Ekonomayzer Tezlatish nasosi avtomobilni ba’zibir harakatlanish sharoitlari


Download 160.87 Kb.
bet3/8
Sana01.04.2023
Hajmi160.87 Kb.
#1318494
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
o\'zbekistonda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi 4 ta mavzusi

2006-yil fevral oyi.
Yangi avtomobil markasi DAMAS-2 avtomobili ishlab chiqarildi.
2007-yil may oyi.
O‘zbekiston boshqaruv tizimi GM DAT bilan strategik sheriklik to‘g‘risida hamkorlik imzolandi, kelajakda NEXIA va MATIZ avtomobillarining ishlab chiqarish lokalizatsiya qilish va O‘zDEU yangi rusumlarini ishlab chiqarishga kelishildi.
2008-yil mart oyi.
Yangi GM-O’ZBEKISTON qo‘shma qorxonasi tashkil topdi va Shevrolet markasi ostida CAPTIVA, YEPICA, TACUMA avtobillari ishlab chiqarila boshlandi.

Avtomobil transporti va atrof-muhit muhofazasi
Reja.
1. Yuk va taralar to‘g‘risida ma’lumot.
2. Avtotransport korxonalarining yuk tashish hajmi va yuk oboroti.
3. Yuk oqimlari.
4. Avtomobillarda passajirlar va yuk tashish tasnifi.
5. Tashishni tashkil etish tamoyillari.
6. Yuklarni tashish bilan birgalikda amalga oshiriladigan operatsiyalar.

1. Yuk va taralar to‘g‘risida ma’lumot.
Yuk tashishni tashkil etish deyilganda yuklarni belgilangan joyga o‘z vaqtida va urintirmagan xolda minimal pul va moddiy harajat bilan yetkazib berish bilan bog‘liq transport operatsiyalari tizimi tushuniladi.
Avtomobil transportida yuk tashish va uni rejalashtirish asoslari quyidagilardan iborat:
- xalq xujaligi rejasi asosida joriy (yil, chorak, oy) va operativ (kun, smena) yuk tashish rejalari tuzish;
- mijozlar (yuk igalari) va avtomobil transporti korxonasi o‘rtasida shartnomalar tuzish;
- transport vositasining joylardagi ishini tashkil etish va uni boshqarish;
- bajariladigan ishlarni nazorat qilish, xisoblab borish va taxlil etish.
Yuk tashish obektlariga kon qazish va ishlov berish sanoatlari, qurilish, savdo va boshqa tashkilotlarning maxsulotlari hamda uy ruzg‘or buyumlari kiradi. Egasiga yetkazib berish maqsadida qabul qilinib, tashlayotgan predmetlar yuk deb ataladi. Yuklar ayni buyum (tovar) va taralardan iborat bo‘lishi mumkin. Tashilgan barcha yuklar tonnada ifodalanuvchi og‘irlik o‘lchamida bo‘lishi shart. Boshqa o‘lchamlar (litr, dona, ko‘b metr) tonnaga o‘tkaziladi. Aksariyat yuklar tarasiz tashiladi va ularni tarasiz tashish deyiladi.
Yuk (tovar)ning sof og‘irligi netto, yukning tara bilan og‘irligi brutto, taraning o‘z og‘irligi tara deb ataladi.
Turlariga kura; sanoat, qishloq xo‘jalik, savdo va kommunal xo‘jalik yuklari bo‘lishi mumkin.
Ortish-tushirish ishlariga ko‘ra yuklar: donali, uyub tashiluvchi va quyuluvchi yuklarga bo‘linadi.
Og‘irligiga ko‘ra yuklar meyoriy og‘irlikdagi va og‘ir massali yuklarga bo‘linadi. Tarali va donali yuklarning joiz meyoriy og‘irligi-250kg, dumalatiladigan yuklar uchun-400kg ko‘rsatilgan miqdordan og‘ir yuo‘lgan yuklar og‘ir massali yuklar qatoriga kiritiladi. Agar yuk og‘irligi 4-5 tonnadan ortiq bo‘lsa, uni tashish uchun maxsus transport vositasi talab qilinadi.
O‘lchamlarga ko‘ra yuklar: gabaritdagi, ya’ni avtomobilning standart kuzovida tashilishi mumkin bo‘lgan yuklar va nogabarit yuklarga bo‘linadi. Nogabarit yuklarga balandligi 2,5 m, eni 2,0 m va o‘zinligi 3,5 m (o‘zin o‘lchovli yuklardan tashqari)da ortiq o‘lchamli yuklar kiradi. O‘zin o‘lchamli yuklarga o‘zinligi kuzov o‘zinligiga qushimcha uning uchdan bir qismi va undan ham o‘zin yuklar kiradi.
Nogabarit yuklar faqatgina davlat avtomobil nazorati (DAN) ruxsatiga binoan va qizil chiroq (belgi) o‘rnatilgan xolda tashilishi mumkin.
Tashishdagi xavfsizlik darajasiga ko‘ra yuklar MDX davlatlarida 7 guruxga bo‘linadi:
1-gurux – xavfliligi kam (qum, shag‘al, tuproq, g‘isht va h.k.);
2-gurux – tez alangalanuvchi yuklar (benzin, atseton, kinoplyonka va h.k.);
3-gurux – issiq va chang chiqaruvchi (sement, asfalt, oxak va h.k.);
4-gurux – kuydiruvchi (kislota va ishqorlar);
5-gurux – balonda tashiluvchi siqilgan va suyultiruvchi gazlar;
6-gurux – nogabarit (o‘lchamiga ko‘ra xavfli yuklar);
7-gurux – portlavchi, zaxarli va radioktiv moddalar.
Ortish va tushirish, tashish va saqlash operatsiyalarida yuklar bo‘zilishining oldini olish uchun taralardan foydalaniladi. Taralar mustaxkam, ko‘p marotaba foydalanishga muljallangan va iloji boricha, arzon materiallardan yasalgan bo‘lishi zarur.
Tara individual va umumiy bo‘lishi mumkin. Individual qilib yasalgan taralar bir turdagi buyumlarnigina tashishda ishlatiladi, umumiy taralar transportda juda kam ishlatiladi.
Taralar quyidagicha ajratiladi:
- qattiqlik darajasiga ko‘ra: a) ma’lum shaklli qattiq (yashik, bochka va h.k.); b) yumshoq (qoplar), o‘z shaklini yuk tuldirilgandan so‘ng oladi; v) o‘rtacha qattiqlikdagi;
- materialiga ko‘ra: yog‘ochdan yasalgan; shishali, sopol (kiramika), qog‘oz-kartonli, tuqima korzina.
Yashik, qoplar (matoli, qog‘oz qop), bitumlashtirilgan yoki bitumlashtirilmagan, polietelen (mineral o‘g‘itlar uchun), metal va yog‘ochli bochka va boshqa taralar ko‘proq ishlatiladi.
Odatda, tashish, ortish va tushirish operatsiyalarida yuklarning butligini saqlash maqsadida taralar markirovkalanadi. Markirovkalash 4 xil bo‘ladi:
tovar markirovkasi – ishlab chiqaruvchi zavod nomi, yuk turi va uning og‘irligi ko‘rsatiladi;
yuk markirovkasi – junatilish va qabul qilinish joyi (punkti), yuk jo‘natuvchi va qabul etuvchilar ko‘rsatiladi;
transport markirovkasi –to‘ldirilgan tovar hujjati nomeri (tartibi) va joylar soni ko‘rsatiladi;
maxsus markirovka – yukning ayrim xususiyatlari ko‘rsatiladi: “surilmasin”, “ustki qismi”, “ixtiyot bo‘ling-sinadi” yoki fujer rasmi, “nurdan saqlaning” va h.k.
Markirovkada ko‘rsatilgan talablarni bajarish tashuvchilar, ortish va tushirish operatsiyasini bajaruvchilar, omborlarda saqlovchilar va boshqa shaxslar uchun majburiydir.
Taralar konteyner va tagliklar ko‘rinishida bo‘ladi.
Konteyner – bu ko‘p marotaba ishlatuvchi tara bo‘lib, ular transport vositalaridagi orti-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga imkon beradi.
Har qanday avtotransport korxonasining yuk tashish hajmi – bu tashishga mo‘ljallangan yoki ma’lum davr ichida tashilgan, tonnalarda o‘lchanuvchi yuk miqdoridir.
Avtotransport korxonasining yuk oboroti deyilganda ma’lum davr ichida tashilgan yuk miqdorining tashish masofasiga ko‘paytmasi tushiniladi va u tonna – km da o‘lchanadi.
Yuk tashish hajmi va yuk oboroti bajarilish vaqtiga ko‘ra bir sutkali, bir oyli, bir chorakli, yarim yilli va bir yilli bo‘lishi mumkin.
Bir yilli yuk tashish hajmi va yuk oboroti odatda notekis bo‘lib, unga ba’zi yuklar tashilishining mavsumiyligi, oylar bo‘yicha kalendar va ish kunlari soni, yo‘l-iqlim sharoitlari va boshqalar ta’sir etadi.
Bir yilli yuk oboroti (tashish hajmi) notekislikning O‘zbekiston sharoitida oxirgi yillardagi choraklar bo‘yicha bo‘linishi quyidagicha: I chorak-23....23,5 %, II-chorak 24....24,5 %, III-26....27 % va IV-25….25,5 % ni tashkil qilayotir.
Yuk oborotining notekislik darajasi notekislik koeffitsiyenti bilan xarakterlanib, u maksimal yuk oborotining o‘rtacha yuk oboroti qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni
Rmax
η = -------
Po‘rt
Yuk tashish hajmi va yuk oboroti quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- tashiluvchi yuk tarkibi yoki nomenklaturasi (don, paxta, qand lavlagi, qurilish materiallari, mashina va jihozlar, neft mahsulotlari va boshqalar);
- yuk miqdoriga ko‘ra: katta miqdordagi, ya’ni tashish yo‘nalishida ko‘p miqdorda bir xil turdagi yuklar; to‘p-to‘p (partion), ya’ni bir xil turdagi yuklar miqdori nisbatan kam bo‘lgan, yuk oboroti, yuk jo‘natuvchilar (qabul etuvchilar) o‘zgaruvchan; mayda partiyali yoki yig‘ib tashiluvchilar va qabul etuvchilar o‘zgaruvchan. Mayda partiyali yuklarga misol qilib savdo va ovqatlanish korxonalari yuklarini, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari (kimyoviy tozalash, kir yuvish punktlari va h.k.) yuklarini tashishni ko‘rsatish mumkin;
- tashish vaqtini o‘zlashtirish bo‘yicha: doimiy, ya’ni yil oylari ichida o‘zgarmas; vaqtinchalik – ma’lum davrda tashilgandan so‘ng, tashilishi qaytarilmaydigan yuklar; mavsumiy – yilning ma’lum faslida, qisqa vaqt ichida ko‘p miqdordagi yuklarni tashish (don tashish, paxta xom ashyosi, qand lavlagi, kartoshka, sabzavot, ho‘l meva va shu kabilar. Ular yig‘im-terim va tayyorlov vaqtlaridagina tashiladi).
Xulosa qilib aytganda, yuk tashish hajmi va yuk oboroti xizmat etiluvchi ishlab chiqarish obektlari, ularning quvvati va aholining yuk tashishga bo‘lgan talabini o‘rganish orqali aniqlanadi.

Download 160.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling