Eksperimentlarni o‘tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari


Download 220.94 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2023
Hajmi220.94 Kb.
#1376858
  1   2   3   4   5
Bog'liq
шарт-шароит 1

Eksperimentlarni o‘tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari

  • O‘zgaruvchilar: mustaqil, tobe, idora qilsa bo‘ladigan, tasodifiy.
  • Randomizatsiya

O'zgaruvchi - bu o'zgarishlarni qandaydir tarzda o'lchash mumkin bo'lgan, qat'iy belgilangan voqelik.


Eksperiment jarayoniga ta`sir etuvchi muhim ko’rsatkichlar
Mustaqil o’zgaruvchilar
Tobe o’zgaruvchilar
Idora qilsa bo’ladigan o’zgaruvchilar
Tasodifiy o’zgaruvchilar
Aralashuvchi o’zgaruvchilar

Mustaqil o‘zgaruvchilar

Eksperiment jarayoniga katta, intensiv ta`sir o’tkazadigan ko’rsatkichlarga mustaqil o’zgaruvchilar deb ataladi. Ushbu o’zgaruvchining muhim tomoni shundaki, bu ko’rsatkich ishtirokchilarning xulq-atvoriga bog`liq bo’lmaydi. Eksperementatorning o’zi mustaqil o’zgaruvchilarni boshqaradi va ikki va undan ortiq darajalarini belgilab beradi, ishtirokchilar esa bu jarayonni o’zgartira olmaydilar.

Masalan, tasavvur qiling biz sinaluvchining muayyan intensiv chiroq yorug`ligi ko’rinishidagi signalga javob tarzda tugmachani bosishi uchun ketgan vaqtni aniqlashga urinyapmiz. Eksperiment davomida chiroq yorug`ligining intensivligini mustaqil o’zgaruvchi deb qabul qilsak, uning ikki darajasini: past va yuqori darajalarini ko’rsatishimiz mumkin va aynan shu o’zgaruvchi ta`sirida xulq-atvordagi boshqa o’zgarishlarni kuzatishimiz mumkin. Ikkitadan kam miqdordagi o’zgaruvchilar bilan eksperiment o’tkazish mumkin emas, biroq eksperimentatorning tashabbusi bilan bir qancha o’zgaruvchilar darajasini tanlash va ulardan faqat bittasini muhim sifatida ajratib olish mumkin.

Mustaqil o‘zgaruvchi turlari


Situatsion - Vaziyat MO’lari yorug'lik, harorat, shovqin darajasi, shuningdek xonaning kattaligi, jihozlar, jihozlarning joylashuvi va boshqalar kabi turli fizik parametrlarni o'z ichiga oladi. Vaziyat MO’larining ijtimoiy-psixologik parametrlari eksperimental vazifani alohida bajarish, eksperimentator, tashqi kuzatuvchi yoki odamlar guruhi ishtirokida. V.N. Drujinin situatsion MO’ning alohida turi sifatida sub'ekt va eksperimentator o'rtasidagi aloqa va o'zaro ta'sir xususiyatlarini ko'rsatadi.
Instruktiv – MO’ lar bevosita eksperimental topshiriq, uning sifat va miqdoriy xarakteristikalari, shuningdek, uni amalga oshirish usullari bilan bog'liq.
Personal – MO’ sub'ektning boshqariladigan xususiyatlarini ifodalaydi. Odatda, bunday xususiyatlar tajriba ishtirokchisining holatlari bo'lib, tadqiqotchi ularni o'zgartirishi mumkin, masalan, turli xil hissiy holatlar yoki ishlash-charchoq holatlari.

Download 220.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling