Ekosistema doc
Download 59.77 Kb. Pdf ko'rish
|
ekosistema
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- Ekosistema
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO’JALIK VAZIRLIGI SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTI O’SIMLIKShUNOSLIK KAFEDRASI EKOLOGIYA FANIDAN REFERAT Mavzu: EKOSISTEMA
Bajardi: 206 – guruh talabasi Quvondiqov M. Tekshirdi: Rahimov A.
SAMARQAND – 2015 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
Ekosistema Yashash sharoiti o’xshash va o’zaro munosabati natijasida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga ekologik sistema deyiladi. Ekosistema – jonli va jonsiz komponentlari modda va energiya almashinuvi tufayli o’zaro bog’langan tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit atmosfera, tuproq, suv havzalari va boshqalar hosil qilgan yagona tabiiy kompleks; birgalikda yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui. Ekosistema tushunchasi turli murakkablikdagi va o’lchamdagi tabiiy obyektlarga qo’llaniladi. Masalan, okean va uncha katta bo’lmagan ko’l, tayga yoki qayinzorlar alohida olingan ekosistemalardir. Ekosistema atamasini birinchi marotaba 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan taklif qilingan. Ekotizim deganda biz modda va energiya almashinuvi yordamida bir-biri bilan bog’langan tirik organizmlar va muhitning anorgannk faktorlari kompleksining yig’indisini tushunamiz. Yaylov, cho’l, tog’, suv, ko’l, tayga, tundra va boshqa ekotizimga misol bo’la oladi. Ekosistema ata masi mazmun jihatidan 1942 yilda akade mik V.N.Sukachev taklif qilgan «biogeosenoz» (bios – hayot, geo - yer, senoz-jamoa) atamasiga juda yaqin turadi. Biroq biogeosenoz atamasi ekotizimga nisbatan torroq ma’noni anglatadi. Biogeosenoz atamasi faqat yer yuzidagi tirik organizmlar kompleksi bilan bog’liq. Ekotizim esa yer yuzida ham, boshqa sayyoralarda ham tirik organizmlar bilan anorganik muhit o’rtasidagi bog’lanishni anglatadi. Shu bois har qanday biogeosenoz ekosistema bo’lishi mumkin. Lekin xar qanday ekosistema biogeosenoz bo’la olmaydi. Masalan, oyga uchirilgan kosmik kema va uning ekipaji (odam, hayvon, o’simlik) kichik bir ekotizim deb qaralishi mumkin, lekin u biogeosenoz bo’la olmaydi. Chunki bu yerda “geo” - yer yo’q. Biogeosenoz deganda (yoki ekosistema) o’zaro ichki qarama-qarshiliklar birligi asosida doimo harakatda va rivojlanishda bo’lgan, o’ziga xos modda va energiya almashinuvi hamda tabiatning boshqa hodisalari bilan yer yuzining muayyan qismida bir xil tabiiy hodisalarning bir-birlari bilan o’ziga xos tarzda ta’sir etuvchi birikmalar yig’indisi tushiniladi. V.N. Sukachevning ta’rfiga ko’ra, yer sirtini ma’lum bir yuzasidagi bir xil tabiiy elementlar uyushmasi. Biogeosenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog’ jinslari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Uning organik dunyosi (o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar, mikroorganizmlar) biosenoz deb atalib, muhit esa ekotop deyiladi. Ekotop o’z navbatida klimatop (atmosfera) va edofatop (tuproq) degan tarkibiy qismlardan iborat. Ekotizim o’z -o’zini boshqaruvchi mustaqil tizim sifatida ikkita tarkibiy qismdan: PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
1. O’zida barcha abiotik omillarni mujassamlantirgan - ekotopdan; 2. Barcha tirik organizmlar kompleksi - biosenozdan tashkil topgan.
Iqlim Edafs-tuproq Orografik Kimyo Produsent Konsumet Redusent Ekosistemada moddalar aylanishini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda kerak bo’ladigan anorganik moddalar zaxirasi va bajarayotgan ish yuzasidan 3 xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo’lishi zarur. Birinchi guruhga yashil o’simliklar kiradi. Ular quruqlikdagi har qanday biosenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qilib produsentlar deb ataladi. Yoki, produsentlar – Fotosintez va xemosintezni amalga oshiradigan organizmlar bo’lib, noorganik moddalardan organik moddalarni hosil qiladi. Keng ma’noda barcha avtotrof organizmlar. Ikkinchi guruhga hayvonlar kirib, ular o’simliklar tomonidan to’plangan organik moddani iste’mol qiluvchilar bo’lib hisoblanadi va konsumentlar deyiladi. Yoki, konsumentlar – Oziq – ovqat zanjirida organik moddalarni iste’mol qiluvchilari hisoblangan barcha geterotrof organizmlar. Masalan, o’txo’r hayvonlar, yirtqichlar. Zamburug’lar biosenozda turlicha rol o’ynaydi. Ular orasida o’simlik va hayvonlarda tekinxo’r holda yashovchi va ko’pchiligi organik moddalarni mineral moddalarga almashtiruvchilar bo’lib redusentlar deyiladi. Yoki, redusentlar - Hayoti davomida organik moddalarning qoldiqlarini noorganik moddalarga aylantirib boradigan organizmlar, asosan bakteriyalar, zambrug’lar. Tajriba. I. Bankadagi bir tomchi ko’lmak suvidan preparat tayyorlang va uni mikroskopning kichik (8) obyektivi ostida ko’ring. Bu holatda suv tomchisi ekotip (yashash joyi), tirik organizmlar guruhi biosenoz bo’lib hisoblanadi. Ekotop va biosenoz birligi ekotizimni yuzaga keltiradi. Kuzatayotgan suvingizda qaysi tur asosiy hal qiluvchi (ko’pchilik) tur ekanini aniqlang. U dominant tur bo’lib hisoblanadi. Qolgan turlar sotelit (bo’ysunuvchi) tur deb yuritiladi. Biosenozdagi organizmlarni oziqlanishi (trofik) munosabatiga ko’ra produsentlar (mahsulot ishlab chiqaruvchi) va konsumentlarga (iste’molchi) ajrating. Download 59.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling