Takror ishlab chiqarish samaradorligi ko`rsatkichlari dinamikasi an`analari o`zgaradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda harbiy sanoat kompleksining jadal rivojlanishi, yoqilg`i energetika, xomashyo resurslarini yuqori darajada iste`mol qilish, rivojlanayotgan mamlakatlarning arzon ishchi kuchi xomashyosi hisobiga ilgari erishilgan iqtisodiy o`sish sur`atlariga, mehnat unumdorligi, real daromadlarning o`sishiga endilikda erishib bo`lmaydi, avvalgi rekordlar takrorlanmaydi. 2.Ijtimoiy-siyosiy sohada tub o`zgarishlar. Klassik industrial jamiyat XIX asr o`rtalarida o`z taraqqiyotining cho`qqisiga chiqqanda o`zida bir-biriga qarshi turgan ikki sinf - yollanma ishchilar va kapitalistlarni yaratdi. Ko`p sonli mayda burjuaziya – fermerlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar o`tmishning qoldig`I sifatida yashadi. Jamiyatda mavjud bo`lgan barcha ijtimoiy qatlamlar o`z daromadlarining bir qismini armiya, amaldorlar, boshqaruv, sud, politsiyani saqlash uchun davlatga ajratdi. Mayda ishlab chiqaruvchi fermerlar, kichik tadbirkorlar, savdogarlar, innovatsiya firmalari egalari, kafe, restoran xo`jayinlari yangidan uyg`onish jarayonini boshdan kechiradilar. Kichik va o`rta biznesning yalpi ishlab chiqarishdagi ulushi o`sib boradi. Bir vaqtning o`zida uning ijtimoiy kuchi, siyosiy salmog`i kuchayib boradi. Millatchilik to`lqini o`z chegaralariga ega. Milliy elita hokimiyatni qo`lga olgach, bu hokimiyatni saqlab qolish uchun mamlakat ichida va uning tashqarisida turli millat, xalq, elatlar o`rtasida teng huquqli munosabatlar hamda har tomonlama aloqalarni yo`lga qo`yishni anglab yetadi. Millatchilik va shovinizm kasalliklari o`tib ketadi. Bu muammoga juda ehtiyot bo`lib , sergak qarash ehtiyoj bo`ladi. Kelajak milliy madaniyatlarning gullab yashnashi, alohida mamlakatlar va xalqaro munosabatlar ikki tomonlama aloqalarda millatlarning teng huquqli ittifoqi va hamkorligi bilan belgilanadi. XX asrning so`nggi choragida davlatchilikning chuqur tushkunligi kuzatiladi. Unga teng keladigani postindustrial sivilizatsiyaga o`tish davridan keyin bo`lmagan edi. Nisbatan yumshoq shaklda bu jarayon an`anaviy demokratik boshqaruv tizimiga ega mamlakatlar(AQSH, Angliya, Fransiya, Shvetsiya)da o`tadi. Qattiqroq va tub shaklda tushkunlik va davlatchilikning transformatsiyasi ba`zi rivojlangan mamlakatlar (Italiya)da ayniqsa, postsotsialistik va sobiq SSSR respublikalarida yuz berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |