tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to'lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to'lamaslik;
-ekologik ekspertiza o'tkazilishning majburiyligi;
-ta'lim muassasalarida ekologik ta'limning majburiyligi va hokazo.
Ekologiya huquqining prinsiplaridan biri, «ta'lim muassasalarida ekologiya o'quvining majburiyligi»dir. Uning negizida uzluksiz ta'lim tizimining hamma bosqichlari(maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim, aspirantura, doktorantura va malaka oshirish)da ekologiyaga doir o'quv predmetlari yoki maxsus o'quv soatlarini tashkillashtirish yotadi. Boshqacha qilib ifodalansa, har qanday ta'lim bosqichida, albatta, ma'lum darajada ekologiyaga doir bilimlarni berilish talab etiladi. Aks holda, ta'lim muassasasi rahbariyatining harakati yoki harakatsizliklari "huquqbuzarlik" deb e'tirof etiladi va tegishli yuridik javobgarlikka tortish uchun asos bo'la oladi. Xalqaro ekologiya huquqi prinsiplari davlatlar yoki xalqaro uyushmalar tomonidan qabul qilingan yuridik hujjatlarda o'z aksini topgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
-tabiiy resurslarga davlat suverenitetligi;
-davlatlarning o'z yurisdiksiyasi(nazorati)dan tashqaridagi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi;
-insonlar ekologik huquqlarining ustivorligi;
-barcha sohada ekologik nazoratni amalga oshirish;
-ekologik axborotlar almashuv erkinligi;
-ekologik inqirozli holatlarda davlatlarning bir-biriga yordam ko'rsatishi;
-ekologik nizo va kelishmovchiliklarni tinch yo'l bilan hal qilish va hokazo.
Xalqaro ekologiya huquqi prinsiplari Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha o'tkazgan Stokgolm (1972) konferensiyasi, Yevropada xavfsizlikni ta'minlashning yakuniy Xelsinki (1975) hujjati, Umumjahon tabiat Xartiyasi, BMT Nizomining 2-moddasi va shunga o'xshash bir qator xalqaro deklaratsiya, shartnoma, xartiya, konvensiya va rezolyutsiyalarda o'z ifodasini topgan. Masalan, «Tabiiy resurslarga davlat suverenitetligi» prinsipi 1962 yil 14 dekabrdagi BMT konferensiyasida qabul qilingan bo'lib, u har bir BMT a'zosi (sub'yekti)ga o'z hududidagi yoki nazorat doirasidagi yer kengliklaridan mustaqil foydalanish va ularni o'zlarining milliy qonunlariga binoan muhofaza qilish huquqini beradi.
-Ekologiya huquqining o'ziga xos usullari umumiy huquqshunoslik tamoyillaridan kelib chiqqan holda namoyon bo'ladi. U ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish yo'li demakdir. Ekologiya huquqi usullari ma 'muriy, fuqaroviy va aralash turlariga ajratiladi. Masalan, ma'muriy-huquqiy usulda ekologik munosabat ishtirokchilari(sub'yektlari)ning notengligi, ya'ni davlat hukmdorligi asosida huquqiy boshqaruv tamoyillari amal qiladi. Tabiatni muhofaza qiluvchi yoki undan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning xatti-harakatlarini davlat tomonidan ta'qiqlash, ruxsat etish, cheklash, mahrum qilish(olib qo'yish) normalari orqali tartibga solib turiladi. Bu esa, ekologik tizimlarni yaxlit «zanjir»da turishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
Fuqarolar va har bir davlatning ekologik huquqlari qonuniy tarzda belgilangan bo'ladi. Aynan shu mazmundagi atrof-muhitga munosabat hamda unga zarar yetkazmaslik me'yorlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50 va 54-moddalarida o'z ifodasini topgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ham ma'muriy, ham fuqaroviy, ya'ni aralash ekologik usullar qo'llaniladi. Masalan, Respublikamizda dehqon xo'jaliklari tomonidan qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Xususan, qishloq xo'jalik mahsuloti (poliz, ko'kat, meva-sabzavot va shu kabilar)ni yetishtirishda ular ekologik toza mahsulot olishga o'z e'tiborlarini qaratishlari kerak bo'ladi va bu faoliyat davlat ekologik ekspertizasi orqali tartibga solinadi.

Download 70.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling