Ekomanitoring ekspertiza


Ekologik ekspertiza munosabatlari qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi


Download 67.03 Kb.
bet7/13
Sana13.02.2023
Hajmi67.03 Kb.
#1195244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Jiyanboyev izzatullo

2.3.Ekologik ekspertiza munosabatlari qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Ekologik ekspertizaning sub’ektlari buyurtmachi (vakolatga ega davlat strukturasi), pudratchi (ekspertiza ijrochilarimutaxasislar), iste’molchi (ekspertiza ob’ektikorxona yoki tashkilotning egasi) o’rtasidagi munosabatlar “Ekologik ekspertiza to’g’risida”gi qonunda va boshqa qonun xujjatlarida belgilab berilgan. Ularning huquqlari va majburiyatlari aniq ko’rsatilgan.
Buyurtmachidavlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat orgoni O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hisoblanadi. U qonun xujjatlari talabiga muvofiq davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o’tkazadi; davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit bo’yicha normativ-texnik va yo’riqnoma-uslubiy xujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; davlat ekologik ekspertizasini o’tkazishga ekspert va mutaxassislarni jalb etadi; davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operetsiyalarini to’xtatib turish (tugatish) to’g’risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi; qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi (“Ekologik ekspertiza to’g’risida” qonunning 12-moddasi).
Shu nuqtai nazardan va qonunda belgilangan ob’ektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o’tkazishning majburiyligini hisobga olib davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisi (ekspertlar) zarur bo’lgan ma’lumotlar va materiallarni rad etish va boshqa huquqlarga ega. Buyurtmachining (ekspertlarning) majburiyatlari qatoriga davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya etish, belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlash va boshqalar kiradi. Buyurtmachi (ekspertlar) o’z vazifasini qonunda belgilangan tartibda bajarmasa va ularni buzsa qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi.
Pudratchi ekologik ekspertiza topshiriqlarini bajaradigan ayrim mutaxassislar yoki ilmiy tadqiqot institutlari maxsus komissiyalar bo’lishi mumkin. Ular qonun xujjatlarida belgilangan huquqlar, majburiyatlardan foydalanib o’z vazifalarni bajaradilar va qonun talablarini buzganlik va qonunga zid ishlari uchun qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi.
Ekologik ekspertiza tizimida iste’molchi sifatida ekspert taxlilining predmeti hisoblangan korxona yoki tashkilotning egalari qatnashadi. Iste’molchining huquqlari qonun xujjatlarida belgilangan bo’lib, ularni ekologik ekspertiza o’tkazish bo’yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish, takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish, qo’shimcha ekologik ekspertiza o’tkazish to’g’risida iltimos qilish, ekologik ekspertiza o’tkazilishining borishi to’g’risida axborot olish va boshqalar kiradi. Iste’molchining majburiyatlari qatoriga ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun xujjatlari talablariga muvofiq taqdim etish, ekspertiza uchun belgilangan tartibda haq to’lash, davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida ko’rsatilgan talablarni bajarishi shartligi va boshqalar kiradi.
Ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Huquqiy va ekologik-huquqiy javobgarlik qonunchilikda belgilangan talablarni davlat tomonidan bajarishga majbur qilishni bildiradi. Ekologik ekspertiza sohasida aybdorlarning javobgarligi turli shakllarda amalga oshiriladi. Bular qatoriga intizomiy, ma’muriy, moddiy, fuqarolik-huquqiy, jinoiy javobgarlik kiradi.


Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling