Ekomanitoring ekspertiza


Download 67.03 Kb.
bet1/13
Sana13.02.2023
Hajmi67.03 Kb.
#1195244
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jiyanboyev izzatullo


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA AGRONOMIYA FAKULTETI
AGROKIMYO VA YEKOLOGIYA KAFEDRASI
Ekologiya va Atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishi

EKOMANITORING EKSPERTIZA ” fanidan



K U R S I SH I
Mavzu: EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARIDA EKOLOGIK QONUNLAR VA QOIDALAR
Bajardi: Ekologiya va AMM yo‘nalishi
3-kurs talabasi Jiyanboyev Izzatullo.


Ilmiy rahbar: Raximov T.

Qarshi 2022
M U N D A R I J A





Kirish

3

I-BOB

EKOLOGIK EKSPERTIZANING ASOSIY PRINTSIPLARI

6

1.1.

Ekologik ekspertizaning printsiplari to’g’risida tushuncha

6

1.2.

Ekologik ekspertizaning umumiy printsiplari

9

1.3.

Ekologik ekspertizaning ilmiy printsiplari

9

1.4.

Ekolgik ekspertizaning peridik (huquqiy) printsiplari

12




Qisqacha xulosa

14

II-BOB

EKOLOGIK EKSPERTIZANING HUQUQIY ASOSLARI

15

2.1.

Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari to’g’risida tushuncha

15

2.2.

Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslarining tizimlari

15

2.3.

Ekologik ekspertiza munosabatlari qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

17




Qisqacha xulosa

20

III-BOB

EKOLOGIK EKSPERTIZAGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA
ATROF MUHITGA TA’SIRNI BAHOLASH

21

3.1.

Davlat ekologik ekspertizasining loyihadan oldingi bosqichda qabul qilingan tartibi

21

3.2.

Ekologik ekspertiza ob’yektlarining atrof tabiiy muhitga ta’sirining farqlari va ularni baholash

23




Qisqacha xulosa

25

IV BOB

EKOLOGIK EKSPERTIZANING ASOSIY YO’NALISHLARI

26

4.1.

Ekologik ekspertizaning asosiy yo’nalishlari

26

4.2.

Ekologik ekspertizaning barcha yo’nalishlari uchun xos bo’lgan umumiy xususiyatlari

28

4.3.

Texnologik (texnika) ekologik ekspertizasi

28




Qisqacha xulosa

29




Xulosa

31




Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxati

32




Ilova




.


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va atrof tabiiy muhit holatining o’zgarishi o’rtasida o’zaro chambarchas aloqalar mavjud. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga bog’liq holda inson faoliyatining tabiatga ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish darajasi uzluksiz oshib, ularning salbiy oqibatlari miqyosi tobora xavfli tus olmoqda. Shu munosabat bilan ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishda ekologik omillarni tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalarning xususiyatlarini va ularni tartibga soladigan yo’nalishlar va qonuniyatlarni hisobga olmaslik yoki ularning ahamiyatini to’laligicha baholamaslik kutilmagan ekologik iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Kurs ishining maqsadi: Ekologik ekspertizaning fan sifatida shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlari insonning xo’jalik va boshqa faoliyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularning tabiatga ta’sirining miqyoslari va salbiy ta’sirining oshib borilayotganligi bilan izohlanadi. Ushbu fanning O’zbekistonda shakllanishi va rivojlanishi zarurati ko’p jixatdan mamlakat ekologik siyosatini samarali amalga oshirish bilan uzviy bog’liqdir.
Kurs ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- tabiat bilan jamiyat o’zaro aloqalarining ekologik ekspertiza yo’nalishini chuqur va xar tomonlama tadqiq etish;
- ekologik ekspertizaning O’zbekistonning barqaror rivojlanish va iqtisodiyotni ekologizatsiyalash yo’nalishlariga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan nazariy va amaliy masalalarining yechimini topish;
- ekologik ekspertiza ob’ektlarining tabiatdan foydalanish va atrof tabiiy muhitga ta’sirini va ekologik xavflilik darajasini kompleks taxlil etish;
- ekologik ekspertiza uchun taqdim etilayotgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun xujjatlariga muvofiqligini aniqlash metodlarini ishlab chiqish;
- ekologik ekspertizani istiqbolda rivojlantirishning ekologik-iqtisodiy ustivorlik va iqtisodiyotni ekologizatsiyalashga asoslangan yo’nalishlarini aniqlash, ularni ilmiy asoslash va rivojlantirish;
- ekologik ekspertiza o’tkazish orqali tabiatdan ratsional foydalanish va tabiatni muhofaza qilish imkoniyatlarini davlat boshqaruvi va bozor instrumentlari orqali tartibga solishning samaradorligini o’rganish;
- ekologik ekspertizaning dolzarb va ustivor yo’nalishlarini aniqlash va ekspert tadqiqotlarining samaradorligini oshirish metodlarini ishlab chiqish.
Ekologik ekspertizaning asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari qatoriga tizimli taxlil, guruhlash, ekologik-iqtisodiy baholash va qiyosiy taxlil, xisob-analitik (taxlil), sintez, balans, normativ, ekspert baholash va boshqa metodlar kiradi. Ayniqsa normativ tadqiqot metodlari, shu jumladan ekologik normatimv metodlari (yo’l qo’yish mumkin bo’lgan kontsentratsiyaning eng yuqori darajasi, yashil zonalar normalari va bosh.) tabiatga antropogen ta’sirning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan ob’ektiv chegaralarini aniqlashga imkon beradi.

Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling