Экологиядан якуний саволлари Фанинг максади ва вазифалари. Экология фанининг таърифини биринчи марта немис олими Э. Геккель «Организмларнинг умумий морфологияси»


Узбекистондаги экологик муаммолар


Download 37.66 Kb.
bet2/7
Sana27.01.2023
Hajmi37.66 Kb.
#1132983
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yakuniy savollar

Узбекистондаги экологик муаммолар;
Bugungi kunda fan-texnika jadal sur’atlarda rivojlanib, inson va tabiat o’rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi, tabiatga nisbatan jamiyat a’zolarida g’amxo’rlik sust ahvolga kelib qolganligi oqibatida atrof-muhitga katta ziyon yetmoqda. Ona tabiatga istiqbolni ko’zlab munosabatda bo’lish, kelajak avlodga uni go’zal va tabiiyligicha qoldirish bugungi kunning muhim vazifasi bo’lib turibdi. Chunki tabiatga nisbatan inson qanchalik berahmlik bilan munosabatda bo’lsa, tabiat ham insonga nisbatan aynan ana shunday javob qaytaradi. Har bir inson ongida ekologik madaniyat qay darajada shakllansa, jamiyat ham shu darajada taraqqiy etadi.
Mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashina sozlik, energetika, kimyo, oziq – ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko’zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy – ekotizmlarning holatiga muayan darajada salbiy ta`sir ko’rsatadi.[1]
Respublikada keskin bo’lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar:
1. Yirik hududiy – sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni Angren-Olmaliq Chirchiqlarda, Farg’ona-Marg’ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu rayonlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda.[2]

2. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.


3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisedlar va mineral o’g’itlar bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir.
4. O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish.
Экологик омиллар ва уларнинг турлари.
Har bir organizm o'zi yashab turgan muhitda bir vaqtning o'zida har xil iqlim, tuproq va biotik omillar ta'siriga ta'siriga uchraydi. Tirik organizmlarni individual rivojlanish jarayonining bir fazasi davrida to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladigan muhit elementlariga ekologik omillar deyiladi. Bunday ayrim muhit omillari, ya'ni dengiz sathiga nisbatan bo'lgan balandlik, dengiz va ko'llarning chuqurligi istisnodir. Sababi balandlikning organizmga ta'siri harorat, quyosh radiasiyasi, atmosfera bosimi orqali borsa, suv chuqurligining organizmga ta'siri bosim va yorug'likning kamayishi sababli yuzaga keladi.
Ekologik omillar tirik organizmlarga quyidagi ta'sir ko'rsatadi:
1. Ayrim turlarni ma'lum hududdan siqib chiqaradi va ularning jo'g'rofik jihatdan tarqalishining o'zgarishiga olib keladi.
2. Har xil turlarning rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatib, ularning ko'payishi va nobud bo'lishini o'zgartiradi, bir joydan ikkichi joyga ko'chib populyasiya va biosenozlar zichligiga ta'sir qiladi.
3. Organizmlarda moslashish xususiyatlarini keltirib chiqaradi, ularda ichki (modda almashuv) va tashqi o'zgarishlarni tarqoq, guruh bo'lib tarqalishi, qishga va yozgi tinim davri, fotodavr reaksiyasining kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Muhit omillarini ta'siri vaqt bo'yicha ham o'zgarib turadi. Chunonchi, kun davomida yoki yilning fasllari bo'yicha, dengiz va okea to'lqinlarining muntazam va doimiy o'zgarib turishi, ekologik omillarning kutilmagan holda o'zgarishi yoki aniq davrlar ichida bo'lmasligi, turli yilllarda ob-havoning har xil kelishi, tabiiy ofatlar – dovul, kuchli bo'ron, suv bosishi, sel kelishi, er selkinishlari, vulqonlar ta'sirida o'zgarib turadi.
Tabiiy muhitda uchraydigan omillarni quyidagi uchta asosiy ekologik guruhga ajratish mumkin:


  1. Download 37.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling