Ekomanitoring ekspertiza


Download 67.03 Kb.
bet2/13
Sana13.02.2023
Hajmi67.03 Kb.
#1195244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jiyanboyev izzatullo

Kurs ishining obyekti: Хo’jalik yoki o’zga faoliyat (ob’ekt)ning tabiatga va inson salomatligi ta’sirini baholash, ularning ekologik iqtisodiy asoslanganligini aniqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida o’tkaziladigan ekologik ekspertiza faoliyatining xususiyatlarini o’rganadigan va uni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadi.
Mavzuning predmeti: Ekologik ekspertizani tashkil etish va o’tkazish jarayonida yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Kurs ishi nazariy va amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, tadqiqot natijasida olingan xulosalar Ekologik ekspertiza fani bo‘yicha tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqish uchun amaliy dastur bo‘lishi mumkin.
Mavzuning tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, 4 ta bob to‘rtta 12 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kurs ishida 6 ta adabiyotlardan va internet saytlaridan foydalanilgan. Ishning asosiy hajmi 29 betni tashkil etadi.

ASOSIY QISM
I-BOB. EKOLOGIK EKSPERTIZANING ASOSIY PRINTSIPLARI.
1.1. Ekologik ekspertizaning printsiplari to’g’risida tushuncha. Printsip so’zi lotincha «principium» so’zidan olingan bo’lib «boshlash», «asos» ma’nosini bildiradi. Ekologik ekspertiza printsiplari uning asosiy ilmiy qoidalari bo’lib, ular eklogik ekspertiza faoliyati uchun rahbariy ilmiy va amaliy ko’rsatkma va qo’llanma ahamiyatiga egadir. Printsiplarni ekologik ekspertiza metodlari sifatida ham tushunish mumkin. Ekologik ekspertiza printsiplari ekologik ekspertiza faoliyati tajrabalarini o’rganish va umumlashtirish, ulardan foydalanish asosida shakllanadi va rivojlanib boradi. Printsiplar tabiat va jamiyatning o’zaro ta’sirini optimallashtirish extiyojlariga maksimal darajada mos kelishi kerak.
Shu sababdan ekologik ekspertiza printsiplariga quyidagi xususiyatlar xosdir: 1) ob’ektiv o’zaro bog’langan. Ekologik ekspertiza printsiplari tabiatga, tarix va jamiyatga, mamlakatga mos kelgandagina ularni hisoblash mumkin; 2) tarixan shartlanganlik. Davlat siyosati va davlat tuzumi o’zgarishi bilan ekologik ekspertiza printsiplari ham o’zgaradi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi munosabati bilan shunday o’zgarishlar sodir bo’ldi; 3) Tizimlilik. Ekologik ekspertizaning barcha printsiplarini o’zaro bog’liq klassifikatsiyalash mumkin (umumiy, ilmiy, xususiy (komponentlar bo’yitcha), yuridik va boshqalar).
Xozirgi zamon ekologik eksspertizasi printsiplarining quyidagi uchta yo’nalishini ajratish mumkin:

  1. umumiy printsiplar;

  2. konkret ilmiy printsiplar;

  3. yuridik (huquqiy) printsiplar.

Ekologik ekspertizaning umumiy printsiplari ekologiya (shu jumladan iqtisodiy ekologiya) va tabiatdan foydalanish iqtisodi fanlarining aniqlangan va ekologik ekspertiza uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan printsiplariga asoslanib ifodalangan printsiplaridan iboratdir. Ekologik ekspertiza fanining ekspertiza faoliyati va tajribalarini maxsus yo’nalishdatadqiq etish asosida aniqlagan printsiplari konkret ilmiy printsiplar qatoriga kiradi. Ekologik qonunchilik xujjatlarida mustahkamlangan va ekologik ekspertiza amaliyotida bajarilishi majburiy bo’lgan yuridik kuchga ega bo’lgan printsiplar yuridik (huquqiy) printsiplar hisoblanadi. Ularni ekologik ekspertiza amaliyoti printsiplari deb atash mumkin.
Ushbu printsiplar o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, ular bir-birlarini to’ldiradi va amaliyotda jamiyat va tabiat o’rtasidagi aloqalarga bog’liq qonunlarni hayotga tadbiq etishga xizmat qiladi.

Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling