Siyosiy sohada o`tish davrining yetakchi an`analari bo`lib quyidagilar ko`rinadi: - Totalitar, fashistik, millatchilik g`oyalarini targ`ib qiladigan siyosiy partiyalar tarix sahnasidan tushib ketadi.
- Siyosiy plyuralizm, turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini aks ettiradigan, saylov kompaniyasini olib boradigan, lekin monopol ta`sirga ega bo`la olmaydigan ko`pgina siyosiy partiyalar paydo bo`ladi.
- Siyosiy kurashning keskinligi zaiflashadi. Saylovchilar orasida apatiya keng tarqaladi.
- O`tmishda aniqlangan siyosiy munosabatlarning siklik dinamikasi qonuniyatlari kelajakda ham saqlanib qoladi.
Xalqaro siyosiy munosabatlar sohasi yangi belgilarni oladi. Ko`p qutbli dunyo shakllanadi. O`tish davrida yangi an`analar bir qutbli dunyoni inkor qiladi. Bir mamlakatni butun dunyoga o`z irodasini o`tkazishga boshqalar ko`nmaydi. Hududlararo ittifoqlar, hududiy xalqaro tashkilotlarning roli kuchayadi. Ayniqsa, Yevropadagi o`zgarishlar diqqatga sazovor. Umumyevropa g`oyasi, umumyevropa jarayoni insonparvarlik o`lchovini olmoqda. “Fuqaro Yevropasi”, “inson Yevropasi” masalasi qo`yilmoqda. BMT, YUNESKO, YUNIDO, Xalqaro savdo tashkiloti, Xalqaro sud kabi xalqaro tashkilotlarning ahamiyati oshib boradi. Ular mamlakatlar bilan siyosiy munosabatlarni barqaror holatga keltirish, ijtimoiy, ekologik, gumanitar siyosatni kelishish, xalqaro huquq normalarini shakllantirish va qo`llab quvvatlash, xalqaro ziddiyatlar, urushlarni tinch yo`l bilan bartaraf qilishda davlatlar o`rtasida hamkorlikni amalga oshiradilar. Xulosa qilib aytganda, postindustrial jamiyatga o`tish davrida davlatning qayta ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotga aralashuvi kamaya bordi. Davlat jamiyat piramidasining barcha qavatlarida yuz beradigan jarayonlarni muvofiqlashtirishni yanada ko`proq o`ziga ola boshladi. Bu hukmron tabaqa diktaturasi emas, balki jamiyat nomidan xalq farovonligi uchun qilinadi. Bunday jarayonlar totalitar davlatlarda o`z cho`qqisiga erishdi, faqat mafkuraviy jihatdan farq qilib, jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan qat`iy nazorat o`rnatishda urinishdi. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 1.O`tish davridagi iqtisodiy o`zgarishlarning asosiy xususiyati nimada? 2. Makromodel bo`yicha uch davrni ajrating. 3. O`tish davrida mulkchilikdagi o`zgarishlarni ko`rsating. 4. Mayda ishlab chiqaruvchilar to`g`risida tushuncha bering? 5. Postindustrial ishlab chiqarishning sikl fazalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |