Ekomanitoring ekspertiza
Ekologik ekspertiza ob’yektlarining atrof tabiiy muhitga ta’sirining
Download 67.03 Kb.
|
Jiyanboyev izzatullo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
3.2. Ekologik ekspertiza ob’yektlarining atrof tabiiy muhitga ta’sirining
farqlari va ularni baholash. Tabiiy resurslarning ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omili sifatidagi rolining kuchayib borishi ekologik ekspertizada ishlab chiqarishni joylashtirishning «tabiat-ishlab chiqarish» tizimi xarakati va ishlab turishining samaradorligini oshirishdagi rol’ining kuchayib borishini har tomonlama hisobga olishni taqazo etadi. Ishlab chiqarishning joylashishi esa normal atrof tabiiy muhitni shakllantirishning asosiy shart-sharoitga aylanmoqda, ayni paytda tabiatdan foydalanish masalalari ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning muhim omillari qatoriga kiradi. Bu masalalarni va ularga bog’liq holda ekologik ekspertiza ob’ektlarini to’g’ri joylashtirish maqsadlarida tarmoqlar, ishlab chiqarish va texnologiyalarni ularning tabiatga va uning komponentlarier, o’rmon, suv, atmosfera xavosi, xamda odamga nisbatan klassifikatsiyalash zarur. Tarmoqlar va ishlab chiqarishni klassifikatsiyalashda eng avvalo ularning jonli tabiatga va odamga zararli ta’sirini hisobga olish kerak. Qisqacha xulosalar Ekologik ekspertiza amaliyotida faqat ekologik asoslangan xo’jalik qarorlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Xo’jalik faoliyati tashabbuskori ekologik ekspertizaga quyidagi xujjatlarni taqdim etadi: a) amaldagi ko’rsatma xujjatlarga muvofiq bajarilgan ekologik normallashtirish materiallari; b) amaldagi ko’rsatmalarga muvofiq tuzilgan atrof muhitga ta’sirini baholash (AMTB) materiallari. Davlat ekologik ekspertizasi ushbu xujjatlarni ko’rib chiqadi va shunga asoslanib ularning yetarliligi, ob’ektliligi va ta’sirini baholashning chuqurligi, bashoratlarning asoslanganligi va tadbirlarning realligi to’g’risida xulosa chiqaradi. Ekologik ekspertiza ob’ektlarini to’g’ri joylashtirish maqsadlarida tarmoqlar, ishlab chiqarish va texnologiyalarni ularning tabiatga nuqtai nazaridan klassifikatsiyalash amalga oshiriladi. Bu klassifikatsiya ekologik ekspertiza munosabatlarida tabiatdan foydalanishni tartibga solishni nazorat qilishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Ekologik ekspertiza ob’ektlari atrof tabiiy muhitga ta’siri bo’yicha quyidagi uchta kategoriyalarga bo’linadi: 1) yuqori xaavf-xatar; 2) o’rta xavf-xatar; 3) apst xavf-xatar. Bularni hisobga olish ekologik ekspertiza samarasini oshirishga xizmat qiladi. Download 67.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling