Tayanch so‘z va iboralar: «ekskursiya» tushunchasi, ekskursiya xizmati va uning vazifalari, ekskursant, ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida, bevosita va bilvosita muloqot, ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida, pedagogika, psixologiya, gidning pedagogik mahorati.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
Fanning maqsad va vazifalarini tushuntiring.
«Ekskursiya» tushunchasining ma’nosini izohlang.
Ekskursiya xizmatining muloqot shakli sifatidagi xususiyatini tushuntiring.
Nima uchun ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida ko‘riladi?
Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun topshiriqlar:
Topshiriqlarni kichik guruhlarga bo‘lingan holda bajaring. O‘zingiz yashab kelayotgan shaharda (tumanda) qanday diqqatga sazovor joylar borligini aniqlang. Qanday mavzularda ushbu joyga (ob’ektga) ekskursiya xizmatini tashkil qilish mumkin?
Test savollari:
«Ekskursiya» so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g’ri keltirilgan?
a) yunoncha «excursio» so‘zidan olingan bo‘lib, «sayohatga chiqish, sayr qilish» degan ma’noni anglatadi.
b) inglizcha «excursio» so‘zidan olingan bo‘lib, «faoliyat olib borish» degan ma’noni anglatadi.
d) lotincha «excursio» so‘zidan olingan bo‘lib, «tomosha qilish» degan ma’noni anglatadi.
e) lotincha «excursio» so‘zidan olingan bo‘lib, «tushunchaga ega bo’lish» degan ma’noni anglatadi.
2. Ekskursiya xizmatiga to‘liq berilgan ta’rif qaysi javobda keltirilgan?
a) tarixiy va madaniy yodgorliklar, tabiat manzaralari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa diqqatga sazovor joylarni ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini uslubiy jihatdan tashkil qilishdir.
b) vaqtinchalik bo‘ladigan mamlakatda sayohatchilarni sayyohlik resurslari bilan tanishtirish.
d) o‘z davlati chegarasi doirasida doimiy yashovchi fuqarolarni vaqtinchalik tashrif buyuruvchi joyda turistik maqsadlarda sayohat qilishga aytiladi.
e) doimiy yashaydigan mamlakat chegarasidan tashqariga turistik maqsadlarda safar qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |