Ekskursiya xizmatlarini tayyorlash texnologiyasi


Ko`rgazmali materiallardan foydalanish va ekskursiya marshrutini aniqlash


Download 43.5 Kb.
bet3/3
Sana24.06.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1652768
1   2   3
Bog'liq
Kichik halqali hariflarni hariflar o\'rganishda ko\'rgazmali qurollardan foydalanish

3. Ko`rgazmali materiallardan foydalanish va ekskursiya marshrutini aniqlash

Ko`rgazmali materiallarni tanlashdagi mezonlar quyidagilar:



  • ularni ishlatishning zaruriyligi va maqsadliligi;

  • ommaboplik qiymati, yani ushbu ko`rgazmali qurol hikoyani qanchalik boyitishi, tushunarli qilishi mumkin;

  • g`aroyibligi;

  • ifodaliligi;

  • saqlanganlik holati.

Rasmlar, harita-sxemalar, reproduksiyalar 18x24sm o`lchamli karton asosli, tiniq va aniq tasvirga ega bo`lishi shart. Avtobusda ko`rsatishga mo`ljallangan ko`rgazmali qurollar 24x30sm o`lchamli bo`lishi zarur(orqa qatorga o`tirganlar ko`rishlari uchun).
Ko`rgazmali materiallar ro`yxati, tarkibi ekskursiyaning butun hayotiy davrida o`zgartirilib, takomillashtirib borilishi mumkin.
Ekskursiya marshruti- bu ekskursiya guruhi bosib o`tadigan yo`l. Marshrut ixcham, har bir obektga 10-15 daqiqa vaqt ajratilib, ishlab chiqilishi kerak.
Marshrut xronologik, tematik va tematik-xronologik tartibda tuziladi. Obektlar har joyda joylashganligi sababli xronologik tartibga rioya qilish qiyin bo`ladi. Shuning uchun tematik marshrut tuzish osonroq bo`ladi.
Marshrutni tuzishda obektlardan takroriy harakatlanishga yo`l qo`ymaslik kerak. Lekin bunga ham hamma vaqt erishib bo`lmaydi.
Marshrutni ishlab chiqish ekskursiya marshruti sxemasini tuzish bilan yakunlanadi (ko`cha va maydonlar nomi, avtobusdan tushish joyi, avtobus tezligi- sekin-30km.s; o`rta-40-50km.s; tez-60—km.s).
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling