Yalpi taklif va yalpi talab kesishgan nuqta narx darajasining muvozanatlashganligini, milliy ishlab chiqarishning real hajmining muvozanatlashganini bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab beradi. J.M.Keyns uni samarali talab nuqtasi deb atadi. Samarali talab bu – bandlik darajasini ifodalovchi yalpi to’lovga qodir talab. - Yalpi taklif va yalpi talab kesishgan nuqta narx darajasining muvozanatlashganligini, milliy ishlab chiqarishning real hajmining muvozanatlashganini bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab beradi. J.M.Keyns uni samarali talab nuqtasi deb atadi. Samarali talab bu – bandlik darajasini ifodalovchi yalpi to’lovga qodir talab.
- Samarali talab nazariyasining asosiy qoidalari:
- aholining ish bilan bandlik darajasi samarali talabga bog‘liq, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi;
- a) iste’molga bo‘lgan talabni;
- b) investitsiyaga bo‘lgan talabni;
- XX asrning 30-yillari ko‘pchilik mamlakatlarda yalpi talabning (iste’mol talabi ham, investitsiya talabi ham) samarali bo‘lmaganligi asoslab beriladi:
- a) iste’molga bo‘lgan talabning yetarli darajada samarali bo‘lmasligiga asosiy sabab, ish haqi oshganda kishilar iste’molining oshib borishi pul daromadining o‘sish sur’atidan doimo orqada qoladi, bu holat «asosiy psixologik qonun»ning amal qilishi bilan bog‘lab tushuntiriladi, bu qonunga ko‘ra, inson daromadlari oshib borganda oldingiga qaraganda daromadlarning ko‘proq qismi jamg‘arib boriladi;
- b) Investitsiyaga bo‘lgan talab ikkita sababga ko‘ra samarali bo‘lmagan:
- -o‘sha «asosiy psixologik qonun»ning amal qilishi tufayli iste’molchining sarflagan investitsiyasiga foyda ololmay qolishdan qo‘rqishi;
- - kredit uchun yuqori ssuda foizining amal qilishi;
- J.Keyns yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun davlat va hukumatning quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini taklif qiladi:
- - davlat uncha yuqori bo‘lmagan iste’mol talabini davlat xarajatlarini va iste’molini ko‘paytirish orqali kompensatsiyalashi kerak;
- - hukumat ssuda foizini ilmiy asosda tartiblash yo‘li bilan xususiy investitsiyani rag‘batlantirish siyosatini yurgizishi kerak;
- - bozordagi vaziyatga qarab, ayrim hollarda, aholi jamg‘armasining haddan tashqari ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, aholidan olinadigan soliqlarni ko‘paytirish zarur; shu maqsadda vaqti-vaqti bilan ish haqi darajasini muzlatib qo‘yish o‘rinli hisoblanadi;
- - makroiqtisodiy darajada qaror qabul qilishda «multiplikator»dan foydalanish zarur.
- Multiplikator investitsiya o‘sishi bilan daromad (milliy daromad) o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi, multiplikatsiyaning «ishlash» holati quyidagi sxema ko‘rinishida bo‘ladi:
- Investitsiya xarajatlari Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishning kengayishi Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish sohasida bandlikning oshishi Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish sohasida ish haqining o‘sishi (birlamchi daromad)
- Iste’mol tovarlari realizatsiyasining ko‘payishi Iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish sohasida bandlikning oshishi Iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish sohasida ish haqining o‘sishi (ikkilamchi daromad)
- Noishlab chiqarish sohasida xizmatlar realizatsiyasining ko‘payishi Noishlab chiqarish sohasida bandlikning oshishi Noishlab chiqarish sohasida ish haqining o‘sishi (uchlamchi daromad).
Do'stlaringiz bilan baham: |