Eksperimentlarni o‘tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari


Parametrlarga ko‘ra Tobe o‘zgaruvchilar turlari


Download 220.94 Kb.
bet3/5
Sana22.04.2023
Hajmi220.94 Kb.
#1376858
1   2   3   4   5
Bog'liq
шарт-шароит 1

Parametrlarga ko‘ra Tobe o‘zgaruvchilar turlari


Bir o’lchamli
Ko‘p o‘lchamki
Fundamental

Tobe o‘zgaruvchilarda senzitivlik muhim.

Agar mustaqil o'zgaruvchi o'zgarganda tobe o'zgaruvchi o'zgarmasa, ikkinchisi senzitiv emas va bu holda tajriba o'tkazish mantiqdan emas. TO‘ ning nosenzitivligi namoyon bo'lishining ikkita ma'lum varianti mavjud: "ship effekti" va “polo effekti". "Shift effekti", masalan, taqdim etilgan vazifa shunchalik soddaki, uni yoshdan qat'i nazar, barcha sub'ektlar bajaradigan holatda kuzatiladi. Boshqa tomondan, “polo effekti" vazifa shunchalik qiyin bo'lganida yuzaga keladiki, sub'ektlarning hech biri bu vazifani bajara olmaydi.

Eksperiment davomida qator idora qilsa bo’ladigan o’zgaruvchilar aniqlab olinishi lozim. Eksperimentatorning vazifasi shundaki, u eksperiment davomida idora qilsa bo’ladigan barcha o’zgaruvchilarni ko’zdan qochirmasligi kerak. Nazorat qilish eksperiment metodining asosini tashkil etadi. Aynan shuning uchun ham psixologlar ovoz, yorug`lik va haroratni nazorat qilish uchun maxsus sharoitlarni yaratishga va reaktsiyani diqqat bilan o’rganishga yordam beradigan maxsus uskunalardan foydalanishga harakat qiladilar.


Birinchidan, barcha ko’rsatkichlar nazorat qilinmaydi. Faqatgina genetik va ijtimoiy omillarnigina idora qilish mumkin emas, balki, eksperiment ishtirokchilari, sinaluvchilarga umumiy ustanovkalar berish, ularning ziyraklik darajasi, moddalar almashinuvi va boshqa situativ omillar bir xil deb bo’lmaydi.
Ikkinchidan, aslida eksperiment jarayonida barcha o’zgaruvchilarni nazorat qilmaymiz, chunki, bizning maqsadimiz vaziyatlarning o’ziga xos xususiyatlarini jamlashga e`tibor qaratish emas. Agar biz mustaqil o’zgaruvchilar ta`siridagi barcha ko’rsatkichlarni idora qila olsak, bunda eksperiment yordamida aniqlangan barcha qonuniyatlar kam sonli idora qilsa bo’ladigan o’zgaruvchili vaziyatlarga tegishli bo’lib qoladi. Boshqacha aytganda, biz eksperiment natijasini muayyan vaziyatdan boshqasiga qo’llay olmaymiz. Qoidaga binoan, eksperiment qanchalik nazorat qilinsa, natijalar shunchalik kam darajada umumlashtirilgan bo’ladi

Download 220.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling