Ekskursiyani olib borish texnikasi


«Gid portfeli» dagi materiallarni namoyish etish


Download 81.5 Kb.
bet3/5
Sana21.02.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1219549
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang‘ich sinflarda ekskursiya rejasini ishlab chiqish

3. «Gid portfeli» dagi materiallarni namoyish etish

«Gid portfeli» dagi materiallarni namoyish etish - bayon etiladigan materiallar talab qilsagina amalga oshiriladi. Bu ham ob’ekt haqida hikoyada qo‘shimcha illyustrativ materiallar sifatida (muallif portreti, binoning ilk ko‘rinishidagi rasmi) va ham ekskursiya marshrutida mavzu bo‘yicha ob’ektlar bo‘lmaganda foydalanish mumkin. Eksponatlar hammaga ko‘rinishi uchun bosh balandligida ko‘rsatiladi. Namoyishdan so‘ng eksponatni sayyohlar qo‘liga bermasligi kerak, chunki bu ularni keyingi hikoyaga diqqat qilishlarga xalaqit beradi. Faqatgina tanaffus paytida namoyish etilgan vositalarni sayyohlar qo‘liga berish mumkin. Lekin «gid portfeli» dagi ko‘rgazmali vositalarni tarqatma materialga aylantirib, vaqtni ketkazishi noto‘g‘ri. Faqat ba’zi eksponatlar tarqatma materiallar sifatida qo‘llanilishi mumkin.




Tayanch iboralar: Ekskursiyani olib borish texnikasi, gidni guruh bilan tanishishi; sayyohlarning avtobusdan tushishi; avtobusdan ob’ektgacha bo‘lgan harakat;guruhning ob’ekt oldida joylashishi; avtobusga qaytish; texnologik sxemaga mos ravishda ekskursiya rejasiga amal qilish;sayyohlar bilan savol-javob o‘tkazish; ekskursiya jarayonida individual matndan foydalanish; «gid portfeli» va ovoz yozish tasmasidan foydalanish; mikrofon bilan ishlash; ekskursiyada tanaffus, «Gid portfeli» materiallari.
Ekskursiyani tayyorlash ekskursiyani tuzuvchilardan ijodiy yondashuvni talab qiladi. Ekskursiyani tayyorlash—bu shahar va hududlarning ekskursiya imkoniyatlaridan kelib chiqib, turistik korxonaning doimiy mijozlari ehtiyojiga asoslangan holda, ekskursiyaga yangi mavzular ishlab chiqishdir.
Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni o`z ichida mavzuni aniqlash, ekskursiya maqsad va vazifalarini qo`yish, ob`ektlarni tanlash va o`rganish, ekskursiya marshrutlarini tuzish, ekskursiya mavzusi bo`yicha adabiy manbalarni o`rganish, mutaxassislar bilan konsultatsiyalar olib borish, ekskursiyaning asosiy matnini ( kontrolniy tekst) yozish, “gid portfeli”ni taxlash, ekskursiyani o`tkazish metodikasini tanlash va texnologik haritasini tuzishdan iboratdir.
Ekskursiyani tayyorlash negizida pedagogik bilimning bosh prinsipi va talablari: o`qitish va tarbiyaning bog`liqligi, hikoyalarda ketma-ketlik, fikrlarning aniq va tushunarli bo`lishi, hissiyot, sayyohlar yoshi xususiyatlari hisobga olingan holda bo`lishi shart.
Yangi ekskursiya mavzusini ishlab chiqishda 3-6 kishidan iborat ijodiy guruh (gidlar) yig`iladi. Ular orasidan rahbar tanlanadi. Ijodiy guruhning har bir a`zosi o`z g`oyalari, materiallarini taqdim etadi va bu materiallar umumlashtiriladi.
Har bir ekskursiya o`zining aniq mavzusiga ega va shu mavzu asosida namoyish va hikoyalar tayyorlanadi. Ayniqsa, bu ko`p mazmunli ob`ektlar namoyishida muhimdir. Chunki bitta ob`ektni har xil mavzularda yoritish mumkin.
Ekskursiya mavzusi shahar arxitekturasi, ijodkor hayoti, ko`cha tarixi, ekologik ahvol, hayvonot olami, shaharning iqtisodiyoti va hokazo bo`lishi mumkin.
Ekskursiya nomi (nomlanishi) ham uning mazmunini ochib beradi(Moviy gumbaz ostida, Sharq taronasi-qalb durdonasi, Marg`ilon- 2000 yoshda). Ekskursiya nomini belgilayotganda qo`yidagilarga yo`l qo`ymaslik kerak: so`zlarni qisqartirmaslik, abbreviaturalardan, xorijiy leksikonlardan olingan so`zlardan foydalanmaslik. Ekskursiya nomi o`zining individualligi, tez yodda qolishi, yoqimli eshitilishi, mazmunga to`g`ri kelishi bilan ajralib turishi kerak.
Oldindan maqsad belgilamay ekskursiyani tayyorlash mumkin emas. Ekskursiya maqsadlari – vatanparvarlik, mehnatni sharaflash, estetik va ekologik tarbiya, shahar tarixi va davlat iqtisodiyotiga qo`shgan hissasini o`rganish, o`lka tabiati bilan tanishish va boshqalar bo`lishi mumkin. Ekskursiyaga uchtadan ziyod maqsad qo`yish noto`g`ri bo`ladi, chunki hech qaysisiga erishmaslik mumkin.



Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling