Ekspert O’zbekistonning elektr energetikasi kelajagi xususida: insoniyat uchun axloqiy energiya ta’minoti, muqobil energiya va yashil narx-tarifni qanday tadbiq etish mumkin
“O‘zbekenergo” aktivlarini xususiylashtirish qisqa muddatli istiqbol uchun biroz samarali bo‘lishi mumkin, ammo uzoq muddatli istiqbol uchun bu yechim emas
Download 17.75 Kb.
|
Ekspert O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muqobil energiya va yashil narx-tarif
“O‘zbekenergo” aktivlarini xususiylashtirish qisqa muddatli istiqbol uchun biroz samarali bo‘lishi mumkin, ammo uzoq muddatli istiqbol uchun bu yechim emasElektr energiya sohasini yaxshilash uchun “O‘zbekenergo"ga vazirlik darajasidagi vakolatlar berilishi zarur. Misol uchun elektr energiya narxi bo‘yicha Moliya vazirligi, modernizatsiya bo‘yicha turli loyihalarga esa Vazirlar Mahkamasi qaror beradi. “O‘zbekenergo” DAKning vakolatlari hozirda chegaralangan. Har bir ishning o‘z egasi bajarishi lozim bo‘lganidek, “O‘zbekenergo"ni ham o‘z egalariga berish zarur. Muhimi, shunday tizim yaratish kerakki, korrupsiyadan va ortiqcha byurokratiyadan holi bo‘lish kerak. Soha mutaxassislari o‘z tashkilotida har qanday ishni mustaqil hal qilishi kerak. Bizda yuqoridan biron bir ko‘rsatma keldimi, to‘g‘rimi-yo‘qmi, uni bajarish shart, degan tushuncha o‘tirib qolgan bizda. Yuqoridan javobni kutib, vaqt yo‘qotish amaliyotidan voz kechish lozim. “O‘zbekenergo” nimani sotish, nimani ta’mir qilish va hokazolarni o‘zi hal qilishi kerak. Chunki energiya tizimida biron bir texnik falokat ro‘y bersa, bunga “O‘zbekenergo” javob beradi. Demakki, qarorni ham o‘zi berishi kerak. Bizda esa elektr energiyasi yo‘nalishida qarorni boshqa birov beradi, javobgar esa “O‘zbekenergo"ning o‘zi bo‘ladi. Buyruq va ko‘rsatma bergan boshqa tashkilot esa suvdan quruq chiqadi. Bundan tashqari, aholi ham yangi texnologiya va tizimlarga moslashishi kerak. Energetika sohasiga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan mahalliy va xorijiy sarmoyadorlar ko‘p, ammo ularga o‘z sarmoyasini qonunan himoya qila oladigan kafolat kerak. Germaniya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi davlatlar sarmoyadorlari “O‘zbekenergo” hozirda taklif qilayotgan narxga rozi emaslar. Muqobil energiya va yashil narx-tarifAholi uchun muqobil energiyadan foydalanishning samarali mexanizmini yaratish mumkin. Buning uchun yashil narx-tarif qonunini amalga kiritish kerak, bu eng foydali va samarali vosita hisoblanadi. Bu muqobil energiyadan foydalanib, elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Bunday holda aholining o‘z uylarida quyosh panellari va shamol generatorlarini o‘rnatib, elektr energiyasi ishlab chiqarishga moyilligi oshadi. O‘z ehtiyojidan ortgan elektr energiyani esa sotish mumkin bo‘ladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, elektr energiyani 100% muqobil energiyadan ishlab chiqarish elektr tizimidagi kuchlanishning oshishiga olib keladi. Asosan gaz yoqilg‘isidan foydalanadigan IESlarimizning ish samaradorligi 34%ni tashkil etadi. Agar ko‘mirdan foydalansa, stansiyaning foydali ish koeffitsiyentini 45%gacha ko‘tarish mumkin, ammo mahalliy ko‘mirimiz tarkibida namlik darajasi yuqori va kuli ko‘p. Mazkur ko‘mirga mos keladigan yangi texnologiyani joriy qilish va samaradorligini oshirish kerak. Germaniyada ko‘mirdan foydalanadigan IESlarning samaradorligi 40% dan ortiq. Germaniya o‘z ko‘miriga ega bo‘lishiga qaramay, Avstraliyadan sotib oladi. Chunki qazib olishdan ko‘ra Avstraliyadan olib kelish ular uchun arzonga tushadi. Undan tashqari, atrof-muhit muhofazasi ular uchun muhim omil hisoblanadi. Albatta, “O‘zbekenergo” bu ishlarni baholi qudrat oshirishga harakat qilmoqda, lekin hammasi ham o‘ylaganchalik yoki rejadagidek bo‘lmayapti. 2010 yil men energiya resurslarni tejash uchun respublikamizdagi IESlarga quyosh issiqlik texnologiyasini tadbiq qilish loyihasini taklif etgandim. “O‘zbekenergo"da ushbu taklifimni qimmat deya rad etishdi. Yoqilg‘ini tejash davlatimiz siyosatining asosiy mezonlaridan biri-ku, degan gapimga, gaz o‘rniga ko‘mirni keng miqyosda tadbiq etamiz, deya javob berishdi. Oradan mana 8 yil o‘tdi hamki, ko‘mir hanuzgacha o‘sha bitta Yangi Angren IESida ishlatib kelinmoqda. Boshqa ko‘mir stansiyasini qurishmadi. Germaniyaning yangi energetika strategiyasiga muvofiq, muqobil energiya manbalaridan olinadigan elektr energiyasi ulushini 2030 yilgacha 50%ga, 2050 yilgacha esa 60% ga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan. Shu tarzda Germaniya qarshisidagi vazifalar Germaniya siyosatining elektr energiyasini ishlab chiqarishda texnologik asosidagi funtdamental o‘zgarishlarga qaratilganligi va kelajakda butun mamlakat elektr energiya ta’minotini so‘zsiz qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali amalga oshirishini ko‘rsatadi. Bugungi kunda Germaniyaning yoqilg‘i-energetika balansi asosan an’anaviy energiya manbalaridan iborat bo‘lib, bu 80%dan oshiqni tashkil etadi. Elektr energiyasining deyarli 90%i import qilinadigan energiya manbalaridan — uran, tabiiy gaz, toshko‘mir va neftdan olinadi, xususan ulardan 55,6%i import qilinadi. Download 17.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling