Ekomanitoring ekspertiza


Download 67.03 Kb.
bet8/13
Sana13.02.2023
Hajmi67.03 Kb.
#1195244
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Jiyanboyev izzatullo

Qisqacha xulosa
Ekologik ekspertizaning huquqiy normalari faqat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan qonunlar bilan belgilanadi.
Ekologik ekspertiza sohasidagi huquqiy normalarning bosh manbai O’zbekiston respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” qonunda ekologik ekspertizaning maqsadi va ob’ektlari belgilab berilgan. “Ekologik ekspertiza to’g’risida” qonunda essa ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari to’la bayon qilingan. Ushbu qonunga asoslanib ekologik ekspertiza to’g’risida nizom ishlab chiqilgan va u respublikada ekologik ekspertizani o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan barcha misollarni tartibga soladi.
Ekologik ekspertiza munosabatlari sub’ektlari va qatnashchilari qatoriga quyidagilar kiradi: buyurtmachi (vakolatga ega davlat strukturasi), pudratchi (ekspertiza ijrochilarimutaxassislar), iste’molchi (ekspertiza ob’ektikorxona va tashkilotning egasi).
“Ekologik ekspertiza to’g’risida” qonun xujjatlarida sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlar belgilab berilgan, ularning huquqlari va majburiyatlari aniq ko’rsatilgan.
Ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.


III-BOB. EKOLOGIK EKSPERTIZAGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA ATROF MUHITGA TA’SIRNI BAHOLASH.
3.1. Davlat ekologik ekspertizasining loyihadan oldingi bosqichda qabul qilingan tartibi. Ekologik ekspertiza mamlakat iqtisodiyotining ekologik xavfsiz rivojlanishi muammolari yechimini topishda g’oyat muhim rol o’ynaydi. U amaliyotda faqat ekologik asoslangan xo’jalik qarorlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish maqsadlarida ekologik ekspertizaning atrof muhitga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadigan g’oyat xilma-xil ob’ektlarini maqsadga muvofiq joylashtirish, loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash, korxonalar, ob’ektlar va inshootlarni loyixalashtirish, qurish, rekonstruktsiyalash, ishga tushirish ishlarini ekologik bexatarlikni ta’minlash va aholi salomatligini muhofazalash talablariga mos yo’nalishda amalga oshirish lozim. Bunda har bir korxona, idora, tarmoq va boshqa xilma-xil ob’ktlarni ro’yobga chiqarishda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish, atrof tabiiy muhitni sog’lomlashtirish bilan bog’liq bo’lgan ko’plab tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Shu sababdan ekologik ekspertizaga taqdim etilayotgan xujjatlar ekologik ekspertiza ob’ektlarining loyihadan oldingi chuqur ilmiy-ekologik tadqiqotlari natijalariga asoslanib tayyorlanishi ekologik sabablarga ko’ra ob’ektni ro’yobga chiqarishga ruxsat bermaslikning oldini olishning asosiy shartidir. Davlat ekologik ekspertizasining loyihadan oldingi bosqichida xo’jalik yoki boshqa faoliyatning ekologik asoslab berilishini ishlab chiqish va asoslab berish bo’yicha hozirgi vaqtda qabul qilingan tartib quyidagilardan iborat:1
Xo’jalik faoliyati tashabbuskori ekologik ekspertizaga quyidagi xujjatlarni taqdim etadi:

  • amaldagi ko’rsatma xujjatlarga muvofiq bajarilgan ekologik normallashtirish materiallari;

  • amaldagi ko’rsatmalarga muvofiq tuzilgan atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB) materiallari. Unda quyidagi bosqichlar bo’lishi kerak:

  1. Atrof muhitga ta’sir to’g’risida bayonotning loyihasi (AMTB loyihasi).

  2. Atrof muhitga ta’sir to’g’risida bayonot (AMTB)

  1. Ekologik oqibatlar to’g’risida bayonot (EOTB)

Atrof muhitga ta’sir to’g’risida bayonotning loyihasi (AMTTB loyihasi) xo’jalik faoliyatini ekologik asoslash mo’ljallangan bosqichda tuziladi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • atrof muhitning asosiy xususiyatlari taxlili;

  • ko’rib chiqilayotgan ob’ektning atrof muhitga ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish texnologik zanjirining barcha elementlari bo’yicha-xomashyo (yoqilg’i) manbalardan boshlab to chiqarmalar, oqavalar, va chiqindilarni ham o’z ichiga olgan asosiy va yordamchi texnologiyaning ta’rifi;

  • belgilanayotgan yoki amalga oshiriliyotgan faoliyatning muqobil taxlili;

  • avariya xolatlarining taxlili (salbiy oqibatlarni bartaraf etish extimoli va stsenariyasini baholash bilan);

  • ta’sir turlarining bayoni (ta’rifi);

  • ta’sir xarakterining bayoni (ta’rifi);

  • ta’sirining asosiy ob’ektlari taxlili;

  • ko’rib chiqilayotgan ob’ektning ta’sir zonasi uchun aniqlangan ta’siri natijalarining atrof muhitga ta’sir etishi darajasini baholash va bashorotlash;

  • atrof muhitga ta’sirni maqbul darajagacha kamaytiradigan tadbirlarning takliflari.

Bu xujjatlarni davlat ekologik ekspertizasi ijobiy baholangan taqdirda ushbu ob’ektga yer ajratish to’g’risidagi masala ko’rib chiqiladi va xujjatdagi ekologik ishlanmalarning yetarli ekanligi yoki navbatdagi bosqichdagi xujjatlarni tayyorlash zarurligi to’g’risida qaror qabul qilinadi.
AMTTB loyihasini bajarish bosqichida maxsus tadqiqotlarni talab qiladigan xolatlar aniqlansa, unda xo’jalik faoliyati tashabbuskori AMTB pretsudurasining navbatdagi bosqichiga o’tadi va «Atrof muhitga ta’sir to’g’risida bayonot»ni tayyorlashga kirishadi. Bunda quyidagilar o’z aksini topadi;

  • loyihaga kiritilgan dastur bo’yicha tadqiqot natijalarining taxlili;

  • atrof muhit holatining aniqlangan ta’rifi;

  • jamoatchilik muhokamasi natijalari taxlili va zarur xollarda ko’rilayotgan faoliyatning ijtimoiy sharoitlarga ta’siriga qarab o’zgartirishlar kiritish;

  • aniqlangan ma’lumotlar bo’yicha ta’sir manbalarining taxlili;

  • ko’rib chiqilayotgan ob’ektning aniq yer maydonlariga nisbatan atrof muhitga ta’sirini baholash;

  • ko’rib chiqilayotgan ob’ektning ta’sir zonasida joylashgan hududning ekologik xaritasi chizimlari va unda hududning funktsional zonalashtirilishi, ta’sirga tortilayotgan atrof muhit komponentlarining xolati, ko’rib chiqilayotgan ob’ekt vaziyatining rejasi, aholi zichligi, rekreatsiya zonalari, yaylovlar va ta’sirning xarakteri taxlili uchun zarur bo’lgan boshqa axborotlar xaritaga tushiriladi.

  • ekologik va u bilan bog’liq oqibatlar nuqtai nazaridan avariya vaziyatlari taxlili va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari.

Davlat ekologik ekspertizasi ushbu xujjatni ko’rib chiqish natijalariga ko’ra ularning yetarliligi, ob’ektivligi va ta’sirni baholashning chuqurligi, bashoratlarning asoslanganligi va tadbirlarning realligi (amalga oshirilishi imkoniyati) to’g’risida xulosa chiqaradi.
AMTB protsedurasining barcha loyihalashtirilayotgan ob’ektlar uchun yakuniy bosqichi «Ekologik oqibatlar to’g’risida bayonot» (EOTB) xujjatini tuzish bo’lib, unda xo’jalik faoliyatini amalga oshirishi imkoniyatlari to’g’risida asosiy xulosalar chiqariladi va ekologik normativlar belgilanadi (REOruxsat etilgan oqavalar, RYeChruhsat etilgan chiqindilar, REM ruxsat etilgan me’yor) EOTB davlat ekologik ekspertizasi organlari bilan kelishiladi (tasdiqlandi) va xo’jalik faoliyati tashabbuskori tomonidan ob’ektni ishga tushirish bo’yicha qabul komissiyasiga topshiriladi.
Ko’rsatilgan umumiy talablarni bajarish ekologik ekspertiza ob’ektlarining atrof tabiiy muhitga ta’sirining tarmoqlar va ob’ektlar bo’yicha ta’sirini ham har tomonlama hisobga olishni taqazo etadi.

Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling