25. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog‘liqliklar turlarini о‘rganish.
Jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional va korrelyasion shaklda namoyon bo’ladi. Natijaning o’zgarishiga omillar ta’sirlarining yig’indisi to’liq mos kelishligini ifodalovchi bog’liqlik funksional bog’liqlik deb yuritiladi, agar mos kelmasa u korrelyasion bog’liqlik bo’lib hisoblanad
Funksional bog’liqlik har bir alohida sodir bo’lgan hodisa va jarayonda namoyon bo’ladi, korrelyasion bog’liqlik esa har bir sodir bo’lgan hodisada emas, balki u kuzatilayotgan ko’p sonli hodisaning o’rtacha ko’rsatkichida namoyon bo’ladi. Shuning uchun iqtisodiy jarayonlarni o’zaro bog’liqligini o’rganishda ko’p sonli hodisa va jarayonlarni qamrab olgan statistik to’plamdan foydalanib, korrelyasion tahlil usulini qo’llab tahlilni amalga oshirish kerak.
Korrelyasion tahlil usulining mohiyati shundan iboratki, natijaviy ko’rsatkich bilan omilli ko’rsatkichlar orasidagi miqdoriy bog’liqlikni aniqlashdan iborat. Korrelyasion bog’liqlik bir omilli va ko’p omilli turlarga bo’linadi.
26. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalari.
Ommoviy tasodifiy hodisalar bо’ysunadigan qonuniyatlarni о’rganish, kuzatishlar natijalari – statistik kо’rsatkichlarni о’rganishga asoslangan. Matematik statistikaning birinchi masalasi: – statistik kо’rsatkichlarni yig’ish va gruppalash metodlarini kо’rsatish. Matematik statistikaning ikkinchi masalasi: – tadqiqotning maqsadiga bog’liq ravishda statistik kо’rsatkichlarni analiz qiluvchi usullarni ishlab chiqish. Shunday qilib matematik statistikaning asosiy masalasi: – statistik kо’rsatkichlarini yig’ish va ularni ilmiy va amaliy xulosalar qilish uchun ishlab chiqishdir.
Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchasi bo`lgan tasodifiy hodisaning ehtimoli tushunchasini keltiramiz. Hodisaning ehtimoli ma`nosini anglash uchun bitta sodda misol keltiramiz. Bitta yashikda 10 dona bir xil shar bo`lib, ularning ikkitasi qizil rangli, 8 tasi esa ko`k rangli bo`lsin. Yashikdagi bu sharlarni yaxshilab aralashtirib, so`ng bu yashikdan qaramasdan tavakkaliga shar olish tajribasini o`tkazaylik. Ravshanki, yashikdan olingan sharning ko`k rangli bo`lish imkoniyati qizil rangli bo`lishi imkoniyatiga qaraganda ko`proq bo`ladi. Odatda imkoniyatlarni sonlar bilan xarakterlab, ular solishtiriladi. Natijada ko`p imkoniyatli, kam imkoniyatli umuman, ma`lum miqdordagi imkoniyatli kabi hodisalarning sonli o`lchovlari to`g`risida gapirish mumkin bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |