Ekonometrikaga kirish. Ekonometrika asoslarining predmeti–bu iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning o„zaro bog„liqligini miqdoriy ifodalanishni o„rganish hisoblanadi. Iqtisodchilar “Ekonometrika”
Download 0.85 Mb.
|
Ekonometrikaga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- EKONOMETRIKADA EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK STATISTIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI
- Tanlanmaning statistik taqsimoti
2. EKONOMETRIK MODELLARNING AXBOROT
TA‟MINOTI Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma‟lumotlarga qo„yiladigan talablar Korrelyatsion va regression tahlilni qo„llash vaqtida, omillarni tanlab olish va ulardan modellarda foydalanish hamda baholashdagi asosiy qoidalar quyidagilardan iborat: 1. Omillarni o„rganish bilan qamrab olinadigan ro„yxat chegaralangan, omillar esa nazariy asoslangan bo„lishi lozim. 2. Modelga kiritilgan barcha omillar miqdor o„zgarishlarga ega bo„lishi kerak. 3. Tadqiq qilinayotgan to„plam sifatli bir jinsli bo„lishi lozim. 4. Omillar o„zaro funksional bog„lanmasliklari shart. 5. Kelajakda omillar o„zaro ta‟sirini ekstrapolyatsiya qilish uchun modellardan foydalanilayotgan vaqtda xarakter jiddiy o„zgarmasligi, statistik mustahkam va barqaror bo„lishi lozim. 6. Regression tahlilda har bir omilning qiymatiga bir xil regressiyali natijaviy o„zgaruvchi taqsimoti normal yoki yaqin darajada mos kelish lozim. ) (x) (y 7. O„rganilayotgan omillar tadqiq etilgan, natijaviy ko„rsatkichli, mantiqan davriy bo„lishi lozim. EKONOMETRIKADA EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK STATISTIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI Asosiy statistik ko„rsatkichlar 2 guruhga bo„linadi: o„rtacha darajasini o„lchaydigan va dispersiyani o„lchaydigan. O„rtacha darajali ko„rsatkichlar obyektlar tanlanmasini o„rtacha xarakteristikasini ma‟lum bir belgisi bo„yicha beradi: O„rtacha qiymat; Standart hatosi; Standart chetlanish; Ekstsess; Assimetriya; Interval; Minimum; Maksimum; Schet; Mediana; Moda; Kvantil; Ishonchlik intervali. Tanlanma to„plam, yoki oddiy kilib, tanlanma deb tasodifiy ravishda tanlab olingan obyektlar to„plamiga aytiladi. Bosh to„plam deb tanlanma ajratilgan obyektlar to„plamiga aytiladi. Masalan, 1000 ta detaldan tekshirish uchun 100 ta detal olingan bo„lsa, u holda bosh to„plam hajmiga N=1000, tanlanma hajmi esa n=100. Bosh to„plam ko„pincha chekli sondagi elementlarni o„z ichiga oladi. Ammo bu son ancha katta bo„lsa, u holda hisoblashlarni soddalashtirish yoki nazariy xulosalarni ixchamlash maqsadini ko„zda tutib, ba‟zan bosh to„plam cheksiz ko„p sondagi obyektlardan iborat deb faraz qilinadi. Bunday yo„l qo„yish shu bilan oqlanadaki bosh to„plam hajmini orttirish tanlanma ma‟lumotlarini ishlab chiqish natijalariga amalda ta‟sir etmaydi. Diskret (uzlukli) tasodifiy miqdor deb, ayrim, ajralgan qiymatlarni ma‟lum ehtimollar bilan qabul qiluvchi miqdorga aytiladi. Diskret tasodifiy miqdorning mumkin bo„lgan qiymatlari soni chekli yoki cheksiz bo„lishi mumkin. 20 ta talabalar ichida o„g„il bolalar soni 0,1,2,.........20 qiymatlarni qabul qilish mumkin bo„lgan tasodifiy miqdordir. Uzluksiz tasodifiy miqdor deb chekli yoki cheksiz oraliqdagi barcha qiymatlarini qabul qilishi mumkin bo„lgan miqdorga aytiladi. Tanlanmaning statistik taqsimoti deb variantalar va ularga mos chastotalar yoki nisbiy chastotalar ro„yxatiga aytiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling