Ekskursiya xizmatini tashkil qilish fanidan 2-oraliq nazorat
Variant -1
1.Ekskursiya xizmatida qanday matnlardan foydalaniladi?
asosiy va individual
birlamchi va ikkilamchi
qo‘shimcha va individual
gid portfeli
2. Turizmning maxsus turlariga to‘g‘ri ta’rifni toping.
turizmning ushbu turlariga biror rayonning o‘ziga xos, farq qiluvchi xususiyatlari bilan tanishish maqsadidagi sayohati kiradi. Bu sayohatlar turistlarda shakllangan (havaskorlik va professional) qiziqishlardan kelib chiqadi.
o‘z davlati chegarasi doirasida doimiy yashovchi fuqarolarni
vaqtinchalik tashrif buyurovchi joyda (to‘lanadigan faoliyatsiz) turistik maqsadlarda sayohat qilishga aytiladi.
bu tanishish yoki o‘rganish maqsadida aniq belgilangan reja bo‘yicha o‘tkaziladigan, mavzuli hikoyalar bilan olib boriladigan biror ob’ektni ko‘rsatish jarayonidir.
vaqtinchalik kelgan joyida faoliyati to‘lanmaydigan, doimiy yashaydigan
mamlakat chegarasidan tashqariga turistik maqsadlarda safar qilish.
3. Milliy san’at turizmi qanday yo‘nalishlarga bo‘linadi?
qo‘shiqchilik va raqs san’ati yo‘nalishlari. Baxshilar qo‘shiqchiligi maktablari. Askiyalar, laparlar, aytishuvlarga qiziqish. Milliy rassomchilik va haykaltaroshlik. Milliy folklor turlari.
xalqimizning urf-odatlari, tildagi shevalar, oila hayoti, kattalar va yoshlar
munosabatlari, salomlashish, mehmon kutish va mehmondorchilik.
tog‘ qoyatoshlaridagi qadimiy rasmlar, o‘lkashunoslik va milliy xalq
hayoti tarixiy muzeylariga qiziqish.
oila bayramlari, oiladagi huquqlar, kelin va sunnat to‘ylari, uy tutish va
hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |