10.2. Issiqlik p = const da uzatiladigan GTQ.
10.1–rasmda issiqlik p = const da uzatiladigan GTQ ning soddalashtirilgan sxemasi ko‘rsatilgan. Havo kompressori 4 atmosfera havosini so‘rib oladi, uni siqadi va forsunka 7 orqali yonish kamerasi 1 ga haydaydi. Kameraga forsunka 6 orqali nasos 5 yordamida suyuq yoki gaz yoqilg‘i ham beriladi. Kompressorda siqilgan havo qizib, uning tumperaturasi yoqilg‘ining yonish temperaturasidan katta bo‘ladi. Siqilgan yuqori temperaturali va bosimli havoga yoqilg‘i purkalganda kuchli kimyoviy reaktsiya sodir bo‘ladi, ya’ni u yonadi. Bunda yonish o‘zgarmas bosim ostida ro‘y beradi. Yonish mahsulotlari kameradan soplo 2 ga kelib, atmosfera bosimigacha kengayadi. Soplodan chiqqan yonish mahsulotlari gaz turbinasi 2 ning kuraklarida ish bajaradi, so‘ng atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Yonish kamerasida yuqori kaloriyali yoqilg‘i yonganda temperatura 2000 0S ga qadar ko‘tariladi. GTQ tayyorlanadigan hozirgi zamon issiqbardosh po‘lat va qotishmalar 700 – 900 0S ga chidaydi. Shuning uchun kameradagi temperaturani 2000 0S dan 700 – 900 0S gacha pasaytirish uchun unga ko‘p miqdorda sovuq havo yuboriladi. Odatda ortiqcha havo koeffitsienti aviatsion qurilmalar uchun =4 –5 ni, statsionar qurilmalar uchun esa =6-10 ni tashkil etadi. Birlamchi havo mash’ala o‘zagiga, ikkilamchi havo yonish kamerasi devorlari tomon uzatiladi va yonish kamerasining oxirida yonish mahsulotlari bilan aralashadi. 10.2– va 10.3–rasmlarda issiqlik p=const da uzatiladigan GTQ ning Pv va Ts -diagrammalaridagi ideal sikli tasvirlangan. Bu sikl ikkita adiabata va ikkita izotermadan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |