Ekomanitoring ekspertiza


IV – BOB. EKOLOGIK EKSPERTIZANING ASOSIY YO’NALISHLARI


Download 67.03 Kb.
bet10/13
Sana13.02.2023
Hajmi67.03 Kb.
#1195244
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Jiyanboyev izzatullo

IV – BOB. EKOLOGIK EKSPERTIZANING ASOSIY YO’NALISHLARI.
4.1. Ekologik ekspertizaning asosiy yo’nalishlari. Ekologik ekspertizaning ob’yekti, ilgari ko’rsatib o’tilgandek, g’oyat xilma-xil bo’lib, shunga mos xolda uning yo’nalishlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Masalan, ekspertizaning ob’ekti dasturlar loyihalari, qurilish loyihalari, ishlab chiqarishni joylashtirish loyihalari, texnika va texnologiya, xomashyo va materiallar, mahsulotlar, kimyoviy moddalar, standart va texnik, xuquqiy normalarning loyihalari va boshqalar bo’lishi mumkin. Ushbu ob’ektlar bo’yicha ekologik ekspertiza yo’nalishlari ham shakllanadi.
Ekologik ekspertizaning barcha yo’nalishlarida ham loyihadan oldin, ham loyihadan keyingi bosqichlarda asos qilib olingan materiallari qatoriga iqlim, geologik, gidrogeologik sharoitlar, tuproqning genetik va o’z-o’zini tozalashi ta’rifi, hududning o’rmon bilan qoplanish darajasi, flora, fauna, aholi va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqalar kiradi.
Ekologik ekspertizani o’tkazish natijasida ekspertiza ob’ektining to’la modeli paydo bo’lishi, loyihaning esa atrof tabiiy muhit muhofazasi talablariga mos kelishi aniqlanishi kerak. Bu talabga erishish uchun ekologik ekspertizaning barcha yo’nalishlarida loyihaning quyidagi xususiyatlari o’rganilishi va taxlil qilinishi lozim:

  • loyihaning asosiy maqsadi va uni tumanlardan to respublkagacha darajadagi ahamiyati;

  • loyihani joylarda amalga oshirishning sabablarini asoslash;

  • texnik imkoniyatlar, yer va boshqa resurslardan foydalanish sig’imi va xajmini hisobga olib texnik-iqtisodiy asoslashni amalga oshirish;

  • atrof tabiiy muhitning xozirgi xolati va ahvoli, uni atrofdagi kontsentratsiyalar bilan taqqoslash;

  • loyiha tadbirlarining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo’yicha tiplari va ishonchliligi;

  • atrof muhitga ehtimol tutilayotgan salbiy ta’sir va uni kamaytirish bo’yicha tadbirlar;

  • inqirozli vaziyat ehtimolini aniqlash maqsadlarida texnik-iqtisodiy extiyojlarning tabiat imkoniyatlariga muvofiqligini aniqlash;

  • tavsiya qilinayotgan tabiat muhofazasi tadbirlarining muqobil varianti va ularni amalga oshirishning ketma-ketligi;

  • atrof tabiiy muhitga eng oz miqdorda (minimum) zarar yetkazish bilan texnik imkoniyatlarni eng ko’p darajada (maksimum) qo’llashni murosaga kelishini ta’minlash o’rtasidagi optimal variantni tanlash;

  • muqobil qarorlarni quyidagi yo’nalishda taqqoslash: xarajat birligiga loyihaning ahamiyati mezonlari bo’yicha; ushbu joyda ob’ektni joylashtirishning ijtimoiy va iqtisodiy afzalligi; loyihani joylashtirishning kutilmagan oqibatlarining xavf-xatari darajasi; tabiat muhofazasi tadbirlarining shu kundagi va istiqboldagi qiymati.


Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling