Eksperimental psixologiya Tayyorladi : 532-22 guruh talabasi Erkinova Dilnoza


Download 70.82 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi70.82 Kb.
#1546448
1   2   3   4
Bog'liq
Eksperimental psixologiya.pptx empirik mmetodlar

Kuzatishning aniq maqsadi va rejasi bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining barqarorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini kuzatish. Bola shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib, ya’ni analitik-sintetik nuqtayi nazardan kuzatish. Bolani jamoada va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish. Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotganini mutlaqo bilmasliklari kerak. Kuzatishlardan yaxshi natijalar olish uchun, ularni turli sharoitlarda, shaxs xislatlarining turli xil namoyon bo‘lishini nazarda tutib, izchil tarzda, kun sayin o‘rganish kerak.

T test-topshiriq o‘quvchi bilimini tekshirish va baholashda qo‘llanilib, o‘quv materialining asosiy qismini aniq va to‘liq bilishlarini aniqlashga qaratilgandir. Unda savol va 3—4 ta javob beriladi, shulardan javobning eng to‘g‘risini topish talab qilina- di. Javoblarga ballar berilishi yoki berilmasligi ham mumkin. Proyektiv testlarda testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo‘ladi. Ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi top- shiriqni bajarayotib nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning «Siyoh dog‘lari» testi, tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda bir narsaning proeksiyasidan go‘yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. 1921-yilda kashf etilgan «Siyoh dog‘lari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, dog‘lar nimalarga o‘xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo‘nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlarga munosabati, ishni bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qo‘llashi va natijalarni mohirona tahlil qilishi talab qilinadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 70.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling