Mundarija: Kirish I. bob. Atmosfera xavosi va uni ifloslantiruvchi manbaalar


Atmosfera xavosini ifloslanishidan muxofaza qilishga qaratilgan tadbirlar


Download 135.44 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi135.44 Kb.
#1563269
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Atmosfera ifloslanishining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.

2.3Atmosfera xavosini ifloslanishidan muxofaza qilishga qaratilgan tadbirlar.
Agar atmosferada o’z-o’zini tabiiy tozalash jarayoni bo’lmaganda edi, yer kurrasida xavo juda ifloslanib xayot uchun xavf vujudga kelgan bo’lar edi. Tabiiy tozalanish jarayoni shundan iboratki, atmosfera xavosi tarkibini sekin yoqkan yomg’ir (2 mm soatda) 28%, qor 80-90 %, o’simliklar 70 % tozalaydi. Bir pushtali daraxtzorlar -10 % ga ikki polosalilari 65% tozalaydi. Bir gektar o’rmon daraxtlarining barglari orqali atmosfera xavosini, 2 tonna ammiakdan, 80 tonna SO (oltingugurt oksidi) dan tozalaydi. Atmosfera xavosini tozalashda tol daraxti eng yaxshi tozalagich xisoblanadi. Bir gektar tolzor 3-4 ga sosna, el daraxtlarining xususiyatlarini bajaradi. O’simliklar uzidan fitonisit fermentini ajratib chiqaradi, bu ferment o’z navbatida yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblarni yuqotish xususiyatiga ega. Shu sababli o’rmon xavosining 1 m da 100-300 sanoat korxonalari atrofidagi xavo tarkibida 6000-10000 tagacha bakteriyalar, mikroblar mavjud bo’ladi.
Tuproqda yashovchi mikroorganizmlar xam atmosfera xavosini zaxarli chiqindilardan tozalash xususiyatiga ega. 1 gektar maydonda yashovchi shunday mikrorganizmlar 8 tonnagacha uglerod oltingugurt, azot oksidlarini zararsizlantirish qobiliyatiga ega. Ekinlar iflos moddalarni xavodan yuvadi, shamollar ifloslovchi moddalarni uchirib, bir joydan ikkinchi joyga ko’chiradi. Tuprokka yoki suv yuzasiga tushgan iflos moddalar vaqt o’tishi bilan reaksiyaga kiradi. Yangi qoncyerogen moddalarni xosil qiladi yoki neytrallashadi. Lekin sanoat, ayniqsa Yoqilg’i sanoati taraqqiy etgan, transporti rivojlangan, qishloq xo’jaligi mexanizasiyalashgan, ximiyalashgan, axolining ko’p ayib, urbanizasiya jarayoni kuchayotgan bizning asrimizda atmosferaning sun`iy ifloslanishi tabiiy tozalanishga nisbatan ustunlik qilmoqda.
Shu sababli atmosfera o’z-o’zini tabiiy xolda tozalaydi deb xotirjam bo’lish juda katta salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu tufayli atmosferaning sun`iy ifloslinishidan tozalash yo’llarini joriy etish, uni oldini olish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.
Dastlabki ekologik tushunchalar haqida qadimgi yunon olimlari asarlarida ham ma'lumotlar keltirilgan. O`simlik va hayvonlar, inson hayotining atrof-muhit bilan bog`liqligini Ibn Sino, Byeruniy asarlarida, shuningdek, A. Gumbold, J.B. Lomark, K. Rule, Ch. Darvin, E. Gekkel asarlarida yoritilgan. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o’simliklarning tashqi qiyofasi, tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog'liqligi, tabiatni muhofaza qilish haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan O’zbekiston va Markaziy Osiyoda ham Ekologiya va TMQ bo'yicha olib borilgan ishlar o'zining uzoq tarixiga ega. O’rta asrlarda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso Al- Xorazmiy, Abu-nasr Farobiy, A.R.Byeruniy, A.A.Ibn Sino va boshqa allomalarimiz ushbu fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo'shishgan. Muhammad Al-Xorazmiy 847 yilda «Kitob surat al-arz» degan asarlarini yozgan. Unda dunyo okeanlari, quruqlik, qit’alar, qutblar, ekvatorlar, gullar, tog'lar, daryolar va dengizlar, ko'llar, o'rmonlar, shuningdek boshqa tabiiy resurslar yyerning asosiy boyliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan. A.N. Farobiy ham tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug'ullangan bo'lib uning «Kitob al-xajm va al-miqdor» , «Kitob al-mabodi-insonie» insonning boshlanishi haqida kitob va boshqa asarlari bunga dalil bo'la oladi. Farobiy tabiiy va inson qo'li bilan yaratilgan narsalarni ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratiladi, degan xulosaga keladi. Tabiatga inson omilining ta'siri katta ekanligini, tabiiy va sun'iy tanlash hamda tabiatga ko’rsatiladigan boshqa ta'sirlarni atroflicha baholaydi. Abu Rayxon Byeruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan tushuntirishga urinadi. U yerdagi ba'zi hodisalarni quyoshning ta'siri bilan izohlaydi. Uningcha, inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ravishda to’g'ri o'rgana oladi. Byeruniy asarlarida o'simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo'jalikdagi ahamiyati haqida malumotlar topish mumkin. Byeruniyning ilmiy qarashlari asosan; Minyeralogiya, qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar asarida ko’plab uchraydi.
Byeruniyning «Saydana»nomli asarida 1116 tur dori darmonlarni tavsiflagan, ularning 750 tasi turli o’simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi minyerallardan olinadi. Zaxiriddin Muhammad Bobur 1483-1530 ning g'azallari har kimga manzur. U faqat shoirgina bo'lmay, balki podshoh, sarkarda, tarixchi, mashshoq, ovchi, bog'bon, sayyox va tabiatshunos ham bo'lgan. «Boburnoma» Boburning eng yirik asari bo'lib, asarda Boburning ko'rgan kechirganlari, yurgan joylarining iqlim sharoitlari, tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari. hayvonot va o’simlik olami tasvirlangan. Asar muhim atamalar va toponimik manbalarga boy.
Bobur o'z asarlarida xar bir hududni ma'lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o'rni, so'ngra qaysi iqlimga mansubligi, har xil shifobaxsh joylari. o'simliklari, hayvonlari, jumladan o’zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat myerosiga ega ekan.
Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab o`simliklar va hayvonlar ekologiyasi, XX asrning 20-yillarida ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi rivojlandi. 20-30 yillarda O`rta Osiyo Davlat univyersitetida D.N. Kashkarov va E.P. Korovinlarning ekologiya-geografiya maktabi tashkil etilib, o`lkamiz tabiatining ekologik tadqiq qilish boshlandi.
Xulosa
Hozirgi kunda umumiy ekologik xaraktyerga ega bo`lgan va echimini hal qilishini talab yetadigan muammolarga V.V.Vyernadskiyning noosfyera to`g`risidagi barqaror rivojlanish qontseptsiyalari, ekologik muammolarga bag`ishlangan xalqaro shartnomalar va shu kabilar kiradi.
Kelgusi avlod qobiliyatini saqlab qolgan holda inson o`z ehtiyojlarini va talablarini qondira oladigan darajada kuzatiladigan rivojlanishni barqaror rivojlanish deyiladi.
Tashqi muhit va ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishni bir-biridan ajratgan holda alohida qaramaslikni xis etish barqaror rivojlanish qontseptsiyasining asosini tashkil yetadi. Demak, anashu nuqtai nazardan qaralganda sog`lom ijtimoiy – iqtisodiy muhitda sog`lom tashqi muhit mavjud bo`ladi. Birlashgan millatlar tashkilotining (KOONOSR) asosiy hujjatlari bo`lmish «XXI kun tartibi» da barqaror rivojlanishni kelgusida ta`minlaydigan keng ko`lamdagi masalalar ko`zda tutilgan. Ana shunday masalalarga iqlim o`zgarishining oldini olish, cho`llashishga qarshi ko’rashish, ekologik ta`limni kuchaytirish, turli xil ekologik uyushmalar ishlari va shu kabilar kiradi. Ana shunday ekologik muammolarni hal etishda inson faoliyati bilan bog`liq bo`lgan barcha masalalarning muhimliligini nazarda tutmoq zarur. Bu sanoat va qishloq xo`jaligida ishlatiladigan texnologiya, qashshoqlikka qarshi ko’rashish, ehtiyojlar tizimini o`zgartirish doimiy yashaydigan uy joylarni ko`paytirish, har xil toifadagi aholining rolini ko`paytirish va shu kabilar. Ana shularga o`xshash 40 ga yaqin masalalar 4 ta bo`limga birlashtirilgan.
A) Harakat dasturi;
B) Ijtimoiy-iqtisodiy aspektlar;
V) Aholining rolini kuchaytirish;
G) Bajarish vositalari.
Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan yana iqlim o`zgarishining oldini olish, o`rmonlarni asrash, biologik turli-tumanlikni muhofaza qilish bo`yicha ham qontseptsiyalar qabul qilindi.
Birlashgan millatlar tashkiloti barqaror rivojlanishni e`lon qilib barcha davlatlardan shu qontseptsiyalar asosida o`zlarining milliy barqaror rivojlanish kotseptsiyalarini qabul qilishini so`ragan va hozirgi kunda ko`pchilik davlatlar, shu jumladan bizning respublikamizda ham shunday qontseptsiyalar qabul qilingan.
Barqaror rivojlanish qontseptsiyasini akademik M.M.Maiseev tan olmaydi. Uning aytishi bo`yicha hozirgi kunda va bundan keyingi yaqin yillarda ham barqaror rivojlanish to`g`risida gap bo`lishi mumkin emas. Chunki, deydi u, barqaror rivojlanishga qarab ishlash hozirgi ekologik holatni oddiylashtiradi, insonlarning ekologik muammolarining naqadar murakkab ekanligini sezmaslikka, ularni echish yo`llarini topishda qiyinchiliklarga to`g`ri kelishlari mumkinligini ta`kidlaydi.



Download 135.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling