NavDPI tarix fakulteti Tarix o`qitish metodikasi ta`lim yo`nalishi 3-”A” guruh talabasi Yusupova Malikaning jahon sivilizatsiyalari tarixi fanidan “Postindustrial jamiyatga o`tish davrida iqtisodiy-siyosiy o`zgarishlar” mavzusida tayyorlagan slaydi Mavzu: Postindustrial jamiyatga o`tish davrida iqtisodiy-siyosiy o`zgarishlar
REJA:
2.Ijtimoiy-siyosiy sohada tub o`zgarishlar.
1.Postindustrial jamiyatga o`tish yo`lida iqtisodiyotdagi o`zgarishlar.
Mavzu: Postindustrial jamiyatga o`tish davrida iqtisodiy-siyosiy o`zgarishlar Kalit so`zlar: Kichik va o`rta biznes, postsotsialisyik dunyo, F.Brodel, makromodel, mikromodel, texnologik uklad, mulkchilik munosabatlari, ijtimoiy hayot, mayda ishlab chiqaruvchi, millatchilik, siyosiy plyurealizm, davlatchilik tushkunligi. XIX asrning so`nggi choragi va XX asr boshlarida iqtisodiy dinamikaning keskin o`zgarishi kuzatiladi. Birin-ketin jahon iqtisodiy tushkunliklari yuz beradi. Postsotsialistik mamlakatlarda ishlab chiqarish va turmush darajasining misli ko`rilmagan pasayishi tinchlik davrida yuz berdi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham qashshoqlik va ochlikning yangi to`lqini kirdi. Industrial ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli kapitalistik va sotsialistik variantlarda o`z umrini o`tab bo`lgani yaqqol ko`rinadi. Uni yangi postindustrial ishlab chiqarish usuli bilan almashtirish vaqti keldi. 1.Postindustrial jamiyatga o`tish yo`lida iqtisodiyotdagi o`zgarishlar. Kichik va o`rta biznes salmoqli o`rinni egallay boshladi. Ayniqsa, aholi uchun iste`mol mollari va xizmatlar sohasida kichik va o`rta biznes ustuvor ahamiyat kasb etdi. Xalqaro savdoda yoqilg`I xomashyoning yetakchilik o`rniga yuqori texnologik mahsulotlar va turizm keldi. Iqtisodiy o`sishga doimiy intilishdan voz kechilib turmush darajasi sifatini oshirish, barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlik yetakchu o`rinni egallaydi. Postindustrial ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli boshlanayotgan sivilizatsiya sikli fazalaridan o`tadi. Tug`ilish va o`tish davri(XX asrning 70-yillaridan XXI asrning 20-yillarigacha ), tarqalish (XXI asrning 60-yillarigacha); yetuklik(35-40 yil); keksayish(25-30 yil). Shundan ishlab chiqarishning iqtisodiy usuliga o`tish boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |