Ekonomayzer Tezlatish nasosi avtomobilni ba’zibir harakatlanish sharoitlari
Download 160.87 Kb.
|
o\'zbekistonda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi 4 ta mavzusi
1. Gaz – turbinali qurilmalar.
2. Issiqlik p = const da uzatiladigan GTQ. 3. Issiqlik v=const da uzatiladigan GTQ. 4. GTQ sikllarini taqqoslash. 10.1. Gaz – turbinali qurilmalarYuqori bosim va temperatura ostidagi yonish mahsulotlari energiyasini kuraklar yordamida rotor valining mexanik energiyasiga aylantiruvchi issiqlik mashinasi gaz turbinasi deyiladi. Gaz turbinalari ham bug‘ turbinalariday bo‘lib, faqat ularda bug‘ o‘rniga yonish mahsuloti – tutun asosiy ish jismi hisoblanadi. GTQ gaz – turbinasi-dvigatel va yordamchi qurilmalardan iborat. Dvigatel tarkibiga turbina, yonish kamerasi, kompressorlar, yoqilg‘i nasosi, bak, elektr generatori, regenerativ issiqlik almashtirgichlar kiradi. Yordamchi qurilmalar jumlasiga GTQ ning qaya1si maqsadda ishlatilishiga qarab quyidagilarni kiritish mumkin: gaz yo‘llari, quvurlar, ishga tushirish qurilmalari, moylash tizimlari, suv ta’minlash qurilmalari va boshqalar. GTQ dagi turbina, elektr generatori, havo kompressori va yoqilg‘i nasosi yagona umumiy valda joylashtiriladi. Oxirgi 20 – 30 yil mobaynida GTQ xususan transport va energetikada keng qo‘llanila boshlandi. Energetikada qo‘llaniladigan GTQlari elektr energiyasi yetishmasdan qolganda, energetik tizimda buzilishlar bo‘lganda iste’molchilarni elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ishlatiladi. Bunday GTQ larning quvvati 1–100 MVt oralig‘ida bo‘lib, yil mobaynida 1500 soatdan ortiq ishlatilmaydi. Dengiz kemalaridagi GTQ asosiy energiya manbai hisoblanadi va ularning quvvati 30 kVt dan 10 MVt gacha bo‘ladi. Neftni haydashda, gaz magistrali quvurlarida, turli xil kompressorlarni ishlatishda GTQ lari asosiy mexanik energiya manbai hisoblanadi. GTQ aviatsiya transportidagi turboreaktiv, turbovintli reaktiv samolyotlarning asosiy va forsaj (frantsuzcha forcer - jadallashtirmoq) dvigatellarida ham keng tadbiq etilgan. Hozirgi zamon GTQ ning deyarli hammasi yonish mahsulotlari turbinaning oqim qismi orqali o‘tadigan sxema bo‘yicha ishlaydi. Shu sababli gaz turbinalarida ishlatiladigan yoqilg‘i tarkibida zararli aralashmalar miqdori juda kam bo‘lishi kerak. Bunday yoqilg‘ilar jumlasiga tabiiy gaz, yaxshi tozalangan sun’iy gazlar (domna gazi, koks gazi, generator gazi) gaz turbinalarida ishlatiladigan maxsus suyuq yoqilg‘i (dizel, motor yoqilg‘isi, solyar moyi) kiradi. GTQ lar ish moddasini yoqish uslubiga ko‘ra v – const, p – const va aralash bosqichli bo‘ladi. Download 160.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling