Ekotsid. Milliy qonunchiligimizda va xalqaro huquqda


Download 25.18 Kb.
bet2/2
Sana13.11.2023
Hajmi25.18 Kb.
#1769450
1   2
Bog'liq
Xalqaro jinoyat - EKOTSID

Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish; 193 – modda.

  • Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish; 196 – modda.

  • Yer va yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularnimu hofaza qilish talablarini buzish; 197 – modda.

  • Hayvonot yoki o’simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish; 202–modda.

    Yangi qabul qilingan Jinoyat Kodeksi loyihasi ham amaldagi qonunchilik loyihasi bilan deyarli bir xil. Faqatgina qo’shimcha sifatida 267 – modda kiritilgan. Ushbu moddada Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo’lish keltirib o’tilgan. Mening shaxsiy fikrimga ko’ra ushbu moddaning kiritilishiga oxirgi vaqtlarda ochiqlik prnsipi asosida faoliyat yuritib kelayotgan Ommaviy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab bo’lgan hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat sabab bo’lgan. Albatta bu normada ham fuqarolarga hayvonlarga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lish majburiyati yuklatilganligini ko’rishimiz mumkin.
    Xulosa. Ushbu mavzu yuzasidan xulosa qilishdan oldin quyidagi ma’lumotni keltirib o’tishni lozim deb topdim. Yaqinda internet sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotga ko’ra “dunyo okeanlaridagi suv sathining global harorati bugungi kunda selsiy bo’yicha 21.1o darajaga yetdi. Bu esa bugunki kungacha bo’lgan eng yuqori harorat ekanligi takidlab o’tilgan. Olimlarning aytishicha ushbu holat ektremal ob - havo sharoiti xavfini oshirishi mumkin. Shuningdek okeanlarda kuchli to’fonlar shakllanadi. Suv yuzasidagi yuqori harorat oqibatida muz qatlamlari kuniga 600 metr hajmini yo’qotishi prognoz qilinmoqda. Muzliklarning erishi kelajakda suv sathining keskin ko’tarilishiga olib keladi. Oqibatda dunyoning ko’plab mamlakatlari suv ostida qolish ehtimoli yuqori. Yillar davomida issiqlik asta sekin dunyo okeanlari yuzasiga chuqurroq kirib boradi. Yuqori haroratning 90 % dan ortig’i o’rmonlarni kesish va qazib olingan yoqilg’ilarni yoqish natijasida atmosferaga chiqayotgan issiqxona gazlari va chiqindilari natijasidir. Eng yomoni esa okean haroratining ko’tarilishi suv osti olami uchun halokatdir. Yuqori harorat marjon qoyalar va jonivorlarni nobud qilishi mumkin. Shu bilan birga ayrim tadqiqotchi olimlar 2030 – yilga borib Arktika erib ketishi va bu jarayonni to’xtatishni imkoni yo’qligini aytishgan. Nemis olimlari esa Arktikadagi abadiy muzliklarning erishi atrof muhitga turli zaharli moddalar tarqalishiga olib kelayotgani haqida habar berishgan”. Ushbu ma’lumot holat ham bugungi kunda xalqaro huquqning birlamchi va ikkilamchi subyektlari tomonidan sodir etilayotgan hatti harakatlar natijasidir. Xalqaro huquq va milliy qonunchilikda javobgarlik masalalari keng va tor tushunchalardir. Yuqorida keltirilgan misolimiz haqida gapiradiga bo’lsak albatta Xalqaro hamjamiyat atrofmuhitning xavfsizligiga befarq bo’lmasligi kerakligini tushunamiz. Menig fikrimcha Ekotsid jinoyati uchun javobgarlik masalasini qancha og’irlashtirmaylik, agarda uning oldini olish uchun barcha davlatlar birgalikda harakat qilmas ekan dunyo katta xavf ostida qoladi. Buning oqibatida kelib chiqqan zarar esa barcha davlatlargayetishi mumkin. Mening o’ylashimcha ushbu jinoyatning sodir etilishi natijasida yetkazilgan zarar jinoyatchi tomonidan reparatsiya to’lash yo’li bilan halqilingan taqdird ham tabiatni oldingi holatga keltirishning imkoni bo’lmaydi. Milliy qonunchilikka nisbatan xalqaro huquqda atrof muhitni asrashga doir chora tadbirlar ko’proq ishlab chiqilishi va bu jinoyatni sodir etilmasidan avval oldini olishga harakat qilishimiz kerak. Ilm fan va texnalogiyalarning rivojlanib borish biz insonlar xohlaymizni yo’qmi kelajakdagi hayotimizda atrof muhitga zarar yetkazishi ortib boraveradi. Yer insonning yagona yashaydigan maskandir, uni kelajak avlodga yaxshi holda yetkazish har birimizning burchimizdir.
    Ushbu tahliliy maqolani tayyorlashda darslik va internet ma’lumotlaridan foydalanilgan


    1 https://library-tsul.uz/xalqaro-jinoyat-huquqi-umarxanova-d-sh-x-r-ochilov-2019-2/

    2https://earthrefuge.org/international-criminal-court-ecocide/

    Download 25.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling