Ekomanitoring ekspertiza
Ekologik ekspertizaning ilmiy printsiplari
Download 67.03 Kb.
|
Jiyanboyev izzatullo
1.3.Ekologik ekspertizaning ilmiy printsiplari. Ekologik ekspertiza faoliyati va amaliyotining turli soha va yo’nalishlarini ilmiy tadbiq etishning asosiy natijalari sifatida tavsiya qilingan va har tomonlama ilmiy asoslangan ekologik ekspertiza printsiplari konkret ilmiy printsiplari qatoriga kiradi. Bunday printsiplar qatoriga quyidagilar kiradi:
har qanday rivojlantirilayotgan xo’jalik va boshqa faoliyatning extimol tutilayotgan ekologik xavflilik prezumtsiyasi; ekologik ekspertiza xulosalarining ilmiy asoslanishi, ob’ektivligi va qonuniyligi; ekologik ekspertiza ob’ektlari ro’yobga chiqarish to’g’risidagi qaror qabul qilinishiga qadar davlat ekologik eksspertizaning majburiyligi; xo’jalik va boshqa faoliyatning atrof tabiiy muhitga ta’sirini va uning oqibatlarini baholashning komleksligi; ekologik ekspertizani o’tkazishda ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi; ekologik ekspertizaning ehtimol tutilayotgan o’zgarishlarni bashorat qilishning zarurligi; ekologik ekspertizaga taqdim etilayotgan axborotning ishonchligi va to’lqinligi; ekologik ekspertiza ekspertlarining ekologik ekspertiza sohasida o’z vakolatlarini amalga oshirishdagi mustaqilligi; oshkaralik, jamoat tashkilotlari (uyushmalar) ishtiroki, jammoatchilik fikrini hisobga olish; ekologik ekspertiza qatnashchilari va manfaatdor shaxslarning ekologik ekspertizani tashkil etish, o’tkazish, sifati uchun javobgarligi. Har qanday rejalashtirilayotgan xo’jalik va boshqa faoliyatning ehtimol tutilayotgan ekologik havflilik prezumtsiyasi printsipi, ushbu holatning aksi tasdiqlanmaguncha, uni yuridik to’g’ri deb topishni bildiradi. Ekologik ekspertiza xulosalarining ilmiy asoslanishi, ob’ektivligi va qonuniyligi printsipi ekologik ekspertizaning xulosalari asoslangan va ilmiy dalillar bilan ispotlangan bo’lishini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish printsiplariga asoslanishini, eng avvalo, insonning hayoti va salomatligi, odamning sog’lom va yashash uchun qulay atrof muhitga ega bo’lish huquqlarining ustuvorligini ta’minlaydigan ekologik va iqtisodiy manfaatdorlarning ilmiy asoslangan bog’lanmalarini ta’minlash printsiplariga asoslanishini bildiradi. Ekologik ekspertiza xulosalari qat’iy qonunchilik talablariga tayanadi va xulosalarining ob’ektiv bo’lishini ta’minlaydi. Ekologik ob’ektlarini ruyobga chiqarish to’g’risidagi qaror qabul qilinishiga qadar davlat ekologik ekspertizaning majburiyligi printsipi ikki xil ahamiyatga ega: birinchidan, atrof muhitga yoki inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan loyihalar, dasturlar, qurilmalar, qurilmalarini majburiyekspertizadan o’tkazish. Bunda yuqori tashkilotlar faqat davlat ekologik ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasidan keyin keyin ularni ruyobga chiqarishga ruxsat berishi mumkin. Ikkinchidan, ekspertiza xulosasida ko’rsatilgan xudlosalrni bajarishning majburiyligini bildiradi. Xo’jalik va boshqa faoliyatning atrof tabiiy muhitga ta’sirini va uning oqibatlarini baholashning kompleksligi printsipi tabiiy resurslardan ratsional foydalanish, dastlabki tabiiy xom ashyoni chuqur qayta ishlashni, chiqitsiz va kam chiqitli ishlab chiqarishga asoslanishni va shu asosda tabiat muhofazasini ta’minlashni bildiradi. Ekologik ekspertizani o’tkazishda ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi printsipi tabiatdan foydalanishning samaradorligini ta’minlashga, tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarishning eng yaxshi variantlarini tanlashga, ekologik xavfsizlikni ta’minlagan holda xo’jalik vazifalarini optimal yechimini topishga yo’naltirilgan. Ekologik ekspertizaning ehtimol tutilayotgan o’zgarishlarni bashorat (prognoz) qilishning zarurligi printsipi ob’ektlarni ro’yobga chiqarishning tabiat komleksi va uning qismlarida yaqin va uzoq muddatlardagi ekologik oqibatlarini har tomonlama hisobga olishga qaratilgan. Ekolgik ekspertizaga taqdim etilayotgan axborotlarning ishonchliligi va to’lqinligi printsipi ekspertizaning asosli, to’laqonli bo’lishini ta’minlash, tabiat qonunlari, tabiat muhofazasi qonunchiligi talablarini kompleks hisobga olishni axborotlar tizimi orqali ta’minlashni bildiradi. Ekologik ekspertiza ekspertlarining ekologik ekspertiza sohasida o’z vakolatlarini amalga oshirishdagi mustaqilligi printsipi ekolo8gik ekspertiza komissiyalarining o’z faoliyati natijalari bo’yicha mustaqil va erkin xulosa chiqarishlariga imkon imkon berishlariga qaratilgan. Ekspertlar faqat faktlarga, ularni ilmiy asoslash printsiplariga va amaldagi qonunlarga amal qilishi kerak. Ekolgik ekspertiza ayrim muassasa yoki odamlar guruhining manfaatlarini emas, balki atrof muhitni muhofaza qilish printsiplarini himoya qilmog’i lozim. Oshkoralik, jamoat tashkilotlari (uyushmalari) ishtiroki, jamoatchilik fikrini hisobga olish printsipiga binoan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish orgonlari keng xalq ommasini xavfli ob’ektning mavjudligi, ular bo’yicha ekologik ekspertiza tayinganligi to’g’risida oshkoralik, ochiqlik ruhida hammaga ma’lum qilishlari, bildirishlari, eshittirishlari kerak. Bu orgonlar shuningdek aholini ekologik vaziyat to’g’risida o’z vaqtida keng axborot orqali xabardor qilishlari shart. Shuningdek ekologik axborotning oshkoraligi jamoatchilikni ekologik ekspertizani o’tkazishga jalb etish bilan uzviy bog’liqdir. Bunday ishtirok etishning shakllari har xil bo’lishi mumkin: zararli ob’ektning ekologik ekspertizasini o’tkazish bo’yicha fuqoralar va jamoat uyushmalarining takliflarini ko’rib chiqish; jamoatchilikni (aholini) ekologik ekspertiza yakunlari bilan tanishtirish; referendumlar o’tkazish. Ekolgik ekspertiza qatnashchilari va manfaatdor shaxslarning ekologik ekspertizani tashkil etish, o’tkazish, sifati uchun javobgarligi printsipi ularning mas’uliyatini ko’rsatishlarini ta’minlashga qaratilgan. Ekologik ekspertizaning ilmiy tadqiqotlarda asoslab berilgan printsiplari tavsiyaviy xarakterga ega bo’lib, ularning ko’pchiligi muhokama va sinovlardan keyin qonun xujjatlarida o’z aksini topadi. Download 67.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling