Ekomanitoring ekspertiza


Ekologik ekspertizaning barcha yo’nalishlari uchun xos bo’lgan umumiy xususiyatlari


Download 67.03 Kb.
bet11/13
Sana13.02.2023
Hajmi67.03 Kb.
#1195244
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Jiyanboyev izzatullo

4.2. Ekologik ekspertizaning barcha yo’nalishlari uchun xos bo’lgan umumiy xususiyatlari. Dunyoning ko’pchilik rivojlangan mamlakatlari ekologik ekspertizani tabiiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, geotexnik va tabiiy-texnik tizimlar bo’yicha va tabiiy-xo’jalik regionlari bo’yicha amalga oshirish amaliyotini keng qo’llamoqdalar.
Loyihalardagi atrof tabiiy muhitga ta’sirning xususiyatlari, ularni aniqlash, taxlil qilish, baholash va xisobga olish nuqtai nazaridan ekologik ekspertiza o’tkazishning quyidagi asosiy kompleks yo’nalishlarini belgilash mumkin:

  1. texnologik (texnika) ekologik ekspertizasi.

  2. korxona ekologik ekspertizasi.

  3. shaharsozlik ekologik ekspertizasi.

  4. tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni o’zgartirish loyihalarining ekologik ekspertizasi.

Turli xomashyo va materiallarga ishlov berish usullari majmuasi texnologiya tushunchasining ma’nosini anglatadi. Aynan ushbu texnologiya xususiyatlari korxonalarning mahalliy tabiiy sharoit va resurslar, iqtisodiy sharoit katta mamlakatning sharoiti bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Shu sababdan ekologik ob’ektlarning turli texnologik usullarini hisobga olmasdan to’laqonli ekologik ekspertizani o’tkazib bo’lmaydi. Korxonalarning ishlab chiqarish texnologik strukturasi ularning ishlab chiqarish miqyoslarini (ishlab chiqarishning takrorlanishi va seriyaligi xususiyatlarini), ishlab chiqarish-texnologik sikllarning to’liqligini (bir yoki bir necha ishlab chiqarish bosqichlarining mavjudligi), ixtisoslashtirishning xarakterini (turli buyumlarni ishlab chiqaruvchi universal kombinatlar, ixtisoslashgan zavodlar va ularning stadiyalari, detal-uzelli, va boshqa tiplari) belgilab beradi.
4.3.Texnologik (texnika) ekologik ekspertizasi. Texnologik ekologik ekspertiza texnologiya va texnikaning ekologik mos (to’g’ri) kelishini va resurs iste’moli sig’imini (hajmini) aniqlash, shuninngdek texnologiyaning kam chiqitli yoki chiqitsizligini amalda bo’lgan normativlar va mavjud eng yaxshi namunalar bilan taqqoslab, zarur ekologik ekspertiza xulosalari va yechimlariga kelishni bildiradi. Masalan, suvsiz qog’oz ishlab chiqarish texnologiyasi ana’anaviy texnologiyadan afzaldir; energiya olishni atrof tabiiy muhitga eng oz miqdordagi ta’sir ko’rsatib amalga oshirish (issiqlikni havoga kam chiqarish asosida), energiyani «iflos» texnologiya orqali olishdan ancha afzaldir. Turli tuman mashinalar va jixozlar, priborlar, nazorat vositalari va tizimlari amaldagi tabiat muhofazasi normalari va qoidalariga, ekologik havfsizlik talablariga zid kelmasligi shart. Masalan og’ir va temir zanjirli g’ildirakka ega traktorlar tuproq qatlamlarini zichlab tashlaydi va tuproqning o’z o’zini tiklashishi xususiyatlariga zararli ta’sir ko’rsatadi. Atrof muhitga ko’plab zararli gazlarni chiqaradigan transport vositalari motorlari ham ekologik talabga javob bermaydi. Texnologik va texnik ekologik ekspertiza nazorati ekologik havfsizlik talablariga javob bermaydigan texnika va texnologiyani ro’yobga chiqarishga yo’l qo’ymaslikning asosiy vositasi bo’lishi kerak.
Davlat ekologik ekspertizasi ob’yektlari orasida loyihalashtirilayotgan va atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar alohida o’rinni egallaydi. Korxona tushunchasi hududiy yahlit, ihcham yoki g’uj joylashgan, ma’lum mahsulotni (xizmat turini) ishlab chiqarish va sotish, pullash bilan shug’ullanadigan, o’z mahsulotini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda nisbatan iqtisodiy mustaqilligi, texnologik tugallanganligi bilan xarakterlanadigan ekologik ekspertiza ob’ektidir.
Korxonalarning ko’pchiligi o’z ish maydonlari va maydonchalari bilan shaharlar va ularning aglomeratsiyalari, qo’rg’onlari, qishloqlar tabiiy landshaftga qo’shilib ketadi va tabiatga turli darajada salbiy ta’sir ko’rsatib turadi. Korxonalar miqyoslari, katta-kichikligi, ixtisoslashishi, iqtisodiy-geografik o’rni va atrof tabiiy muhit bilan aloqalari xususiyati, tabiatning u yoki boshqa komponentlariga ta’siri va uning intensivligi, oqava va chiqindilarning zaharliligi va zararligi va boshqa ko’plab ko’rsatkichlar bo’yicha bir-birlaridan farq qiladi. O’zbekistonda xalq xo’jaligining xar xil tarmoqlari tarkibiga kiradigan ko’p sonli korxonalar mavjud. Korxonalarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining xususiyati, belgilangan vazifasi, texnologiya va xom ashyoning xarakteri bo’yicha va xizmat turi o’xshash bo’lgan majmuasi tarmoqlarini tashkil etadi. Tarmoqlar ham korxonalar kabi mahsuloti, tabiatga ta’siri bo’yicha g’oyat xilma-xildir (3-jadvalga qarang). Shu sababdan korxonalar loyihalarining tarmoq, hududiy xususiyatlarining ekologik xavfsizlilik darajasini kompleks xisobga olish zarur.


Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling