Ekonometrika fanidan tayorlagan mustaqil ishi


Download 25.46 Kb.
bet1/4
Sana16.01.2023
Hajmi25.46 Kb.
#1094989
  1   2   3   4
Bog'liq
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR TA`LIM YO’NALISHI 3-BOSQICH KKM 219 –GURUH TALABASI
____________________________________________

EKONOMETRIKA
FANIDAN TAYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

Topshirdi: _________________________ ___________


Qabul qildi: _________________________ ___________
KO’P OMILLI EKONOMETRIK MODELLARNI TUZISHDA
OMILLARNI TANLASH MUAMMOSI


REJA:

  1. Ko’p omilli ekonometrik modellarni tuzish uslubiyoti.

  2. Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo’yiladigan talablar.


1. Ko’p omilli ekonometrik modellarni tuzish uslubiyoti
Ko’plik korrelyatsiyasi tasodifiy ko’rsatkichlar guruhi o’rtasidagi bog’lanishlarni o’rganadi. Iqtisodiy tahlilda ko’plik korrelyatsiya usulini qo’llanilishi hisoblash texnikasi yaratilganidan so’ng kengaydi va qisqa muddatda katta yutuqlarga erishildi, ham iqtisodiy, ham matematika fanlarini rivojlanishiga o’z ulushini qo’shdi.
Ko’plik (ko’p omilli) korrelyatsiya usuli murakkab jarayonlarni tahlil qilishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul murakkab jarayonlarda ro’y berayotgan alohida hodisalarni modellashtirish va bashorat qilish imkonini beradi.
Ko’p omilli korrelyatsiya usulidan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1. Kuzatishlar asosida to’plangan katta miqdordagi dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlash asosida bir argumentning o’zgarishida funktsiya qiymatini o’zgarishini qolgan argumentlar qiymati belgilangan sharoitda aniqlanadi.
2. Qiziqtirayotgan bog’lanishga boshqa omillarni ta’sirini (o’zgartirish) darajasi aniqlanadi.
Natijaviy belgilarning o'zgarishi umuman olganda bir necha omillar ta'siri ostida yuzaga keladi. Masalan, chorva mollari mah­suldorligi darajasining o'zgarishini olib qaraylik. Bu o'zga­rish­ga mollar zoti, oziqlantirish darajasi, boqish sharoiti, xodim­larni moddiy rag'batlantirish darajasi kabi ko'p omillar ta'sir qi­la­di. Yoki ikkinchi misol. ekinlar hosildorligi darajasining o'zga­rishini olaylik. Bu ham urug' sifati, o'g'itlash darajasi, erni hay­dash sifati, sug'orish rejimi, xodimlarni rag'batlantirish kabi ko'p omillar ta'siri ostida paydo bo'ladi. Natijaviy belgining o'zgarishiga ikki va undan ortiq bo'lgan asosiy (muhim) omil belgilarining ta'sirini aniqlash uchun ko'p omilli korrellyatsiya qo'llaniladi.
Korrelyatsion bog'lanishning xususiyati regressiya tenglamasida bir necha muhim va mohiyatli omillar ishtirok etishini taqozo qiladi. Shuning uchun regressiya tenglamasiga kiritiladigan mohiyatli omillarni tanlash katta ahamiyatga egadir. Ko'p omilli regressiya tenglamasida o'zaro kuchli chiziqli korrelyatsion bog'langan omillar bir vaqtda ishtirok etmasligi kerak. Chunki ular regressiya tenglamasida bir-birini ma'lum darajada takrorlab, natijada regressiya va korrelyatsiya ko'rsatkichlarining buzilishiga sababchi bo'ladi. Demak, tanlangan omillar ichida o'zaro kuchli chiziqli korrelyatsion bog'lanishda bo'lgan omillardan ba'zilarini regressiya tenglamasiga kiritmaydi. Buning uchun chiziqli juft korrelyatsiya koeffitsientlarining matritsasi tuziladi.
Korrelyatsiya tahlili usullarini qo’llayotgan izlanuvchilar oldida turadigan asosiy muammolar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- funktsiya ko’rinishini (turini) aniqlash;
- omillar-argumentlarni ajratish;
- jarayonlarni to’g’ri baholash uchun zarur bo’lgan kuzatishlar sonini aniqlash.
Funktsiyaning ko’rinishini tanlashning qandaydir aniq ishlab chiqilgan uslubiy ko’rsatmalari bo’lamasa ham, har bir izlanuvchi bu muammoni turlicha hal qiladi.
Matematika fani berilgan qiymatning har qanday sohasi uchun cheklanmagan miqdorda funktsiyalarni keltirishi mumkinligini hisobga olib, ko’p izlanuvchilar funktsiya ko’rinishini tanlash inson imkoniyatlari chegarasidan tashqarida deb hisoblashadi. Shuning uchun funktsiya ko’rinishini sof empirik asosda tanlash zarur va keyinchalik uni o’rganilayotgan jarayonga to’g’ri kelishi (adekvatligi) tekshiriladi va qabul qilish yoki qilmaslik haqida qaror qabul qilinadi.
Omillar o’rtasida bog’lanish shaklini tanlashning uchta usuli mavjud:
– empirik usul;
– oldingi tadqiqotlar tajribasi usuli;
– mantiqiy tahlil usuli.

Download 25.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling