Ekotsid. Milliy qonunchiligimizda va xalqaro huquqda


Download 25.18 Kb.
bet1/2
Sana13.11.2023
Hajmi25.18 Kb.
#1769450
  1   2
Bog'liq
Xalqaro jinoyat - EKOTSID


Ekotsid. Milliy qonunchiligimizda va xalqaro huquqda.
Mazkur tahliliy materialimizda Ekotsid jinoyati, uning oldini olish va ushbu jinoyatni xalqaro hamda milliy qonunchilik asosida o’rganish va ushbu jinoyat uchun javobgarlik masalalari haqida so’z boradi. Oxirgi qismida esa shaxsiy fiklarimizni xulosa sifatida keltirib o’tamiz.
Ekotsid – bu genotsidning bir turi. Ekotsid – o’simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini ommaviy qirg’in qilish, atmosfera havosi yoki suvni zaharlash, shuningdek ekologik falokatga sabab bo’luvchi boshqa jinoiy harakatlardir. Ekotsid insoniyat yashash Makoni sifatidagi atrof tabiiy muhitga, muayyan o’simlik yoki hayvonot dunyosiga hamda boshqa tabiiy obyektlarning mavjud bo’lishiga tahdid soluvchi jinoyatdir.
Insoniyat xavfsizligi va tinchligiga qarshi jinoyatlar Kodeksi loyihalarida ekotsid – qasddan, oldindan o’ylab va atrof – muhitga jiddiy zarar yetkazuvchi jinoyat deb ta’riflanadi, bunda atrof – muhitga, tabiatga uzoq vaqt va jiddiyzara yetkazishga qasd qilinganligi tushuniladi. Ekotsid jinoyatining insoniyatga qarshi jinoyat sifatidagi yuridik ta’rifi qurolli mojarolarni olib borish qoidalarini tartibga soluvchi hujjatlarda o’z aksini topgan. Keyinchalik mazkur jinoyat ham nafaqat harbiy jinoyatlar turkumiga, balki insoniyatga qarshi jinoyatlar qatoriga ham kiritildi.
Insoniya o’z hayotini yaxshilab, uni qulay va farovon qilish uchun to’xtovsiz tarzda harakat qilib kelgan. Buning natijasida bugungi kundagi madaniy jamiyat barpo etilgan. Biroq uning zararli natijalari ham mavjud bo’lib, hozirgi kunga kelib ular o’zini namoyon etmoqda. Jumladan insonlar faoliyati tufayli havonot va o’simlik dunyosi yo’q bo’lib ketmoqda, kimyoviy moddalarning keng qo’llanilishi oqibatida ommaviy xastaliklar va ozon qatlamining yemirilishi kabi muammolar yuzaga kelmoqda. Inson faoliyati oqibatida kelib chiqqan tabiat ofatlari sanoqsiz. Bugungi kunda sanoat va fan – texnika rivojlanishi natijasida global miqyosdagi tabiat muammolari tobora ko’payib bormoqda. Shuning uchun xalqaro tabiat huquqi atrof – muhitga zarar keltirishning oldini olish maqsadida “muammolarni oldini olish majburiyati” tamoyiliga asoslangan holda o’zgarib bormoqda.
Ekotsid jinoyati insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanadi. Ekotsid jinoyatiga xalqaro huquq nuqati nazardan qaraydigan bo’lsak yuqorida aytib o’tganimizdek, bugungi kunda ushbu jinoyatning sodir etilishi va uning natijasida kelib chiqadigan oqibat muayyan bir davlat yoki xalqni emas butun insoniyatning jabr ko’rishi sabab bo’lishi mumkin. Hozirda Ekotsid jinoyatini oldini olish maqsadida ko’plab davlatlar chora tadbirlar ko’rmoqda.
Atrof – muhitni xalqaro muhofaza qilish xalqaro huquqning bir qismini tashkil etadi. Xalqaro huquqda atrof – muhitni himoya qilish deganda tabiatni xalqaro huquqiy normativlar asosida tegishli xalqaro organlar tomonidan muhofaza etilishi tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilishga doir dastlabki xalqaro shartnomalar XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida vujudga kelgan. Dastlab bu shartnomalar hayvonot dunyosining ayrim turlarini himoya qilish va ovlashni tartibga solish uchun qabul qilingan. Bunga misol qilib 1987 – yilgi dengiz mushuklarini muhofaza qilish to’g’risidagi bitimni keltirishimiz mumkin. Atrof tabiiy muhitni xalqaro huquq vositalari bilan muhofaza qilish jarayonini rivojlanitirishda xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlarining qarorlari muhim ahamiyatga ega. Insonni qurshab turgan muhit muammolari bo’yicha BMT da 1972 – yilda o’tkazilgan Stokgol’m, 1992 – yilgi Rio de Janeyro Konferensiyalari, 2002 – yilda Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahrida o’tkazilgan “Yer sammit” larida atrof tabiiy muhit to’g’risidagi deklaratsiyalar qabul qilinib,ularda atrof tabiiy muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilishning asosiy qoidalari va prinsiplari ko’rsatib o’tilgan.1
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan biri bo’lgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish prinsipi asta sekin shakllanib bormoqda. Unga binoan davlatlar atrof muhitni himoya qilish va uni kelajak avlodga farovon holatda yetkazishda hamkorlikda harakat qilib kelmoqda. Milliy huquqga qaraganda Xalqaro huquqda Ekotsid jinoyatini sodir etganlik uchun javobgarlik masalasi kengroq tushuncha hisoblanadi. Xalqaro ekologik javobgarlik – xalqaro huquq subyektlarining atrof muhitga yetkazadigan zararini oldini olish yoki yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan kelib chiqadigan xalqaro – huquqiy meyorlar va ularga monand ravishda huquqiy munosabatlarning iqtisodiy – huquqiy kompleksi. Xalqaro huquq subyektlarining xalqaro huquqbuzarlik sodir etishi, xalqaro huquqiy javobgarlikning yuzaga kelish asosi bo’lib xizmat qiladi. Bunda davlatlar o’zining xalqaro huquq meyorini buzgan va zarar hamda ziyon yetkazgan hatti harakatini oqlashlik uchun milliy qonungahavola qilishga haqqi yo’q. Ekotsid jinoyati uchun javobgarlikka nafaqat davlatlar balki xalqaro tashkilotlar ham tortilishi mumkin. Xalqaro huquq subyektlarining xalqaro huquqiy javobgarligi haqidagi me’yorlar BMT ustavida, dengiz huquqi bo’yicha BMT konvensiyasi va boshqa hujjarlarda o’z aksini topgan. Hozirgi kunda atrof muhit himoyasiga bag’ishlangan 200 dan ortiq ikki tomonlama va ko’p tomonlama bitimlar va kelishuvlar mavjud. Bu shartnoma va kelishuvlarning aksariyatida davlatlarga atrof muhit, tabiiy obyektlarni himoya qilish majburiyati yuklatilgan. E’kotsid jinoyatini sodir etishda atrof tabiiy – muhit, suv havzalari, o’rmonlarga jiddiy zarar yetkaziladi. Buning natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan xalqaro huquq subyektlarining moddiy javobgarligiga sabab bo’ladi. Bunda davlatlar yetkazilgan zararni reparatsiya tariqasida to’lab beradilar. Misol tariqasida 2006 – 2007 yillarda xalqaro sud tomonidan ko’rib chiqilgan Urugvay va Argentina o’rtasida sodir etilgan Ekotsid jinoyatini ko’rib chiqamiz. Ushbu vaziyatga Urugvay tomonidan Argentini bilan chegaradosh neytral hududdagi 30 ming gektardan oshiq bo’lgan o’rmonlarning kesilishi sabab bo’lgan. Buning natijasida hududlarning biologik xilma – xilligi, o’simlik va hayvonot dunyosi obyektlariga juda katta miqdorda zarar yetkaziladi. Ushbu jinoyat uchun Xalqaro sud Urugvay hukumatini javobgar deb topib Argentina foydasiga ishni hal qiladi. Unga ko’ra Urugvay Argentinaga 10 mln dollar miqdorida tovon puli to’lashi hamda o’rmonlarning Argentina chegaralariga yaqin qismidagi 10 ming gektar yerda o’rmonlarni qayta tiklash ishlarni amalga oshirishi kerakligi belgilangan. Ushbu kaseni ham Xalqaro huquqda Ekotsid jiniyatini sodir etganlik uchun javobgarlik masalasiga misol qilishimiz mumkin. Ushbu kaseda ham Ekotsid jinoyati uchun moddiy javobgarlik belgilanganligini ko’rishimiz mumkin.
Ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olish uchun kurash uzoq va mashaqqatli jarayon bo’lgan. Ekotsidni ICC yurisdiksiyasiga kiritish bo’yicha harakatlar dastlab 1972 – yilgi Stokgolm deklaratsiyasida, hamda 1998 – Rim satatutida bo’lgan. 1970 – yilda urush va milliy ma’suliyat bo’yicha konferensiyada nutq so’zlagan professor Artur V.Galston “ekotsidni taqiqlash bo’yicha yangi xalqaro shartnoma” bolishi kerakligini taklif qildi. 1972 – yilda BMT inson muhiti bo’yicha konferensiyasida Shvetsiya Bosh vaziri Olof Palme Vetnam urushini “ekotsid” deb tariflagan. 1985 – yilda ekotsid tushunchasi Genotsid to’g’risidagi konvensiyaga ekotsidni kiritish muvafaqqiyatsizlik bilan tugashi natijasida yana qayta paydo bo’lgan. Bundan tashqari BMT ning Xalqaro huquq komissiyasi “ekologik jinoyat”ni xalqaro jinoyat qatoriga kiritmaslikka qaror qilgan. 2016 – yilga kelib yirik ekologik jinoyatlarning tergov qilinmasligi natijasida, ICC ning ekotsida nisbatan e’tibori o’zgardi. Ekotsidning ICC yurisdiksiyasiga kiritilmaganligiga ICC ning faqatgina jismoniy shaxslarning sodir etgan jinoyatlari ustidan yurisdiksiyaga ega ekanligi, u korporatsiyalarni tergov qilish va javobgarlikka tortish vakolatiga ega emasligi ham sabab bo’lgan. Bundan tashqari ekspertlar a’zosi Kristina Voigt Rim statutiga ekotsid jinoyatini kiritish osonlik bilan hal bo’ladigan masala emasligi va bunda atrof tabiiy – muhitni himoya qilishda global hamkorlik va siyosiy yordam masalalarini tashkil etish ancha qiyin bo’lishini takidlab o’tgan. Azolar ushbu vazifani bajarishda birinchi bo’lib a’zo davlatlar ushbu taklifni ICC ga yuborishi va bu taklif ICC ga azo davlatlarningko’pchiligi tomonidan maqullanishi kerak deb hisoblangan. Ushbu taklifni ko’plab davlatlar jumladan Fransiya, Belgiya va Kanada kabi davlatlar ma’qullagan. Lekin atrof muhitga katta miqdorda zarar yetkazuvchi AQSH, Hindiston va Xitoy kabi davlatlar ICC a’zo emas. Ushbu takliflarning qabulqilinishi butun dunyo uchun tarixiy rivojlanish bo’lishi mumkin, chunki atrof – muhitga yetkazilgan zarar miqdori keskin ortib bormoqda. “Ekotsid” ning mavjudligi atrof – muhit muammosini kuchaytiradi. Agarda Ekotsid Xalqaro huquda tan olinsa, atrof – muhitga yetkazilgan zarar uchun korporatsiyalar, shuningdek, hukumatlar ham javobgarlikka tortiladi.2 Hozirda Ekotsidni to’xtatish jamg’armasi Rim statutiga Ekotsidni Xalqaro Jinoyat Sudi yurisdiksiyasiga kiritish ustida ishlamoqda.
Ekotsid Jinoyatini milliy qonunchilik asosida tahli qiladigan bo’lsak, bunda korishimiz mumkinki ushbu jinoyat milliy qonunchilikda xalqaro huquqga nisbatan tor doirani qamrab oladi. Chunki rivojlangan davlatlarga qaraganda, endi rivojlanayotgan davlatlarda ushbu jinoyatni sodir etish ehtimoli kamroq hisoblanadi. Masalan O’zbekiston misolida qaraydigan bo’lsak bizning davlatda ham ushbu jinoyat sodir etilish holatlarini kuzatishimiz mumkin, lekin bizdagi sodir etilayotgan jinoyatlar ma’lum bir sohani qamrab oladi. Bizning mamlakatda bu jinoyat ko’pincha hayvonot dunyosiga hamda mamlakatning yashil tabiatiga yetqaziladigan zarar ko’rinishida sodir etiladi. Avvalo har bir davlat o’zatrof muhitini himoya qilish choralarini milliy qonunchilik asosida tartibga solidi. Shunga o’xshab bizning davlatda ham bu normalar Asosiy qonunchiligimiz hisoblangan Konstitutsiyamizda va boshqa qonun hujjatlarimizda belgilab qo’yilgan. Bunga misol qilib Konstitusiyamizning 50 – moddasini olishimiz mumkin. Ushbu moddada Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majbur degan norma keltirib o’tilgan. Yangi qabul qilinadigan Konstitutsiya loyihasida ham ekologiya masalalariga oid bir qancha yangiliklar keltirib o’tilgan. Unga ko’ra amaldagi konstitusiya loyihasining 9 – bobi fuqarolarning Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlariga bag’ishlangan bo’lib, yangi qonun loyihasida ushbu bobda keltirilgan huquqlar kengaytirilgan . Yangi qonun loyihasida ushbu bob fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ekologik huquqlari deb nomlanishi belgilanmoqda. Amaldagi konstitusiyaning 50 – moddasida keltirilgan normalar ham yangi qonun loyihasiga ko’ra, davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo’yicha chora tadbirlarni amalga oshirishi belgilab qo’yilgan. Shuningdek Jinoyat qonunchiligimda ham atrof muhitga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik masalalari O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi XIV bobida keltirib o’tilgan. Ushbu bobda keltirilgan moddalarga asosan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari yuqorida aytib o’tkanimizdek ko’p hollarda moddiy javobgarlikga sabab bo’ladi. Faqatgina ushbu sodir etilgan jinoyatlar odamlarning o’limiga sabab bo’ladigan bo’lsa og’ir jazo tayinlanishi belgilangan. Mazkur bobda keltirilgan asosiy sodir etiladigan jinoyatlarga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bular:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling