Mundarija: Kirish I. bob. Atmosfera xavosi va uni ifloslantiruvchi manbaalar


Download 135.44 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi135.44 Kb.
#1563269
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Atmosfera ifloslanishining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.




Mundarija:
Kirish
I.bob. Atmosfera xavosi va uni ifloslantiruvchi manbaalar.
1.1. Atmosfera xavosining ifloslanishiga transport vositalarining ulushlari.
1.2. Atmosfera xavosining ifloslanish darajasi.
II.bob. Atmosfera xavosi ifloslanishining insonga, o’simliklar va xayvonot olamiga ta`siri.
2.1 Atmosfera xavosi ifloslanishining suvga va iqlimga ta`siri.
2.2. Atmosfera xavosi ifloslanishining iqtisodiy zararlari.
2.3. Atmosfera xavosining tabiiy tozalanishi va uni muxofaza qilishga qaratilgan tadbirlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Ekologiya yunoncha so’z bo’lib "oikos" (oykos) –yashash joyi, maqon va «logos» – fan, so’zidan olingan bo’lib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muxit bilan o’zaro munosabatini o’rganadigan biologik fan xisoblanadi. Eko­logiya muhit omillarining o`simlik va hayvonlar or­ganizmiga ta`si­rini, organizm va populyatsiyaning muhit omilla­riga ko`rsatadigan reak­tsiyalarini, populyatsiyalar soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizm­larni (jarayonlarni), tabiiy gu­ruhlarning biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosi­stemalarning harakatlanish qonuniyatlarini va biosfyerani o`rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar aso­sida mavjud va ri­vojlanadi, u in­son ta`siriga qanday javob byeradi bu­larning bar­chasi ekologiyaning predmetidir.
Inson borki, hayot uchun ko’rashadi, tabiatning barcha in­jiqliklariga moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat in`omla­ri­dan foydalanadi, quradi, bunyod yetadi. Odatda inson biror maqsadni ko`zlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy yoki ko`pincha salbiy ta`sir ko`rsatishi mum­kin.
Kishilar o`zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, bu­ni atrof-muhitning o`simlik va hayvonot dunyosiga qandaydir sal­biy ta`siri bo`ladi, natijada tabiat kambag`allashib boradi. Inson qu­rilish matyeriallari sifatida tabiiy o`rmonlarni kyeragidan or­tiqcha ke­sadi, demak o`simlik dunyosi qisqarib, u o`z navbatida atmosfera havosini mu­saffo bo`lishiga rahna tug`diradi, tuproq yeroziyaga uch­raydi, yer osti suvlari kamaya boradi, ko`chkilar paydo bo`lib, sel nati­jasida jarliklar hosil bo`lishi mumkin. Bu lavha inson­ning tabiatga ko`rsatgan ta`siri­dan bir parcha xolos. Tabiatga nisba­tan ko`r-ko`rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida og`ir asorat qoldirishi mumkin. Bizni o`rab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shunday bir muvozanatga kelganki, uning bir bo`lagiga etkazilgan ozor boshqa bo`laklariga ham salbiy ta`sir ko`rsatmay qolmaydi. Ta­biatga ta`sir etishda ba`zi jiddiy xatolarga yo`l qo`yilishi mumkin ekanli­gini Orol fojiasi misolida yaqqol ko`rsatish mumkin.

Download 135.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling