Ekomanitoring ekspertiza
Download 67.03 Kb.
|
Jiyanboyev izzatullo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Ekologiya va AMM yo‘nalishi 3-kurs talabasi Jiyanboyev Izzatullo. Ilmiy rahbar
- Kirish 3 I-BOB
- II-BOB EKOLOGIK EKSPERTIZANING HUQUQIY ASOSLARI 15
- Qisqacha xulosa 20 III-BOB
- Qisqacha xulosa 25 IV BOB
- Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxati 32
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI GEOGRAFIYA VA AGRONOMIYA FAKULTETI AGROKIMYO VA YEKOLOGIYA KAFEDRASI Ekologiya va Atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishi “EKOMANITORING EKSPERTIZA ” fanidan K U R S I SH I Mavzu: EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARIDA EKOLOGIK QONUNLAR VA QOIDALAR Bajardi: Ekologiya va AMM yo‘nalishi 3-kurs talabasi Jiyanboyev Izzatullo. Ilmiy rahbar: Raximov T. Qarshi 2022 M U N D A R I J A
. KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va atrof tabiiy muhit holatining o’zgarishi o’rtasida o’zaro chambarchas aloqalar mavjud. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga bog’liq holda inson faoliyatining tabiatga ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish darajasi uzluksiz oshib, ularning salbiy oqibatlari miqyosi tobora xavfli tus olmoqda. Shu munosabat bilan ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishda ekologik omillarni tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalarning xususiyatlarini va ularni tartibga soladigan yo’nalishlar va qonuniyatlarni hisobga olmaslik yoki ularning ahamiyatini to’laligicha baholamaslik kutilmagan ekologik iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kurs ishining maqsadi: Ekologik ekspertizaning fan sifatida shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlari insonning xo’jalik va boshqa faoliyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularning tabiatga ta’sirining miqyoslari va salbiy ta’sirining oshib borilayotganligi bilan izohlanadi. Ushbu fanning O’zbekistonda shakllanishi va rivojlanishi zarurati ko’p jixatdan mamlakat ekologik siyosatini samarali amalga oshirish bilan uzviy bog’liqdir. Kurs ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: - tabiat bilan jamiyat o’zaro aloqalarining ekologik ekspertiza yo’nalishini chuqur va xar tomonlama tadqiq etish; - ekologik ekspertizaning O’zbekistonning barqaror rivojlanish va iqtisodiyotni ekologizatsiyalash yo’nalishlariga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan nazariy va amaliy masalalarining yechimini topish; - ekologik ekspertiza ob’ektlarining tabiatdan foydalanish va atrof tabiiy muhitga ta’sirini va ekologik xavflilik darajasini kompleks taxlil etish; - ekologik ekspertiza uchun taqdim etilayotgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun xujjatlariga muvofiqligini aniqlash metodlarini ishlab chiqish; - ekologik ekspertizani istiqbolda rivojlantirishning ekologik-iqtisodiy ustivorlik va iqtisodiyotni ekologizatsiyalashga asoslangan yo’nalishlarini aniqlash, ularni ilmiy asoslash va rivojlantirish; - ekologik ekspertiza o’tkazish orqali tabiatdan ratsional foydalanish va tabiatni muhofaza qilish imkoniyatlarini davlat boshqaruvi va bozor instrumentlari orqali tartibga solishning samaradorligini o’rganish; - ekologik ekspertizaning dolzarb va ustivor yo’nalishlarini aniqlash va ekspert tadqiqotlarining samaradorligini oshirish metodlarini ishlab chiqish. Ekologik ekspertizaning asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari qatoriga tizimli taxlil, guruhlash, ekologik-iqtisodiy baholash va qiyosiy taxlil, xisob-analitik (taxlil), sintez, balans, normativ, ekspert baholash va boshqa metodlar kiradi. Ayniqsa normativ tadqiqot metodlari, shu jumladan ekologik normatimv metodlari (yo’l qo’yish mumkin bo’lgan kontsentratsiyaning eng yuqori darajasi, yashil zonalar normalari va bosh.) tabiatga antropogen ta’sirning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan ob’ektiv chegaralarini aniqlashga imkon beradi. Download 67.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling