Ekomanitoring ekspertiza


Ekolgik ekspertizaning peridik (huquqiy) printsiplari


Download 67.03 Kb.
bet5/13
Sana13.02.2023
Hajmi67.03 Kb.
#1195244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jiyanboyev izzatullo

1.4. Ekolgik ekspertizaning peridik (huquqiy) printsiplari. Bu yo’nalishdagi ekologik ekspertiza printsiplari ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun xujjatlarida mustahkamlangan, shu sababdan ular oliy yuridik kuchga ega. Uning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Ekologik ekspertizaning O’zbekiston Rspublikasining “Ekologik ekspertiza to’g’risida” qonunda(2000 yil) belgilangan asosiy printsiplari (5-modda) quyidagilardjan iborat:

  • qonuniylik;

  • xolislik;

  • asoslik;

  • ekologik xavfsizlik talablarini xisobga olishning majburiyligi;

  • har qanday rejalashtirilayotgan xo’jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan prezumtsiyasi;

  • xo’jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog’lig’iga ta’sirini baholashning komleksligi;

Ko’rsatilgan asosiy yuridik printsiplar ekologik ekspertizaning o’ziga xos “mikrosxema”si bo’lib, ularni abadiy o’rnatilgan o’zgarmas deb hisoblab bo’lmaydi. Tarixiy sharoit va mamlakatda siyosiy vazifalarning zamon talablariga muvofiq o’zgarishi, halqaro tajribalardan foydalanish zarurati ko’rsatilgan printsiplar majmuasining o’zgarishiga olib kelishi va ular yangi printsiplar bilan to’ldirilishi mumkin.

Qisqacha xulosa
Ekologik ekspertiza printsiplari uning asosiy ilmiy qoidalari bo’lib, ular ekologik ekspertiza faoliyati uchun raxbariy ilmiy va amaliy ko’rsatma, qo’llanma ahamiyatiga ega.
Ekologik ekspertiza printsiplari umumilmiy, kongret ilmiy, yuridik yo’nalishlarga bo’linadi. Ular o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, bir-birlarini to’ldiradi.
Ekologik ekspertizaning umumiy printsiplari qatoriga tabiatning birlamchiligi, tabiiylik, soxta muvaffaqqiyat, tabiatni qayta o’zgartirish, ishlab chiqarishni ekologiyazalashtirish, tabiiy resurslarning ijtimoiy foydaliligini oshirish, tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish kiradi.
Ekologik ekspertiza faoliyati va amaliyotining turli soha va yo’nalishlarini ilmiy tadqiq etishning asosiy natijalari sifatida tavsiya qilingan va har tomonlama ilmiy asoslangan printsiplar konkret ilmiy printsiplar qatoriga kiradi. Ular ekologik xavflilik prezumtsiyasi, xulosalarning ilmiy asoslanishi, ekologik ekspertizaning majburiyligi, oqibatlarni baholashning komleksligi va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Ekologik ekspertizaning ilmiy tadqiqotlarda asoslab berilgan printsiplari tavsiyaviy xarakterga ega bo’lib, ularning ko’pchiligi muhokama va sinovlardan keyin qonun xujjatlarida o’z aksini topadi.
Yuridik printsiplar ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun xujjatlarida mustahkamlangan bo’lib, ular yuridik kuchga ega. Uning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
“Ekologik ekspertiza to’g’risida” (2002 yil) qonunida quyidagi asosiy printsiplar belgilangan: qonuniylik; xolislik; asoslilik; ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi; har qanday rejalashtirilayotgan xo’jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog’ligiga ta’sirini baholashning kompleksligi.


Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling