Ekosistema doc
Download 59.77 Kb. Pdf ko'rish
|
ekosistema
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy va sun’iy ekosistemalar
II.Jadval va xaritalardan foydalanib suv va quruqlik ekosistemalarining hayotiy formalari bilan tanishib chiqing. A) Oqar suv havzalari. B) Yopiq suv havzalari. V) Tundra, tayga, ninabargli, keng bargli o’rmonlar, cho’l, sahro zonalari haqida tushuncha. G) Agroekotizimlar haqida tushuncha.
Ekosistemalar tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy ekosistemalarga o’rmonlar, o’tloqlar, tundra mintaqasi, dasht, cho’l, tog’ mintaqalari, ko’l, dengiz va okean suvlari ekosistemalari misol bo’la oladi. Sun’iy ekosistemalar inson faoliyati natijasida paydo bo’ladi. Ularga agrosistemalar, shahar ekosistemalari va kosmik ekosistemalar kiradi. Sun’iy ekosistemalardan eng muhimi agrosistema hisoblanadi. Ular inson tomonidan yaratiladigan biogeosenozlardir. Avtotroflardan yuqori sof mahsulot olish maqsadida yaratilgan su’niy (antropogen) sistema - qishloq xo’jalik sistemasi - agrosenozlar yoki agroekosistemalar deb ataladi. Agrosenozlar tabiiy biosenozlar (ekosistemalar)dan struktura va funksiya jihatidan ham farq qiladilar. Agrosistemalarga dalalar, yaylovlar, o’riladigan o’tloqlar, sun’iy o’rmonzorlar, xiyobonlar, bog’lar kiradi, agroekosistemalar tabiiy ekosistemalardan farq qilib u: -Agrosenozlarda ekosistemaga nisbatan turlar soni keskin kamaytirilgan bo’ladi. Dalada ekiladigan o’simlik turlari juda kam, natijada u yerlarda yashaydigan hayvonlar va mikroorganizmlarning turi ham kam bo’ladi. Inson tomonidan xonakilashtirilgan va o’rgatiladigan hayvonlarning turlari va zotlari ham tabiatga bir necha baravar kam bo’ladi. -Inson tomonidan sun’iy tanlash natijasida yaratilgan o’simlik navlari va hayvon zotlari odam yordamiga muhtojlar va ekosistemadagi tabiat turlari bilan raqobat qila olmaydilar. -Agroekosistemalar quyosh energiyasidan tashqari inson faoliyatidan tashkil topgan qo’shimcha energiya oqimini qabul qiladilar va birlamchi sof mahsuldorligi 10 marotaba tabiiy sistemadagi qardosh turlarga nisbatan yuqori bo’ladi. Zararkunandalar va parazit hayvonlar iste’mol qilgan qismini hisobga olmasa mahsuldorlikning hammasi inson ehtiyojiga sarf qilinadi va ekosistemadagi oziq - ovqat zanjiriga qo’shilmaydi. Agrosenozlar sodda sistema bo’lishlariga qaramasdan ularga biosenotik munosabat (aloqalar) saqlanib qolgan va ular ko’pincha sistemaning mahsuldorligiga kuchli ta’sir qiladilar. Agroekosistemada elementlar davriy PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com aylanishiga inson aralashadi, chunki bu elementlar hosil bilan birga yig’ib olinadi, ularning o’rnini to’ldirish uchun tuproqqa mineral o’g’itlar solinadi. Sun’iy yaratiladigan agroekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim turdan tashkil topgan (masalan paxtadan) maxsus agroekosistemalar vaqtincha iqtisodiy foyda keltirishi mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi paxtaning monokulturasi tuproqning buzulishiga va sterilizasiyalanishiga, zararkunandalarning ko’payib ketishiga va
natijada ekosistemaning buzilishiga olib keladi. Almashlab ekishni qo’llash, ekologik jamoaga qo’shimcha tarkibiy qismlarni masalan, entomofag (hashoratxo’rlarni), changlatuvchi asalarilarni ko’paytirish ekologik sistemani barqarorlashtirishga yordam beradi. Cho’llar, o’tloqlar, dashtlar kabi yaylov sifatida foydalanadigan tabiiy ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish uchun serhosil o’tlar ekish o’g’itlash, tuproqni sun’iy sug’orish usullaridan foydalanish mumkin. Agrosenozlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish uchun ekinlarga ishlov berishning yangi texnologiyasidan foydalanish, yangi navlar va duragay o’simliklarni yaratishda gen injeneriyasi va biotexnologiya usullaridan keng foydalanish lozim.
www.pdffactory.com Download 59.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling