Ekskavatorlar metall konstruksiyalari


Download 21.85 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi21.85 Kb.
#1829851
  1   2
Bog'liq
Mavzu Ekskavat-WPS Office


Mavzu: Ekskavatorlar metall konstruksiyalari.
Reja :
1. Ekskavator konstruksiyalari.
2. Ekskavator nuqsonlari.

Ekskavator bir kovshli (uzluksiz yoki siklli ishlaydigan) va koʻp kovshli (uzluksiz ishlaydigan) xillarga boʻlinadi. Ekskavator ning asosiy qismlari; kovsh (choʻmich), sharnirli quloch, kuch qurilmasi (dvigatel), buriladigan korpus va yurish qismi (gusenitsa, gʻildiraklar). Bir kovshli Ekskavator ning ish sikli kon jinsi yoki gruntni kesish yoki qazish, toʻlgan kovshni boʻshatish va kovshni zaboyga qaytarishdan iborat. Ekskavator ning quvvati, turi va ish sharoitiga qarab, ish sikli 15—80 sek davom etadi. Yurish qismlarining turiga koʻra, gusenitsali, gʻildirakli, odimlovchi, relsda yuradigan, suvda suzadigan, gʻildirakligusenitsali; kuch qurilmasining turiga koʻra, bir dvigatelli va koʻp dvigatelli; ichki yonuv dvigatelli, elektr, gidravlik, pnevmatik va aralash dvigatelli; boshqarish turiga qarab, qoʻlda, gidravlik, pnevmatik, elektr bilan va aralash boshqariladigan; ish organining turiga koʻra, toʻgʻri va teskari kurakli, draglaynli, greyferli va boshqa Ekskavator lar boʻladi. Toʻgʻri kurakli E. keng tarqalgan. Bunday Ekskavator lardan foydali qazilmalarni qazib olishda, qattiq va toshloq gruntlarda zovurlar qazishda foydalaniladi. Teskari kurakli Ekskavator tor zovurlar qazishda, uncha katta boʻlmagan zovurlarda inshootlar qurishda qoʻllaniladi. Draglaynli Ekskavator oʻzi turgan sathdan pastdagi gruntlarni qaziydi. Greyferli Ekskavator yuklash ishlarida, zovur qazish va boshqalar maqsadlarda ishlatiladi. Turli almashtiriladigan jihozlar (montaj ishlari, yuk ortish va tushirish, burgʻilash, ustunqoziqlar qoqish va boshqalaruchun) bilan jihozlangan Ekskavator lar universal Ekskavator deyiladi. Gidroyuritmali, yaʼni gidroekskavatorlar ham keng tarqalgan. Ularda turli ish organlari buriladigan platforma bilan sharnirli birikadi va yuqori (30—100 MPa) bosimli nasoslar bilan harakatlanadi. Vazifasiga qarab, bir kovshli E., qurilishda, karyerda, tunnelda ishlatiladigan, kon ochadigan, suzib yuruvchi va boshqalar xillarga boʻlinadi. Tunnel vashaxta Ekskavator lari aksari yer osti ishlarida qoʻllanadi. Bir kovshli Ekskavator lar kovshining sigʻimi — 160 m³gacha.




Download 21.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling