Тенгламалар тизими кўринишидаги эконометрик модель (тушунчалари, турлари, идентификациялаш муаммолари).
Bir vaqtli tarkibiy tenglamalar tizimi qoidaga ko‘ra chiziqli munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Nochiziqli munosabatlar odatda chiziqli tenglamalar bilan approksimatsiya qilinadi. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model bevosita o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘liqliklar tarkibini ifodalaydi va ekonometrik modelning tarkibiy shakli deb ataladi. o‘zgaruvchilarga nisbatan tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model – keltirilgan model yoki modelning redutsirlangan shakli deb ataladi. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model turlari:1. Bog‘liq bo‘lmagan tenglamalar tizimida har bir bog‘liq o‘zgaruvchi , bog‘liq bo‘lmagan bir xil to‘plam o‘zgaruvchilarning funksiyasi sifatida beriladi:2. Rekursiv tenglamalar tizimi, bunda bog‘liq o‘zgaruvchilar , bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarning va oldindan aniqlangan bog‘liq o‘zgaruvchilarning funksiyasi sifatida qaraladi:3. O‘zaro bog‘liq tenglamalar tizimi, bunda har bir bog‘liqo‘zgaruvchilar va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarning funksiyasi sifatida keltiriladi
7. Эконометрик моделлаштириш босқичлари (спецификациялаш, идентификация қилиш, верификация қилиш, прогноз қилиш). Ekonometrik modellashtirishning bosqichlari
Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari turli sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyotda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Iqtisodiymatematik modellashtirish bitta tsiklining bosqchlari ketmaketligi va mazmunini tahlil qilaylik. Iqtisodiy muammoning qo’yilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish. Bu bosqich modellashtiriladigan bektning eng muhim xususiyatlari va xossalarini ajratib, ularni ikkinchi darajalilaridan abstraktsiyalashni; ob’ektning tuzilmasi va uning elementlarini boѓlovchi asosiy boѓlanishlarni o’rganishni; ob’ektning holati va rivojlanishini tushuntiruvchi (hech bo’lmaganda dastlabki) gipotezalarni shakllantirishni o’z ichiga oladi. 1Modelni matematik tahlil qilish. Bu bosqichning maqsadi modelning umumiy
xossalarini aniqlashdan iborat. 2. Matematik modelni qurish. Bu bosqich iqtisodiy muammoni
formallashtirish, uni tayinli matematik boѓlanishlar va munosabatlar
(funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar va h.k.) ko’rinishida ifodalash bosqichidir.3.Sonli echish. Bu bosqich masalani sonli echish uchun algoritmlarni ishlab chiqish, EHMlarda dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar o’tkazishni o’z ichiga oladi. 4.Sonli natijalar tahlili va ularning tatbiqi. Tsiklning bu yakunlovchi bosqichida modellashtirish natijalarining to’ѓriligi va to’laligi, ularning amalda qo’llanish darajasi haqida muammo ko’tariladi. 5.Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash. Modellashtirish axborot tizimiga qat’iy talablar qo’yadi. Shu bilanbirga axborot olishning haqiqiy imkoniyatlari amalda qo’llash uchun mo’ljallangan modellarning tanlanishini chegaralab qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |