Ob’ekt oldida ekskursantlarni joylashtirish tartibi. Ekskursiya mavzusini tayyorlash jarayonida ekskursantlar ob‘ektni kuzatishi uchun qulay bo'lgan bir nechta variantlari aniqlanadi. Bunday variantlar ob‘ektni ko'rishda belgilangan joyni boshqa guruh band etganida yoki quyosh nuri ko'zni qamashtirganda qo'llaniladi. Jazirama issiq kunlarda ekskursantlarni soya salqinda, yomg'ir paytida pana joylarda, daraxt ostida joylashtirish tavsiya etiladi. Agarda ob‘ektni atrof-muhit bilan uyg'unlikda ko'rsatish rejalashtirilgan bo'lsa - uzoq nuqta va aksincha agar ob‘ektning alohida detallari tahlil qilinsa - yaqin nuqta tanlanadi. Bularning barchasi texnologik haritaning «tashkiliy ko'rsatmalar» grafasida yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |