Ekotizimlar (ekosistema) haqida ma’lumot Shubhasiz, siz hech qachon eshitmagansiz ekotizimlar


Download 63.5 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1133663
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekotizimlar (ekosistema) haqida ma’lumot

Ekotizimlarda energiya va modda


Ekotizim ekologlari odatda ekotizimlar boʻylab energiya va moddalar harakatini kuzatishga qiziqishadi.
Keyinchalik oziq toʻri – bir organizmlarning bir-biri bilan bilan oziqlanish tarmoqlarini hamda biogeokimyoviy sikl – kimyoviy elementlarning biosfera boʻylab harakatlanish yoʻnalishlarini oʻrganish davomida biz energiya va moddalar harakatini yaqindan koʻrib chiqamiz. Ekotizimda yashayotgan organizmlar tabiiy tanlanish natijasida paydo boʻlgan moslanish xususiyatiga ega boʻlib, bu narsa ularga muayyan bir ekotizimda energiya va moddani oʻzlashtirishga yordam beradi.
Mavzuni yanada batafsil oʻrganishdan oldin energiya va moddaning ekotizim boʻylab asosiy harakatlanish xususiyatlarini koʻrib chiqamiz. Energiya ham, modda ham ekotizimda saqlanadi, ular na yangidan hosil boʻladi, na butunlay yoʻq qilinadi, lekin ekotizim boʻylab boshqa-boshqa yoʻnalishlarda harakatlanadi:

  • Moddalar davriy aylanadi; bir xil atomlar qayta va qayta ishlanadi.

  • Energiya oqimi ekotizim boʻylab yorugʻlik energiyasi sifatida kirib, issiqlik energiyasi sifatida chiqadi.

Moddaning davriy aylanishi


Modda Yer ekotizimlari boʻylab davriy aylanar ekan, u bir ekotizimdan ikkinchisiga oʻtishi mumkin, masalan, ozuqaviy moddalarni daryo yuvib ketsa11start superscript, 1, end superscript. Bir atomdan qayta va qayta foydalaniladi. Atomlar turli kimyoviy shakllarga birlashadi va turli organizmlarning tana tuzilishini tashkil qiladi.
Kimyoviy ozuqa moddalarining quruqlik ekotizimi boʻylab qanday harakatlanishini misol sifatida koʻrib chiqamiz. Quruqlikda oʻsuvchi oʻsimlik karbonat angidridni atmosferadan va boshqa ozuqa moddalarni, masalan, azot va fosforni yerdan olib, oʻzi uchun hujayralarni tashkil etuvchi moddalarni hosil qiladi. Hayvon oʻsimlik bilan oziqlanganda esa hayvon organizmi oʻsimlik molekulalarini energiya hosil qilish va hayvon hujayralari uchun quruvchi material sifatida ishlatadi, bu jarayonda atomlar va molekulalar odatda qayta guruhlanib, yangi shakllarga oʻtadi.
Oʻsimlik va hayvonlar hujayrali nafas olishni amalga oshirganda, molekulalar parchalanib, energiya sifatida atmosferaga karbonat angidrid ajralib chiqadi. Xuddi shu kabi ular oʻzlaridan chiqindi ajratishsa yoki halok boʻlishsa, ulardagi kimyoviy birikmalarni bakteriya va zamburugʻlar energiya hamda quruvchi material sifatida ishlatadi. Bunday redutsentlar tuproq va atmosferaga oddiy molekulalarni ajratib chiqaradi, bu molekulalar esa yana keyingi davriy aylanishda ishtirok etadi.
Manba: J. A. Nilsson surati asosida taqdim etildi22squared
Davriy aylanish tufayli hozir tanamizni tashkil etuvchi atomlar uzoq va noyob tarixga ega. Ehtimol ular oʻsimliklar, hayvonlar, boshqa odamlar va hattoki dinozavrlarning bir qismi boʻlgandir!33cubed

Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling